Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAKTABLARDA TEXNOLOGIYA DARSLARINI SAMARALI TASHKIL ETISH
TASHKIL ETISH · Yuldasheva Muxtasarxon
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
Ushbu maqola maktablarda texnologiya darslarini samarali tashkil etishning ilmiy-metodik asoslarini yoritadi. Texnologiya fanining maqsad va vazifalari, unga qo‘yiladigan talablar, samaradorlik shartlari batafsil tahlil qilinadi. Sinf bo‘yicha texnologiya darslarining yo‘nalishlari, mavzulari, ularga xos talablari va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. O‘quvchilarda amaliy ko‘nikmalar, mehnat madaniyati, mustaqil fikrlash va ijodkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Maqola zamonaviy yondashuvlar, innovatsion metodlar va AKT vositalaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga oladi. Kalit so‘zlar .texnologiya fanini o‘qitish, samaradorlik shartlari, sinf mavzulari, amaliy ko‘nikma, kasbga yo‘naltirish, didaktik tamoyillar, pedagogik texnologiyalar, kompetensiyaviy yondashuv, innovatsion metodlar, mehnat madaniyati, AKT. Kirish. Umumta’lim maktablari o‘quvchilarini o‘qitishni va tarbiyalashni va ularni mehnatga tayyorlashni yanada takomillashtirish haqida“gi qarorida dars o‘qitishni, o‘quvchilarda yuksak g‘oyaviy-ma’naviy sifatlarni tarbiyalash, ularni hayotga, mehnat faoliyatiga tayyorlashni tashkil etishning sinalgan shaklidir, deyiladi. Maktab oldiga qo‘yilgan bunday buyurtmadan zamonaviy dars oldiga qo‘yiladigan eng muhim talab kelib chiqadi — dars ta’lim, tarbiya va o‘quvchilarni rivojlantirish vazifasini kompleks hal etishi lozim. Mana shuning uchun ham har bir darsga tayyorlanishda dastur hamda metodik qo‘llanmalar ko‘magida o‘quvchilarda qanday asosiy bilim, ko‘nikma va malakalar tarkib toptirilishi, ularning ongiga qanday https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 359 Часть–7_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 tarbiyaviy g‘oyalar singdirilishi, dars bilish qiziqishlarini, o‘quv mehnatini ratsional tashkil etish malakalarini rivojlantirishga qanday yordam berishi ustida yaxshilab o‘ylab ko‘rish kerak bo‘ladi. Texnologiya fani umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning hayotga tayyorlanishida muhim rol o‘ynaydi. U nafaqat amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, balki o‘quvchilarda mehnatga, jamiyat hayotiga, o‘z kelajagiga mas’uliyat bilan yondashish, kasb tanlashga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otishga xizmat qiladi. Shu sababli texnologiya darslarini samarali tashkil etish, unga qo‘yiladigan talablar va samaradorlik shartlarini aniqlash, zamonaviy pedagogik yondashuvlardan foydalanish dolzarb masaladir. Texnologiya darslarini tashkil etishda o‘qituvchi har bir sinfning yosh xususiyatini, o‘quvchilarning qiziqishlarini, dars mazmunining o‘ziga xosligini hisobga olishi zarur. Asosiy qism .Har bir dars tarbiyaviy xarakterga egadir. U o‘quvchilarni g‘oyaviy siyosiy, mehnat, ma’naviy va jismoniy tarbiyalash birligini ta’minlaydi. 98 Darsda o‘rganilayotgan fan asoslarining rivojlangan qurilish amaliyoti bilan aloqasi amalga oshiriladi. Dars davomida o‘quvchilarda mehnatga munosabat tarbiyalanadi va ularga mehnat ko‘nikmalari, malakalari singdiriladi. O‘quvchilar moddiy ishlab chiqarish sohasidagi amaliy faoliyatga, kasbni ongli tanlashga tayyorlanadilar. Darsda o‘quvchilarning chuqur va mustahkam bilimni egallash, ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish masalalari hal etiladi. Har bir darsning o‘quvchilarda diqqatni, ratsional xotirlash, qiyoslay bilish, fikr yuritish, asosiy narsani ajratish, xulosa va umumlashtirishlar qilish, o‘z ishini rejalashtirish, uni kerakli sur’atda amalga oshirish, o‘zini o‘zi nazorat qilish usullarini shakllantirish imkoniyatlarini ko‘ra bilish kerak. Bu o‘rinda mazkur vazifalar hozirgi kunda boshlang‘ich sinflarning o‘quv dasturlarida u yoki bu darajada aks ettirilganligini nazarda tutish lozim.Texnologiya https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 360 Часть–7_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 darslarini samarali tashkil etish uchun uning asosiy maqsad va vazifalarini to‘liq anglash lozim. Darsdagi o‘qitish vazifasi faqat kompleksgina emas, balki mazkur sinfni, umuman har bir o‘quvchining alohida xususiyatlarini nazarda tutuvchi maksimal aniqlilik ham bo‘lishi kerak. Ma’lumki, boshlang‘ich sinflar o‘quvchilari maktabgacha tayyorgarliklari, ish qobiliyatlarining turliligi, esda saqlab qolish xususiyati, tengdoshlari bilan munosabati, qiziqishlarining har xilligi, xatti-harakatidagi madaniyat shakllari, tartib intizom bir birlaridan turlichaligi bilan farqlanadilar. Dars tuzilishi o‘quv materialining maqsadi va mazmuni, o‘quv faoliyatining tashkil etilishiga qarab aniqlanadi. Zamonaviy dars mazmuni, o‘quv faoliyatini tashkil etish usul va shakllari qanday talablarga javob berishi kerak? Dars mazmuniga qo‘yiladigan eng muhim talab g‘oyaviylik va aniq maqsadga qaratilgan bo‘lishdir. Bu talab o‘quv jarayonida o‘quvchilarning bilish imkonnyatlarini rivojlantirish, ularda kundalik xatti-harakatning asosi sifatida odob-axloq asoslarini shakllantirish uchun eng qulay sharoitlarni ta’minlash zarurligini anglatadi. Boshqa muhim talab dars mazmunining ilmiy bo‘lish
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola maktablarda texnologiya darslarini samarali tashkil etishning ilmiy-metodik asoslarini yoritadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola maktablarda texnologiya darslarini samarali tashkil etishning ilmiy-metodik asoslarini yoritadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- samaradorlik shartlari, AKT., kompetensiyaviy yondashuv, didaktik tamoyillar, kasbga yo‘naltirish, amaliy ko‘nikma, mehnat madaniyati, innovatsion metodlar, pedagogik texnologiyalar, sinf mavzulari, texnologiya fanini o‘qitish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024