К содержанию
РецензированоRU2025

DIDAKTIK OʻYINLAR VA UNING TURLARI

Xakimova Marhabo O’roqovna (O’zbekiston-Finlandiya Pedagogika instituti) · Raimova Gulzira Kamiljon qizi (O’zbekiston-Finlandiya Pedagogika instituti)

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

This article describes the importance of didactic games in the educational process, their main tasks and types.Also, information about ways to develop students' knowledge, skills and abilities through games is given. Key words: method, role-playing game, modern technology, didactic game, educational program, interactive board Аннотация: В данной статье описано значение дидактических игр в образовательном процессе, их основные задачи и виды.Также дана информация о способах развития знаний, умений и навыков учащихся посредством игр.Ключевые слова: метод, ролевая игра, современные технологии, дидактическая игра, образовательная программа, интерактивная доска, https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 339 Часть–6_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Ключевые слова: метод, ролевая игра, современные технологии, дидактическая игра, образовательная программа, интерактивная доска, Ta’lim jarayonini yanada samarali tashkil etishda qo'llaniladigan innovatsion metodlardan biri bu — didaktik o‘yinlardir. Didaktik o‘yinlar bolalarda bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish bilan birga, ularning fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi, darsga bo‘lgan qiziqishni oshiradi. Ayniqsa, maktabgacha ta’lim bosqichida o‘yin asosida o‘rgatish usuli foydali hisoblanadi. Didaktik o‘yin — bu o‘quv jarayonida ma’lum bir ta’limiy maqsadga xizmat qiladigan, bolalar va o‘quvchilar uchun qiziqarli shaklda tashkil etilgan mashg‘ulotdir. Unda ishtirokchilar bilimlarni mustahkamlabgina qolmay, balki amaliyotda qo‘llashni ham o‘rganadilar. Didaktik o‘yinlar orqali bilimlar bevosita emas, bilvosita, ya’ni qiziqarli vazifalar, topishmoqlar, rolli o‘yinlar orqali beriladi. Didaktik oʻyinlar bir qancha vazifalarni o'z ichiga oladi. Xususan: • 1. O‘quvchilar bilimini mustahkamlash va boyitish. • 2. Mustaqil fikrlashni rivojlantirish. • 3. Diqqat, xotira, tafakkur va nutqni o‘stirish. • 4. Darsni jonlantirish va o‘quvchilarning faolligini oshirish. • 5. Hamkorlikda ishlash ko‘nikmasini shakllantirish. Didaktik o‘yinlar turli mezonlar asosida tasniflanadi. Quyida eng ko‘p uchraydigan turlari keltiriladi: 1. Jismoniy faoliyatga asoslangan o‘yinlar - bu o‘yinlar harakat bilan bog‘liq o'yinlar bo‘lib, ayniqsa, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun juda muhim va foydali hisoblanadi. Masalan, “Kim tez topadi?”, “Belgini top” kabi o‘yinlar. 2. Aqliy faoliyatga asoslangan o‘yinlar - bu turdagi o‘yinlar tafakkur, diqqat va xotirani rivojlantirishga qaratilgan. Masalan, “Topishmoq aytish”, “So‘z o‘yini”, “Ketma-ketlikni top” kabi o‘yinlar. 3. Rolli o‘yinlar - bunda o‘quvchilar ma’lum bir rollarni bajarish orqali o'z bilimlarni mustahkamlaydilar. Masalan, “Do‘konchi va xaridor”, “Shifokor va bemor” kabi sahnalashtirilgan o‘yinlar. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 340 Часть–6_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 4. Stol-ustida bajariladigan o‘yinlar - bu o‘yinlar yozma topshiriqlar, rasmlar, kartochkalar bilan bajariladi. Masalan, “Rasmni tanla”, “So‘zdan gap tuz” kabi o‘yinlar. 5. Axborot-kommunikatsion texnologiyalarga asoslangan o‘yinlar - bu turdagi o‘yinlar zamonaviy texnologiyalar yordamida tashkil etiladi. Interaktiv doskalar, ta’limiy dasturlar va mobil ilovalar asosida o‘tkaziladigan o‘yinlar bunga misol bo‘ladi. Bu o'yinlar hozirgi kunda ta'lim jarayonini rivojlantirishda yaxshi samara bermoqda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida didaktik o‘yinlar bolalarning aqliy, nutqiy, hissiy hamda ijtimoiy rivojlanishiga yordam beradi. Bu yoshda o‘yin orqali ta'lim olish eng samarali usullardan biridir. Quyida maktabgacha yoshdagi bolalar uchun mos didaktik o‘yinlar turlari va ularning ayrim namunalari keltirilgan: 1. Rang va shakllarni o‘rgatuvchi o‘yinlar “Top va joylashtir”: Rangli doira, kvadrat, uchburchaklarni mos shakldagi teshiklarga joylashtirish. “Qanday rang?”: Rasmda ko‘rsatilgan narsalarning rangini aytish va shu rangdagi buyumni topish. 2. Son va miqdor tushunchasini shakllantiruvchi o‘yinlar “Nechta?”: Stol ustidagi buyumlar sonini sanash va raqam bilan ko‘rsatish. “Ko‘pmi yoki kammi?”: Ikki guruhdagi buyumlarni solishtirish. 3. Nutqni rivojlantiruvchi o‘yinlar “Kim nima qiladi?”: Rasmlar asosida harakatlarni nomlash. Masalan: “Dehqon nima qiladi?”, “Sigir nima beradi?” “Davom ettir”: O‘qituvchi gapni boshlaydi, bola uni mantiqiy davom ettiradi. Masalan: “Men do‘konga bordim va...” Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, didaktik o‘yinlar nafaqat ta’lim jarayonini jonlantiradi, balki bolalarning shaxsiy rivojlanishiga, ularning mustaqil fikrlashi, muloqot qobiliyati va ijtimoiy moslashuviga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, har bir pedagog o‘z faoliyatida didaktik o‘yinlardan samarali foydalanishi lozim. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 341 Часть–6_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”. — T.: Ma’naviyat, 2008. 2. Qodirova G’. “Didaktik o‘yinlar

Доказательный фрагмент

«This article describes the importance of didactic games in the educational process, their main tasks and types.Also, information about ways to develop students' knowledge, skills and abilities through games is given.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article describes the importance of didactic games in the educational process, their main tasks and types.Also, information about ways to develop students' knowledge, skills and abilities through games is given. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
method, role-playing game, modern technology, didactic game, rolli o'yin, didaktik o'yin, metod, zamonaviy texnologiya, o'quv dastur, interaktiv doska
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники