К содержанию
РецензированоUZ2025

JISMONIY TARBIYA FANINI O’QITISHDA KICHIK GURUXLAR BILAN ISHLASHNING ZAMONAVIY USULLARI

ISHLASHNING ZAMONAVIY USULLARI · Umarov Umidjon Usvaliyevich.

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada jismoniy tarbiya fanini o’qitishning zamonaviy usullaridan foydalanib, o’qitish jarayonini samarali tashkil etish, jismoniy tarbiya fanini o’qitishda kichik guruhlar bilan ishlashning yutuqlari, kichik guruhlarn baholash mezonlarini to’g’ri tashkillash. Kalit so’zlar: kichik guruhlar, noan’anaviy usullar, pedagogik texnologiyalar, hamkorlik, samaradorlik, motivasiya, raqobat, jamoa, baholash mezoni. Mamlakatimizda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, mamlakatimiz yigit-qizlarini har tomonlama rivojlangan barkamol shaxslar etib, voyaga yetkazish uchun zarur shart- sharoitlar va imkoniyatlar yaratilgan. Jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari bo‘lajak yosh avlodni turli nazariy bilimlarni, jismoniy tarbiya tizimining rivojlanish tarixiy qonuniyatlari, metodlari, vositalarini o‘rgatish hamda jismoniy tarbiyaning xususiyatlari haqida atroflicha va chuqur bilimlar berish bilan birga ularni kelajakdagi ish faoliyatlarida amaliy ahamiyat kasb etuvchi bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat. Hozirgi davrda ta’lim sohasining oldida turgan dolzarb vazifalardan biri, o’qitishda ilg’or pedagogik texnologiyalar va noan’anaviy usullarning yutuqlaridan unumli foydalanish, ularni o’quv jarayoniga tatbiq etish, hamda rivojlangan mamlakatlarning tajribalarini milliy mentalitetimiz an’analari bilan mujassamlashtirgan holda mamlakatimiz ta’lim tizimida unumli foydalanish. Ko’pchilikka ma’lumki dars mashg’ulotlarini quyidagi shakllarda amalga oshirish mumkin: a) yakka tartibda ishlash https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 7 Часть–8_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 b) juftlikda (hamkorlikda) ishlash c) kichik guruhlarda ishlash d) guruhiy ta’lim shakli e) jamoaviy ta’lim shakli f) ommaviy ta’lim shakli. Dars jarayonida guruhni tez-tez kichik guruhlarga bo‘lib ishlash maqsadga muvofiqdir. Bundan maqsad guruhning har bir ishtirokchisini faol ishtirok etishga undashdir. Biror bir mavzu katta guruhlarda muhokama etilsa, butun guruhning ishtirokini ta’minlab bo‘lmasligi aniq. Bu esa guruhdagi sust ishtirokchilarni umuman chetda qolishiga sabab bo‘ladi. Kichik guruhlarda ishlanganda esa ularning faol ishtiroki talab etiladi va bu har bir ishtirokchining qiziquvchanligini oshiradi. Bundan tashqari kichik guruhlarda ishlash ishtirokchilar uchun tinch va ishonchli muxitni yaratadi, ularning bir-birlari bilan tezroq tanishishi va bir-biri bilan kirishishiga imkon yaratadi. Ayniqsa, oilaviy mavzularga doyr nozik savollar muhokama etilganda ba’zi ishtirokchilarda noqulaylik, uyalish holatlari vujudga keladi. Kichik guruhlarda ishlash esa ulardagi uyalish, noqulaylikni yo‘qotishi mumkin. Guruh soni qancha kichik bo‘lsa, undagi ishtirokchilarda qo‘rquv, noqulaylik, uyalish hislari kamroq namoyon bo‘ladi. Bolalarga jismoniy ta’lim va tarbiya berish jarayonida quyidagi didaktikta’limiy tamoyillar qo’llaniladi: - tizimlilik va izchillik, - onglilik, mustaqillik va ijodiy faollik, - ta’limning ko’rgazmali og’zaki va amaliy usullarini birga qo’shib olib borish; - tushunarlilik va individuallashtirish tamoyili; - ta’limning frontal, gruh va yakka tarzdagi shakllarini birligi; - talablarni tobora oshirib borish tamoyili. Jismoniy tarbiya fanini samarali o’qitish ta’lim muassasalarida malakali mutaxassislar tayyorlashni belgilaydi. Jismoniy tarbiya fanini o’qitish o’zining ko’pgina belgilari,ya’ni mazmuni, maqsad va vazifalari, uslublari, vositalari, tashkil https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 8 Часть–8_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 etilishi, o’tkazilish joyi, jixozlanishi, tuzilishi, ajratiladigan vaqti bilan ham boshqa fanlardan keskin farq qiladi. Mikroguruhlar bilan ishlashda vazifa bajaruvchi, kuzatuvchiyoki ekspert rollarini jismoniy tarbiya o‘qituvchisining o‘zi taqsimlab berishi kerak. Mikroguruhlar bilan ishlashga haddan tashqari berilib ketishkerak emas, bu narsa treningni samaradorligi va rivojlanishigahalakit berishi xam mumkin. O‘qituvchi mikroguruhlar bilan ishlayotganda ularning faolligini oshirish uchun quyidagi qoidalarga qat’iy rioya qilishi kerak. Guruhdagi muammoli holatni hal qilish Ba’zida kichik guruhlarda berilayotgan topshiriqlarni hamma ishtirokchilar ham bir xilda bajarishni istayvermaydilar. O‘qituvchi kichik guruhlarda ba’zi ishtirokchilar tomonidan yuzaga keltirilishi mumkin bo‘lgan quyidagi ko‘rinishdagi muammolarni hal qilishga tayyor turishi kerak: -ishtirokchi suhbatga aralashaverib, qolganlarning jig‘igategishi mumkin; - ishtirokchi o‘zini ko‘rsatish uchun boshqalarni tanqid qilishi,noo‘rin kamsitishi mumkin; - ishtirokchi birovlarga nima qilishi kerakligini aytib, aqlo‘rgatishga harakat qilishi mumkin; - ishtirokchi gapirayotgan ishtirokchining gapini bo‘lishgaharakat qilishi mumkin; -ishtirokchi guruh ishida qatnashishdan bosh tortishi mumkin; - ishtirokchi topshiriqda tegishli bo‘lmagan narsalar haqidagapiri

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada jismoniy tarbiya fanini o’qitishning zamonaviy usullaridan foydalanib, o’qitish jarayonini samarali tashkil etish, jismoniy tarbiya fanini o’qitishda kichik guruhlar bilan ishlashning yutuqlari, kichik…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada jismoniy tarbiya fanini o’qitishning zamonaviy usullaridan foydalanib, o’qitish jarayonini samarali tashkil etish, jismoniy tarbiya fanini o’qitishda kichik guruhlar bilan ishlashning yutuqlari, kichik… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kichik guruhlar, baholash mezoni., raqobat, samaradorlik, motivasiya, hamkorlik, pedagogik texnologiyalar, jamoa, noan’anaviy usullar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники