К содержанию
РецензированоUZ2026

O’ZBEKISTONDA KREDITLASH TIZIMINING HOLATI VA TAHLILI

Ibroximov Asadbek

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada O„zbekistonda mavjud kreditlash tizimining hozirgi holati, unda yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yo„llari tahlil qilinadi. Tahlil jarayonida tijorat banklarining kredit portfeli, kreditlash bo„yicha qabul qilingan strategiyalar, mikroqarz va iste‟mol kreditlari kabi yo„nalishlarning ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, kredit olish imkoniyatlariga ta‟sir etuvchi omillar, fuqarolar va tadbirkorlarning kredit mablag„laridan foydalanish samaradorligi ko„rib chiqilgan. Maqolada kredit risklarini boshqarish, kredit reytinglari, Markaziy bank siyosati va kredit bozorining islohotlar bilan bog„liq rivojlanish sur‟atlari haqida ham batafsil so„z yuritiladi. Tadqiqot davomida mavjud statistik ma‟lumotlar va rasmiy hujjatlar asosida asoslangan xulosalar keltirildi. Kalit so‘zlar: kreditlash tizimi, tijorat banklari, kredit riski, kredit reytingi, mikroqarz, iste‟mol krediti, Markaziy bank, kredit strategiyasi, bank islohotlari, kredit portfeli Аннотация: В данной статье рассматривается текущее состояние кредитной системы в Узбекистане, выявляются существующие проблемы и предлагаются пути их решения. Проведен анализ кредитного портфеля коммерческих банков, стратегий кредитования, а также роли микрозаймов и 2 потребительских кредитов. Освещены факторы, влияющие на доступ к кредитам, эффективность использования заемных средств и управление кредитными рисками. Особое внимание уделено политике Центрального банка, вопросам кредитного рейтинга и направлениям реформ в банковской сфере. В ходе исследования использованы официальные документы и статистические данные, на основе которых сделаны обоснованные выводы. Ключевые слова: кредитная система, коммерческие банки, кредитный риск, кредитный рейтинг, микрозайм, потребительский https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 393 Часть–6_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 кредит, Центральный банк, кредитная стратегия, банковские реформы, кредитный портфель Abstract: This article analyzes the current state of the credit system in Uzbekistan, identifies existing problems, and proposes solutions. It examines the credit portfolios of commercial banks, lending strategies, and the role of microloans and consumer credits. The paper also explores factors affecting access to credit, the efficiency of loan usage by individuals and businesses, and risk management practices. Additionally, attention is given to the policies of the Central Bank, credit ratings, and reform-driven development of the credit market. The findings are supported by statistical data and official documents. Keywords: credit system, commercial banks, credit risk, credit rating, microloan, consumer credit, Central Bank, lending strategy, banking reforms, credit portfolio KIRISH Bozor iqtisodiyotiga asoslangan taraqqiyotda bank-moliya tizimining samarali faoliyati, xususan, kreditlash mexanizmining rivojlanganligi muhim o„rin tutadi. Kreditlash tizimi iqtisodiy subyektlarning moliyaviy ehtiyojlarini qondirish orqali ularning investitsiyaviy va aylanma mablag„larga bo„lgan talabini ta‟minlaydi. O„zbekistonda so„nggi yillarda bank tizimining raqobatbardoshligini oshirish, moliyaviy xizmatlarning qulayligini kuchaytirish va kreditlash jarayonini liberallashtirish yo„lida sezilarli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda 3 tijorat banklarining kredit portfelini diversifikatsiya qilish, mikromoliyalash va zamonaviy kredit mahsulotlarini joriy etish bo„yicha qator tashabbuslar ilgari surilmoqda. Shuningdek, kredit bozorining barqarorligini ta‟minlash, kredit risklarini boshqarish va kredit reyting tizimlarini joriy qilish ham kreditlash tizimining asosiy yo„nalishlaridan biridir. Hozirgi kunda aholining ham, tadbirkorlarning ham kredit mablag„lariga bo„lgan ehtiyoji ortib borayotgan bir paytda, bu sohaga oid chuqur tahlil hamda takomillashtirish zarurati kun tartibiga chiqmoqda. Shu bois, ushbu maqolada O„zbekistondagi kreditlash tizimining bugungi holati, undagi muammolar va istiqbollari keng ko„lamda yoritiladi. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR O„zbekistonda kreditlash tizimi bo„yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar va rasmiy manbalar, eng avvalo, iqtisodiyotni moliyalashtirishga oid davlat dasturlari asosida shakllanmoqda. Jumladan, O„zbekiston Respublikasi https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 394 Часть–6_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Prezidentining 2020 yil 12-noyabrdagi “Bank tizimini 2020–2025-yillarda isloh qilish strategiyasi to„g„risida”gi farmoni ushbu sohaga oid islohotlar uchun asosiy huquqiy zamin bo„lib xizmat qilmoqda. Ushbu hujjatga binoan, kreditlash tizimini liberallashtirish, banklararo raqobatni kuchaytirish va aholining kredit mablag„laridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish asosiy maqsad qilib qo„yilgan. Ilmiy adabiyotlarda, xususan, iqtisodchi A. O„rmonovning “Banklar va moliya institutlari” (2022) nomli darsligida kreditlash tizimining tarkibiy qismlari, tijorat banklari faol

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada O„zbekistonda mavjud kreditlash tizimining hozirgi holati, unda yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yo„llari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada O„zbekistonda mavjud kreditlash tizimining hozirgi holati, unda yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yo„llari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
кредитный портфель Abstract: This article analyzes the current state of the credit system in Uzbekistan, Центральный банк, and the role of microloans and consumer credits., кредит, кредитная стратегия, lending strategies, банковские реформы, identifies existing problems, and proposes solutions. It examines the credit portfolios of commercial banks
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники