К содержанию
РецензированоUZ2025

TARMOQ HUJUMLARIDAN HIMOYALANISHNING ZAMONAVIY TIZIMLARI VA TEXNOLOGIYALARI

TIZIMLARI VA TEXNOLOGIYALARI · Samatov Boburmirzo Xamidillo o‘g‘li · Sharobidinov Qudratillo Kamoldin o‘g‘li

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada tashkilot tarmog‘ini internetdan himoya qilishning muhim vositasi — tarmoqlararo ekran (firewall) tushunchasi va uning asosiy funksiyalari yoritilgan. Tarmoqlararo ekran ma’lumotlarga markazlashtirilgan boshqaruvni ta’minlab, ruxsatsiz trafiklarni bloklaydi, ichki tizimlarni himoya qiladi hamda trafikni tahlil qiladi. TCP/IP protokolining zaif tomonlari va elektron pochta orqali xaker hujumlari xavfi ham muhokama qilingan. Amaliy darajadagi shlyuzlar va ularning xavfsizlikni oshirishdagi roli ko‘rsatilib, System Security Scanner (SSS) dasturi orqali Unix tizimidagi xavflarni aniqlash imkoniyatlari sanab o‘tilgan. Shuningdek, shifrlash algoritmlari, raqamli sertifikatlar, trafik tahlili va monitoring vositalari haqida keng qamrovli tushunchalar berilgan. Material axborot xavfsizligini ta'minlashda qo‘llaniladigan texnik, tashkiliy va huquqiy choralar bilan tanishtiradi hamda O‘zbekiston Respublikasidagi monitoring institutlari faoliyati haqida ham ma’lumot beradi. Ushbu ma’lumotlar kiberxavfsizlik sohasida tahdidlarni aniqlash va ularga qarshi samarali choralar ko‘rishda muhim ahamiyatga ega. Kalit so‘zlar: Firewall, Brandmauer, TCP/IP, SMTP, System Security Scanner (SSS), oimmetrik shifrlash, oqimli shifrlash, ochiq kalit, tarmoq monitoring, axborot xavfsizligi, foydalanuvchi autentifikatsiyasi, ma’lumotni shifrlab uzatish, axborot topologiyasi. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 307 Часть–7_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Tarmoqlararo ekran ko‘p komponentli bo‘lib, u Internetdan tashkilotning axborot zaxiralarini himoyalash strategiyasi sanaladi. Ya’ni tashkilot tarmog‘i va Internet orasida qo‘riqlash vazifasini bajaradi. Тarmoqlararo ekranning asosiy funksiyasi ma’lumotlarga egalik qilishni markazlashtirilgan boshqaruvini ta’minlashdan iborat. Тarmoqlararo ekran quyidagi himoyalarni amalga oshiradi: − o‘rinsiz trafiklar, ya’ni tarmoqda uzatiladigan xabarlar oqimini taqiqlash; − qabul qilingan trafikni ichki tizimlarga yo‘naltirish; − ichki tizimning zaif qismlarini yashirish bilan Internet tomonidan uyushtiriladigan hujumlardan himoyalash; − barcha trafiklarni bayonlashtirish; − ichki ma’lumotlarni, masalan tarmoq topologiyasini, tizim nomlarini, tarmoq uskunalarini va foydalanuvchilarning identifikatorlarini Internetdan yashirish; − ishonchli autentifikatsiyani ta’minlash. Ko‘pgina adabiyotlarda tarmoqlararo ekran tushunchasi brandmauer yoki Fire Wall deb yuritilgan. Umuman bularning hammasi yagona tushunchadir. ТCP/IP (Transmission Control Protocol/Internet Protocol) Internetning global tarmog‘ida kommunikatsiyani ta’minlaydi va tarmoqlarda ommaviy ravishda qo‘llaniladi, lekin ular ham himoyani yetarlicha ta’minlay olmaydi, chunki ТCP/IP paketining boshida xaker hujumi uchun qulay ma’lumot ko‘rsatiladi. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 308 Часть–7_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 309 Часть–7_ июня–2025 I n t e r n e t T a r me ok q l a r a n r a r o M a r s h r u t i z a t o r I s h c h i s t a n s i y a l a r 1-rasm. Tarmoqlararo ekranlarning ulanish sxemasi Internetda elektron pochtani jo‘natishni oddiy protokol — pochta transport xizmati amalga oshirad (SMТP — Simple Mail Transfer Protocol). Bu protokolda mavjud bo‘lgan himoyalashning muhim muammolaridan biri — foydalanuvchi jo‘natuvchining manzilini ko‘ra olmasligidir. Bundan foydalanib xaker katta miqdorda pochta xabarlarini jo‘natishi mumkin, bu esa ishchi pochta serverni haddan tashqari band bo‘lishiga olib keladi. Тarmoq servislariga kirish siyosati, odatda, quyidagi prinsiplarga moyil bo‘ladi: − Internetdan ichki tarmoqqa kirishni taqiqlash, lekin ichki tarmoqdan Internetga kirishga ruxsat berish; − vakolatlangan tizimlarga Internet dan ichki tarmoqqa cheklanilgan kirishga ruxsat berish. Amaliy darajadaga shlyuzlar mijoz va tashqi xost-kompyuter bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatishga yo‘l qo‘ymaydi. Shlyuz keladigan va jo‘natiladigan paketlarni amaliy darajada filtrlaydi. Server-dallollar shlyuz orqali aniq server tomonidan ishlab chiqilgan ma’lumotlarni qaytadan yo‘naltiradi. Amaliy darajadagi shlyuzlar nafaqat paketlarni filtrlash, balki serverning barcha ishlarini qayd qilish va tarmoq administratorini noxush ishlardan xabar qilish imkoniyatiga ham ega. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Amaliy darajadaga shlyuzlarning afzalliklari quyidagilardan iborat: − global tarmoq tomonidan ichki tarmoq tarkibi ko‘rinmaydi; − ishonchli autentifikatsiya va qayd qilish; − filtrlash qoidalarining yengilligi; − ko‘p tamoyilli nazoratlarni amalga oshirish mumkinligi. SSS (System Security Scanner) dasturi. Ushbu dastur Unix operatsion tizimi o‘rnatilgan kompyuterlarda xavfsizlik holatini tekshirish va operatsion tizimning tashqi hamda ichki zaif qismlarini aniqlashga yo‘naltirilgan. Bundan tashqari u kirish huquqlarini, fayllarga egalik qilish huquqlarini, tarmoq zax

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada tashkilot tarmog‘ini internetdan himoya qilishning muhim vositasi — tarmoqlararo ekran (firewall) tushunchasi va uning asosiy funksiyalari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada tashkilot tarmog‘ini internetdan himoya qilishning muhim vositasi — tarmoqlararo ekran (firewall) tushunchasi va uning asosiy funksiyalari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
TCP, axborot xavfsizligi, oqimli shifrlash, foydalanuvchi autentifikatsiyasi, Firewall, ma’lumotni shifrlab uzatish, ochiq kalit, SMTP, System Security Scanner (SSS), tarmoq monitoring, IP, axborot topologiyasi., Brandmauer, oimmetrik shifrlash
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники