К содержанию
РецензированоUZ2026

INGLIZ TILI FE’LLARIDA PREDMETLIK VA BELGI-XUSUSIYAT MA’NOLARINING LEKSIK-SEMANTIK USUL ASOSIDA FARQLANISHI

Shirinova Nilufar Djabbarovna · O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi

Образование наука и инновационные идеи в мире · 226-232 · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada ingliz tili fe’llarida predmetlik va belgi-xususiyat ma’nolarining leksik-semantik usul asosida farqlanishi masalasi tahlil etilgan bo‘lib, ingliz tilidagi notional, seminotional, impersonal verbs tahlilga tortilgan. Kalit so‘zlar: predmetlik ma’nosi, belgi-xususiyat ma’nosi, leksik-semantik usul, notional verbs, seminotional verbs, impersonal verbs, inparallel darajalanish, interparallel darajalanish. Predmetlik (PM) va belgi-xususiyat ma’nolari (BXM)ning farqlanishi fe’llarda eng yuqori darajaga ko‘tariladi – fe’llar dinamik belgini, holatni ifodalashga morfologik jihatdan ixtisoslashgan so‘z turkumi ekanligi bilan ajralib turadi. Fe’llarning ichki lug‘aviy-ma’noviy guruhlarida predmetlik va belgi-xususiyat ma’nolarini farqlash belgisiga ko‘ra darajalanish siralarini ajratish mumkin emas, barcha turdagi fe’llar mohiyatan bir turdagi ma’noga – dinamik belgini ifodalashga ixtisoslashgan. Lekin fe’llarda predmetlikka ishora tamoman boshqa yo‘nalishda: a) semantik-sintaktik valentlik yo‘nalishida; b) ixtisoslashgan morfologik shakllar (harakat nomi, sifatdosh, ravishdosh, kesimlik shakli)ning mavjudligida namoyon bo‘ladi. Predmetlikka ishoraning valentlik orqali voqelanishi shundan iboratki, o‘zbek tilida shaxssiz fe’l yo‘q. Istagan fe’l harakatning bajaruvchisi – agens valentligiga ega. Agens esa, Abu Nasr Forobiy ta’biri bilan aytganda, “ovoz chiqargan manba”, ya’ni predmetlik (fe’l nimaningdir dinamik belgisini ifodalab kelayotganligi) mohiyatiga ega. Turkiy fe’llarning bu xususiyati 50-yillardayoq S.N.Ivanov tomonidan mufassal sharhlangan edi va professor R.Rasulovning o‘zbek tilida agens valentligiga bag‘ishlangan tadqiqotida atroflicha tahlil etildi. Lekin fe’llarda agens valentligi orqali https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 134 Часть–8_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 predmetlikka ishora otlarda belgi-xususiyatga ishora, sifatlarda predmetlikka ishoradan tubdan farq qiladi. Chunki otlarda belgi-xususiyatga ishora predmetlikning “majmuyi asmo’ va sifot” ekanligi bilan, sifatlarda predmetlikka ishora sifatlar “turkum ma’nosi”ning “predmet belgisi” ekanligi bilan uzviy bog‘liqdir. Fe’llarda esa predmetlikka ishora u qadar yorqin emas. Fe’l ifodalaydigan harakat-holatning tashuvchisi bo‘lgan predmet fe’ldan tashqarida. Shuning uchun u qo‘shimcha vositalar orqali, chunonchi subyekt agensi (agens valentligi) bilan ifodalanadi va shu orqali predmetlik ma’nosiga ishora qiladi. Fe’llarda predmetlik ma’nosiga ishora ulardan tashqarida bo‘lganligi bois fe’llarning ichki LMGlari ham, predmetlik va belgi-xususiyat ma’nolarining leksik- derivatsion farqlanish usullari ham darajalanish siralarini berolmaydi – fe’lning “ichi”da belgi-xususiyat va predmetlik ma’nolari nisbatiga ko‘ra darajalanish xos emas. O‘zbek tilidagidan farqli ravishda ingliz tilidagi fe’llar o‘z semantikasidan kelib chiqib, juda kam o‘rinlarda bo‘lsa-da, agens orqali predmetga ishora qilishda betakror yechimni taklif qiladi: ingliz tilida semantik xarakteristikasiga ko‘ra guruhlanadigan uch – notional verbs (leksik ma’noli fe’llar), seminotional verbs (yarim ma’noli fe’llar) va impersonal verbs (shaxssiz fe’llar)ning o‘zi PM va BXMni diskretlash bo‘yicha darajalanish munosabatlarini o‘rnatishi mumkin. Bunda qator boshini – borliqdagi biror-bir harakat, holat, jarayonni atab, nomlab, til tizimida lug‘aviy ma’noga ega bo‘lgan, gap tizimida mustaqil predikativ munosabatni yaratib, kuchli belgi turi – “dinamik belgi”ni tashiydigan hamda asosan hozirgi zamon, 3-shaxs shaklida agens (harakat bajaruvchisi) ma’nosini voqelantiradigan, shunday bo‘lsa-da, barcha a’zolarini shu tendentsiyaga bo‘ysundiradigan va shu orqali PMga kuchli ishora qiladigan – notional verbs (to see, to write) joylashadi. Bunday birliklar nafaqat ingliz, balki o‘zbek va boshqa tillarga ham xos bo‘lgan – “harakat bajaruvchisi, subyekt ma’nosini o‘zidan tashqarida” ifodalash bilan birga tegishli o‘rinlarda o‘z mohiyatida yashirin semantik valentlikni yuzaga chiqaradi: She speaks English well. My sister lives in London. Yana bir bor https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 135 Часть–8_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 ta’kidlab o‘tamizki, bunday leksik birliklarning barchasi agentlik ma’nosiga xoslangan. Siraning keyingi – BXM nisbatan chekingan/PM nisbatan yorqinlashgan qismini ham semantik, ham grammatik valentligi jihatdan shaxs ma’nosiga kamroq ishora qiladigan, undan ko‘ra dinamik belgining turli-tuman belgilarini, ya’ni harakat, jarayonning qay tarzda, qanday shartlar (ixtiyoriylik, majburiyat, tavsiya, imkoniyat va h.k.) asosida bajarilishini anglatishga ixtisoslashgan aksariyat yarim ma’noli fe’llar (seminotional verbs): can, may, should, could, would... egallaydi. Ko‘rinadiki, bu turdagi lug‘aviy unsurlar ma’noli fe’llardek yuz foiz agens haqida axborot berish emas, balki, aksincha, barcha bajaruvchilar uchun umumiy belgi-xususiyat ma’nolarini yuzaga chiqarishi bilan aj

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada ingliz tili fe’llarida predmetlik va belgi-xususiyat ma’nolarining leksik-semantik usul asosida farqlanishi masalasi tahlil etilgan bo‘lib, ingliz tilidagi notional, seminotional, impersonal verbs tahl…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada ingliz tili fe’llarida predmetlik va belgi-xususiyat ma’nolarining leksik-semantik usul asosida farqlanishi masalasi tahlil etilgan bo‘lib, ingliz tilidagi notional, seminotional, impersonal verbs tahl… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
inparallel darajalanish, leksik-semantik usul, impersonal verbs, belgi-xususiyat ma’nosi, predmetlik ma’nosi, seminotional verbs, interparallel darajalanish., notional verbs
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники