К содержанию
РецензированоUZ2025

TIBBIY ETIKA VA DEONTOLOGIYA: ZAMONAVIY TIBBIYOT XODIMINING AXLOQIY MAS’ULIYATI

XODIMINING AXLOQIY MAS’ULIYATI · Abdullayeva Dilnura

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada tibbiy etika va deontologiya tushunchalari zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimidagi tibbiyot xodimlarining kasbiy axloqiy mas’uliyati nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqiladi. Tibbiy faoliyatda bemor huquqlariga hurmat, insonparvarlik, professionallik, kasbiy vijdon va tibbiy sir saqlash kabi axloqiy tamoyillarni rioya qilishning dolzarbligi tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy davrda yuzaga kelayotgan axloqiy muammolar va ularning echimlari yoritiladi. Kalit so‘zlar: tibbiy etika, deontologiya, axloqiy mas’uliyat, tibbiyot xodimi, bemor huquqlari, kasbiy vijdon, insonparvarlik Kirish qismi Zamonaviy tibbiyotda bemorga nisbatan nafaqat davolash, balki axloqiy yondashuv, hurmat va e’tiborli muomala muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tibbiyot xodimi – bu faqat kasallikni davolovchi emas, balki inson qalbiga e’tibor beruvchi, ishonchli suhbatdosh, o‘z kasbiga fidoyi shaxsdir. Shu nuqtayi nazardan, tibbiy etika va deontologiya sog‘liqni saqlash tizimining ajralmas qismidir. Tibbiy axloqiy me’yorlar tibbiyot xodimining kasbiy faoliyatini belgilovchi asosiy mezonlardan biri bo‘lib, jamiyatda ishonch va hurmat muhitini shakllantirishga xizmat qiladi. Bugungi globallashuv davrida, texnologiyalar taraqqiy etayotgan, bemorlar haqiqat va adolatni talab qilayotgan bir paytda, har bir tibbiyot mutaxassisi o‘zining axloqiy mas’uliyatini chuqur his qilishi zarur. Tibbiy etika va deontologiya tushunchalari Tibbiy etika — bu tibbiyot xodimining bemorga, kasbdoshlariga, jamiyatga bo‘lgan axloqiy munosabatlarini belgilab beruvchi me’yorlar majmuasidir. Deontologiya esa — tibbiyot xodimining kasbiy burchi va axloqiy majburiyatlarini https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 184 Часть–8_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 tahlil qiluvchi tibbiyot falsafasi sohasi hisoblanadi. Bu ikki tushuncha bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, tibbiyot amaliyotida yagonalikda qo‘llanadi. Axloqiy mas’uliyatning asosiy tamoyillari Tibbiyot xodimining axloqiy mas’uliyati bir necha asosiy tamoyillarga tayanadi. Birinchidan, insonparvarlik – bemorga mehr, sabr va e’tibor bilan yondashish. Ikkinchidan, bemor huquqlariga hurmat – har bir bemorning shaxsiy hayoti, qarorlari va davolanish jarayonidagi tanlov erkinligi e’tiborga olinishi kerak. Uchinchi muhim tamoyil – tibbiy sirni saqlash, ya’ni bemor bilan bog‘liq barcha ma’lumotlarni maxfiy saqlash tibbiyot xodimining bevosita burchidir. Shuningdek, adolat, halollik, xolislik, kasbiy vijdon kabi mezonlar ham tibbiy etika asosini tashkil etadi. Zamonaviy tibbiyotda axloqiy muammolar Bugungi davrda tibbiy faoliyatda yuzaga kelayotgan murakkab vaziyatlar ko‘plab axloqiy savollarni keltirib chiqarmoqda. Masalan, bemorning o‘z sog‘lig‘i to‘g‘risidagi qaror qabul qilish erkinligi bilan shifokorning tavsiyasi o‘rtasidagi muvozanatni qanday saqlash kerak? Yoki sun’iy intellekt va texnologiyalar yordamida davolash usullari axloqiy jihatdan qanday baholanadi? Shuningdek, tibbiy xizmatlar tijoratlashib borayotgan bir paytda kasbiy halollik va ma’naviyatni saqlab qolish masalasi ham o‘ta muhimdir. Bunday sharoitda tibbiyot xodimidan nafaqat bilim, balki axloqiy sobitlik, mustahkam iymon va professionallik talab etiladi. Tibbiyot xodimini axloqiy tarbiyalashda ta’limning roli Tibbiy etika va deontologiyani o‘rgatish texnikum, kollej va oliy tibbiy ta’lim muassasalarida alohida o‘rin tutadi. Kelajakdagi shifokorlar, hamshiralar va feldsherlar nafaqat kasbiy ko‘nikmalar, balki axloqiy qadriyatlar bilan ham qurollantirilishi kerak. Amaliy mashg‘ulotlarda bemor bilan muloqot qilish madaniyati, murakkab holatlardagi to‘g‘ri qaror qabul qilish, axloqiy dilemma yuzasidan fikr yuritish kabi mashqlar orqali axloqiy savodxonlik mustahkamlanadi. Kasbiy etikada milliy va madaniy qadriyatlarning o‘rni https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 185 Часть–8_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Har bir mamlakatning tibbiy axloqiy me’yorlari xalqning tarixiy, diniy va madaniy qadriyatlariga tayanadi. O‘zbekistonda tibbiyot xodimlarining bemorga bo‘lgan hurmati, katta yoshdagilarga ehtirom, ayollarga va bolalarga nisbatan mehr- muhabbat ko‘rsatish kabi qadriyatlar asrlar davomida shakllangan. Shu bois zamonaviy tibbiy etika faqat qonun va huquqiy me’yorlarga emas, balki milliy axloqiy mezonlarga ham asoslanmog‘i lozim. Kasbiy faoliyatda madaniy sezuvchanlik, milliy urf-odatlarni inobatga olish, bemorlarning diniy e’tiqodiga hurmat bilan yondashish — bu nafaqat axloqiy burch, balki bemor bilan ishonchli aloqani saqlash uchun muhim omildir. Tibbiyot xodimi va bemor o‘rtasidagi muloqot madaniyati Bugungi kunda tibbiyotda nafaqat tashxis va davo, balki bemor bilan to‘g‘ri muloqot ham muhim ahamiyat kasb etadi. O‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bemorga nisbatan samimiy, ochiq va tushunarli muloqot qilgan tibbiyot xodimlari yuqori ishonchga ega bo‘ladi va davolash natijalari ham yaxshilanadi. Muloqotda e’tiborli bo‘lish, bemorning savollariga sa

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada tibbiy etika va deontologiya tushunchalari zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimidagi tibbiyot xodimlarining kasbiy axloqiy mas’uliyati nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada tibbiy etika va deontologiya tushunchalari zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimidagi tibbiyot xodimlarining kasbiy axloqiy mas’uliyati nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
deontologiya, axloqiy mas’uliyat, bemor huquqlari, tibbiyot xodimi, kasbiy vijdon, insonparvarlik, tibbiy etika
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники