К содержанию
РецензированоUZ2025

KURSANTLARNING BILISH FAOLLIGINI OSHIRISHDA GAPIRISHNI O'RGATISHDAGI QIYINCHILIKLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO`LLARI

Nargiza Shirinova

Образование наука и инновационные идеи в мире · 3 · 135-142 · 2025

Аннотация

Maqolada ingliz tili darslarida kursantlarni yozuvhga o`rgatish muammolari yoritilib, undagi qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish usullari keltirilgan. Kalit so`zlar: yozuv, ko`nikma, malaka, qobiliyat, usul, vosita. Kursantlarning nutq faoliyati turlari bo`yicha bilish faolligini oshirishning yana bir mahsuli yozuvdir. Yozish jarayonida kursantlar matn mazmunini yozma izhor etishlari uchun mos keluvchi graffik usulni, ya`ni yozma nutqni tanlashlari kerak. Fikrni yozma bayon qilishdan oldin kursantlar uni to`gri rejalashtirish, shuningdek, undagi so'z va gaplarning grammatik qurilishini ham to`g`ri tanlay olish bo`yicha bilish faolligi oshirilishi zarur. Shuningdek, o'rganuvchilarning yozuv ko`nikmasini shakllantirish masalalari rejalashtirish muammolari, so'z tanlash muammolari, grammatik masalalar, kognitiv muammolar va boshqa bir qator muammolar bilan bog'liqdir, ushbu jarayonlar bo`yicha ularning bilish faolligi oshirilishi zarur. Ularni quyida ko`rib chiqamiz: So'z tanlash muammolari. Biz kursantlarga fikrlarini yozma ravishda to`g`ri ifodalashni o`rgatishimiz zarur, buning uchun ularning to`g`ri so`z tanlashlari, kontekstual so`zlarni anglay olishlari, gaplarning sintaktik jihatdan to`g`ri tuza olishlari kabi ko`nikma va malakalarini shakllantirishimiz zarur. Afsuski, kursantlarimizning yozuv ko`nikmasini shakllantirish jarayonida ularning so`z va iboralarni to`g`ri tanlay olmasliklari, shuningdek, sohaviy, ya`ni harbiy atamalarni qo`llashda qiynalishlarining guvohi bo`lmoqdamiz. Imloviy xatolar. Kursantlarda uchrayotgan imloviy xatolar boshqa tillarning ta'siri, turlicha talaffuzlar va boshqa tarixiy omillarning uchrayotgani bilan bog`liqdir. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 122 Часть–8_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Bosh harfda yozish bilan bog`liq muammolar. Bosh harfda yozish bilan bog`liq muammolar odatda tillar orasidagi nomuvoffiqliklar masalan, hafta kunlarining ingliz tilida bosh harfda yozilishi Sunday, Monday, Tuesday, yoki tillar nomlanishining bosh harfda yozilishi Uzbek, English, French… kabilar sababli kelib chiqmoqda. Grammatik muammolar. Yozish paytida ikkinchi tilni o'rganayotgan kursantlarimiz bir qator grammatik qiyinchiliklarga duch kelishadi. Tajribalarga asosan, ikkinchi tilni o'rganuvchilar zamonlar, fe'llarning qo`llanilishi, olmoshlarga murojaat qilish va bog'lovchi so'zlar bilan bog'liq muammolarga ko'proq duch kelishadi. Masalan, o`zbek tilidagi ega va kesimning joylashuvi, ya`ni kesim gapning oxirida, egasi esa gapning boshida keladi (Men harbiy oliy o`quv yurtida o`qiyman). Ingliz tilida esa ega va kesimning yonma-yon kelishi ya`ni, I study at Public Safety University of the Republic of Uzbekistan kabi nomuvoffiqliklar mavjud. Yuqorida keltirilgan o`xshashliklar va farqlar borasida kursantlarning bilish faolligini oshirish ulardagi qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun muhim ahamiyatga ega. Rejalashtirish muammolari. Kursantlar yozuv turlaridan biri bo`lgan xat va insho yozish jarayonida uni rejalashtirish bilan bog`liq bo`lgan bir qator qiyinchiliklarga duch kelishadi. Masalan, ularni qismlarga bo`lishdagi qiyinchiliklar, ularda asosiy g`oyalarni yorita olmaslik, mavzuga uzviy bog`liq bo`lmagan tushunchalarni keltirish, qismlar orasidagi uzviylikning ta`minlanmasligi, xulosa qismiga yetarlicha e`tibor qaratmaslik yozuvni tashkillashtirish bilan bog`liq bo`lgan muammolarni keltirib chiqaradi. Tinish belgilari bilan bog`liq bo`lgan muammolar. Yuqorida keltirilgan muammolar bilan birga, tinish belgilardan o`rinli foydalanish ham asosiy muammolarimizdan biridir. Ba`zan ushbu muammo tillar orasidagi nomuvoffiqliklarga borib taqaladi. Masalan, ingliz va o`zbek tillarida xatlarning boshlanishi yoki tugatilishidagi nomuvoffiqlar, ulardagi ingliz tilida vergulning qatt`iy ishlatilishi kabi farqlar seziladi. Misol qilib aytganda, Dear, Sir/Madam kabi salomlashish qismida vergul qo`yilib, Yours respectfully, kabi tugatish qismida ham https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 123 Часть–8_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 ushbu tinish belgisidan foydalanilmoqda. O`zbek tilida esa xatlarning ushbu qismlarida tinish belgisi qo`yilmaydi. Yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun quyidagi amallarni bajarish tavsiya etiladi: Xorijiy manbalarga ko`ra, yozish bilish faolligini oshirishning mahsuli hisoblanib, ijodiy jarayon sifatida namoyon bo`ladi. Ushbu jarayonda o`qituvchilar kursantlarning fikrlarini izchil tartibga solishga yordam berislari, ya`ni yo`l ko`rsatuvchi vazifasini bajarishlari zarur. Olingan bilimni to`g`ri bayon qilish albatta, ko`p kuch talab qiladi, ya`ni yozuv ko`nikmalariga ega bo`lish izchil harakat va ko`plab amaliyot asosida shakllanadi. Bizga ma`lumki, yozuv yetarli vaqtni talab qiladigan faoliyatdir. Kursantlardan yozuv bo`yicha bilish faolligini oshirish bir qator amallarni talab qiladi. Masalan, o'z fikrlarini tartibga solish, qoralamalar yaratish, ularni tahr

Доказательный фрагмент

«Maqolada ingliz tili darslarida kursantlarni yozuvhga o`rgatish muammolari yoritilib, undagi qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish usullari keltirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada ingliz tili darslarida kursantlarni yozuvhga o`rgatish muammolari yoritilib, undagi qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish usullari keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
vosita. Kursantlarni nutq faoliyati turlariga o`rgatish, ko`nikma, gapirish, malaka, usul, ya`ni ular bo`yicha bilish, qobiliyat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники