К содержанию
РецензированоUZ2025

SODDA VA MURAKKAB MASALALAR

Usenbaeva Gozzal Azamat

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

Maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilariga berilgan masalalar va ularning yechilish yo’llari haqida aytiladi. Kalit so’zlar: Masalalar, sodda va murakkab masalalar, o’quvchilar, o’qituvchi, maktab. Maktablarda boshlang’ich sinf o’quvchilarini misollarni hisoblab o’rganganidan keyin sodda va murakkab masalalar yechishga o’rgatadi. O’quvchilar misollarni hisoblab o’rganmastan oldin masalani hisoblay olmaydi. Masalani yechimini topish uchun o’quvchilar misollarni hisoblashni bilishi kerak bo’ladi. 1- sinfdan boshlab boshlang’ich sinf o’quvchilariga sodda masalalarni yechishni o’rgatish kerak. Harbir konsentrni o’quvchilarga o’rgatishda shu konsentrga oid masalalar berilib boriladi. Agar 1-sinf o’quvchisiga ko’p xonali sonlar bo’yicha masalalar berishsa ular bu masalani yechishga qiynaladi. Chunki ular ko’p xonali sonlar konsentri bo’yicha misollarni yechishni o’rganmagan bo’ladi. O’quvchilar hamma konsentr bo’yicha misollarni o’rganib bo’lganida masalalar yechishga ham o’rganib oladi. Masalalar ikki xil bo’ladi. 1. Sodda masalalar 2. Murakkab masalalar Sodda masalalar- bitta arifmetik amal bilan chiqariladigan masalalar. Murakkab masalalar- ikki yoki unnan ham ko’p arifmetik amallar bilan chiqadigan masalalar. Ma’lumni noma’lumdan, muhimni nomuhimdan ajratish, masalada berilganlar bilan izlanayotganlar orasidagi bog’lanishni ochish — bu eng muhim malakalardan biri, bunday malakaga ega bo‘lmay turib, masalalarni mustaqil yechishga o‘rganib bo‘lmaydi. Masala matni ustida og’zaki ishlagandan keyin uning mazmunini https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 368 Часть–7_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 matematik terminlar tiliga o‘tkazish va qisqa yozuv shaklidagi matematik strukturasini belgilash kerak (rasmlar, chizmalar, sxemalar, jadvallar). Masalani qisqa yozish malakasiga birinchi sinfdan boshlaboq katta ahamiyat beriladi. Bu ish bolalar uchun ancha qiyindir, shu sababli birinchi sinfda masalani qisqa yozish asosan o‘qituvchi rahbarligida bajariladi. Ikkinchi sinfdan boshlab bolalarni masalalarni mustaqil ravishda qisqa yozishga o‘rgatish masalasi qo‘yiladi. Masala sharti murakkab bo‘lgan holda, berilganlar orasidagi munosabatlarni tushunib olish qiyin bo‘lgan hollarda, shuningdek, yangi xil masalalarni yechishda qisqa yozishdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shuni nazarda tutish kerakki, barcha hollarda ham qisqa yozuvni bajarish bilan bir vaqtda masala shartining analizi ham amalga oshiriladi. Aslini aytganda, qisqa yozuvning vazifasi shundan iborat. Haqiqatan ham masala shartining qisqa yozuvi o‘quvchilar xotirasiga tayanch bo‘lib, son ma’lumotlarni tushunish va ajratish imkonini beradi, shu bilan birga ularning ratsional yozilishi masalada nima berilgan va nimani izlash kerakligini aniq tushuntirish imkonini yaratadi. Predmet rasm, shartli rasm, masala shartining qisqa yozuvi, chizma konkretlikdan sekin-asta abstraktlikka o‘tishdagi ketma-ket bosqichlarni ifodalaydi. Sodda masalalarni yechishda amal tanlashni asoslab berish va murakkab masala tahlilini amalga oshirish, so‘ngra yechish planini tuzish malakasi. Oldin sodda masalani yechishda amal tanlash masalasini qarab chiqishga to‘xtalamiz. Bu malaka birinchi sinfdan boshlab tarkib topa boshlaydi, ikkinchi va uchinchi o‘quv yillarida yanada rivoj toptiriladi, ya’ni ba’zi tanish masalalarga nisbatan amal tanlash ishini bajarish asosi o‘zgartiriladi. Masalan, ushbu «Javonda 7ta kitob bor edi. Anora 3ta kitob oladi. Javonda nechta kitob qoldi?» - degan masalani yechishda birinchi sinf o‘quvchisi masalani yechish uchun 7dan 3 ni ayirish kerak, chunki kitoblar oldingisidan kamaydi deb javob beradi. Ikkinchi sinf o‘quvchisi shu masalani yechishda bunday mulohaza yuritishi mumkin: «Bu qoldiqni topishga doir masala. Bunday masalalar ayirish bilan yechiladi. 7 dan 3 ni ayirsak, javonda qancha kitob qolganini bilamiz». https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 369 Часть–7_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Masalalarni yechishning jadval usuli, masalalar va ularni taqqoslashni ikkinchi sinfda o’rgatiladi. Bu davrda o’quvchilarning fikrlash doirasi yanada kengayadi, ularni jadvalga qarab masala tuzishga, o’zaro teskari masalalar tuzishga va ularni taqqoslashga undaladi. Bоshlang’ich sinflarda o’rganiladigan masalalar yеchishning u yoki bu nazariy matеriallarni o’zlashtirish jarayonidagi muhim o’rnini ta’kidlab, dasturda shunday dеyiladi: “Natural sоnlar arifmеtikasi, nоlni o’rganish maqsadga muvоfiq masalalar va amaliy ishlar sistеmasi asоsida tuziladi. Bu dеgan so’z har bir yangi tushunchani tarkib tоptirish har dоim bu tushuncha ahamiyatini tushuntirishga yordam bеradigan, uning qo’llanishini talab qiladigan u yoki bu masalani yеchish bilan bоg’lanadi”. Sоdda masalalar o’quvchilarni matеmatik munоsabatlar bilan tanishtirishning muhim vоsitalaridan biri bo’lib хizmat qiladi. Sоdda masalalardan ulushlar, qatоr gеоmеtrik tushunchalar va algеbra elеmеntlarini o’rganishda ham fоydalanila

Доказательный фрагмент

«Maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilariga berilgan masalalar va ularning yechilish yo’llari haqida aytiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilariga berilgan masalalar va ularning yechilish yo’llari haqida aytiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Sodda masalalar- bitta arifmetik amal bilan chiqariladigan masalalar. Murakkab masalalar- ikki yoki unnan ham ko’p arifmetik amallar bilan chiqadigan masalalar.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники