Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INGLIZ VA RUS TILLARIDA OʻZLASHGAN SOʻZLAR VA ULARNING OʻZLASHISH TAMOYILLARI
Nurjahon Abdullayeva
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2 · 2025
Аннотация
https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 392 Часть–5_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 This article briefly analyzes the prospects and problems of clearing the Uzbek language of foreign words and preserving the purity of the language. Using examples, the significance of acquisitions in the field of development of language is studied, in particular, the lexical composition of the Uzbek language in recent history, the proportion of words of the assimilated layer in it and its corresponding changes. Efforts and attempts in different eras to purify the language and preserve the purity of the language are partially analyzed, achievements and shortcomings along this path and the factors that caused them are discussed. Kalit so‘zlar: O‘zlashma so‘zlar, tilning lug‘at sathi, lisoniy xilma-xillik, variativlik, til sofligi, ichki va tashqi manbalar, rus-internatsional so‘zlar, neytral leksika, tilni milliylashtirish, muqobil so‘zlar (alternativalar), atamashunoslik qo‘mitasi, til genofondi. Ключевые слова: Заимствованные слова, словарный запас языка, языковое разнообразие, вариативность, чистота языка, внутренние и внешние источники, русско- международные слова, нейтральная лексика, национализация языка, альтернативные слова (альтернативы), терминологический комитет, языковой генофонд. Keywords: Borrowed words, language vocabulary, linguistic diversity, variability, purity of language, internal and external sources, Russian-international words, neutral vocabulary, nationalization of language, alternative words (alternatives), terminology committee, language gene pool. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 393 Часть–5_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Har bir til o‘z taraqqiyoti davomida turli tillardan so‘z oladi, ichki va tashqi manbalarga ko‘ra boyiydi, lug‘at sathi tadrijiy ravishda kengayib, takomillashadi va shunga ko‘ra o‘z iste’molchisiga lisoniy xilma-xillik va variativlikni taqdim qilish salohiyatiga ega bo‘lib boradi. Va bu har qanday rivojlanayotgan til uchun normal holatdir. Bugun o‘zbek tili ham aynan shu jarayonni boshidan kechirmoqda. Shitob bilan kechib borayotgan globallashuv sharoitida, zamonaviy texnologiyalar tobora kunimizning, hayotimizning ajralmas qismiga aylanib, o‘zi bilan yangidan-yangi tushuncha va hodisa nomlarini lisoniy sathimizga olib kirayotgan bir davrda bu jarayon yana-da shiddatli tus olayotgani ayni haqiqat. Hattoki, shu sabab bo‘lsa kerak, ayrim til muhofazakorlari “o‘zbek tili o‘z milliyligini yo‘qotish arafasida” degan xavotirli farazlarni ham o‘rtaga tashlamoqda. Xo‘sh, shu o‘rinda savol tug‘iladi, tilning ijtimoiylashuvini sun’iy ravishda to‘xtatish yoki nazorat qilish, uni majburiy bir tarzda milliylashtirish, kirib kelayotgan begona so‘zlar o‘rnini ichki manbalar orqali muqobillashtirish mumkinmi? Va bu qanchalar istiqbolli? Bu yo‘lda qanday muammolar mavjud? Mazkur maqolada aks etadigan fikr, tahlil va xulosalarimiz orqali ushbu savollarga javob topishga harakat qilib ko‘ramiz. Dastlab, o‘zbek tilining turli yillardagi lug‘at boyligi tarkibida yot so‘zlar ulushi miqdoriga nazar solsak. Ma’lumotlarga ko‘ra, eski adabiy tilimiz leksikasida arabcha so‘zlarning ulushi XX asrning boshlarida 33-35 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, Sovet hokimiyati yillarida bu foiz sezilarli darajada pasayib, arab va fors-tojik so‘zlari o‘rnini nisbatan rus so‘zlari egallaganligining guvohi bo‘lamiz. Masalan, 20-yillarning o‘rtalarida A.K. Borovkov o‘tkazgan tahlil natijasiga ko‘ra, “vaqtli matbuot leksikasida arab so‘zlari 32,1 foizni, tojik so‘zlari 5,5 foizni, internatsional (xalqaro) so‘zlar 2 foizni, o‘zbek so‘zlari 60 foizni tashkil qilgan”1 bo‘lsa, K.K. Yudaxin tomonidan tuzilgan lug‘atga sarf etilgan so‘zlar tahlil etilganda, “lug‘atdagi so‘zlarning 28,6 foizi arabcha, 16,9 foizi tojikcha, 4,7 foizi rus- 1 Боровков А. К. Изменения в области узбекской лексики и новый алфавит на основе русской графики. –Известия УзФАН, 1940, № 7. – C. 25-68 https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 394 Часть–5_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 internatsional, 50,3 foizi asli o‘zbek so‘zlaridan iborat bo‘lgan (33-bet)”2ligini ko‘rish mumkin. Professor Fattoh Abdullayevning “Til qanday rivojlanadi?” nomli risolasida esa o‘zbek tili lug‘at tarkibida yillar o‘tgani sari ruscha so‘zlar hissasi ortib borgani aniq hisob-kitoblar orqali dalillab berilganligining guvohi bo‘lish mumkin. Unga ko‘ra, “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1944-yil 1-yanvar soniga joylashtirilgan materiallarining leksik tarkibi quyidagicha ko‘rinishda bo‘lgan: “Gazetaning ushbu sonida hammasi bo‘lib, 7310 so‘z bor, shundan o‘zbekcha so‘zlar 53,6, arabcha so‘zlar 21,1, tojikcha so‘zlar 11,2, sovet-internatsional so‘zlar 13,9 foizni tashkil qiladi3”. Ushbu jarayon, ya’ni tilimizda rus so‘zlari va u orqali kirgan internatsional so‘zlar ulushining ortishi bu bilan to‘xtab qolmay, vaqt o‘tgani sayin yana-da jadallashib, f
Доказательный фрагмент
«https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 392 Часть–5_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 This article briefly analyzes the prospects and problems of clearing the Uzbek language…»
Образец извлечения
Демо-превьюhttps://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 392 Часть–5_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 This article briefly analyzes the prospects and problems of clearing the Uzbek language… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Borrowed words, language vocabulary, linguistic diversity, variability, purity of, muloqot fenomenlari, O‘zlashma so‘zlar, til sofligi, tilning lug‘at sathi, tillarning irsiy va strukturaviy yaqinlik darajasi., qarz so‘zlar, ichki va tashqi manbalar, muqobil so‘zlar (alternativalar), til genofondi, yangi realiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025