Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KIMYO FANINI TEXNOLOGIYA VA TIBBIYOTDAGI ROLI
Niyozmetova Dilnoza Rustamovna
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada kimyo fanining zamonaviy jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Xususan, texnologik taraqqiyotda, tibbiyotda, oziq-ovqat sanoatida va ekologik muammolarni hal qilishda kimyo fanining qo‘llanilish holatlari yoritilgan. Dori vositalarini yaratishdan tortib, energiya manbalarini ishlab chiqishgacha bo‘lgan jarayonlarda kimyoning hal qiluvchi ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, yashil kimyo va sun’iy intellekt kabi istiqbolli yo‘nalishlar haqida fikr yuritilgan. Maqola ilmiy-ommabop tarzda yozilgan bo‘lib, talabalar, o‘qituvchilar hamda fan bilan qiziqadigan keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan. Kalit so’z: Elektronika ,yarimo‘tkazgichlar, quyosh panellari, vodorod yoqilg‘isi, litiy-ion batareyalar, dezinfeksiyalovchi vosita, diagnostika , analizlar, radiokimyo, farmatsevtik kimyo ,pandemiyalar. Kimyo — bu moddalarning tarkibi, tuzilishi, xossalari va o‘zgarishlarini o‘rganuvchi fan. Uning insoniyat hayotidagi o‘rni beqiyosdir. Kimyo yordamida yangi dorilar yaratiladi, oziq-ovqat mahsulotlari saqlanadi, toza suv olinadi va sanoatda turli mahsulotlar ishlab chiqariladi. Bugungi zamonaviy jamiyatni kimyosiz tasavvur qilish qiyin. Ushbu maqolada kimyoning texnologiya va tibbiyotdagi ahamiyati, yutuqlari va kelajakdagi istiqbollari haqida so‘z yuritiladi. 1. Kimyoning texnologiyadagi roli. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 194 Часть–8_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Kimyo texnologik taraqqiyotning ajralmas bo‘lagi hisoblanadi. Quyidagi sohalarda kimyoning ahamiyati juda katta: a) Materialshunoslik va yangi materiallar Kimyo fanining yutuqlari tufayli bugungi kunda polimerlar, nanomateriallar, supero‘tkazuvchilar va bioaktiv moddalarga ega zamonaviy materiallar yaratilmoqda. Masalan, grafen materiali — bitta atom qalinlikdagi uglerod qatlamidan iborat bo‘lib, o‘ta mustahkam va elektr o‘tkazuvchanligi yuqori. b) Energetika va ekologiya Yashil energiya manbalarini ishlab chiqishda kimyo muhim o‘rin egallaydi. Quyosh panellari, vodorod yoqilg‘isi, litiy-ion batareyalar va boshqa energiya manbalari kimyoviy tadqiqotlar asosida yaratiladi. Shuningdek, chiqindilarni qayta ishlash, atmosferani tozalash texnologiyalari ham kimyoga asoslangan. c) Elektronika va yarimo‘tkazgichlar Kompyuterlar, telefonlar, sensorlar kabi zamonaviy qurilmalarning ichki tuzilmasi murakkab kimyoviy jarayonlar orqali yaratiladi. Masalan, kremniy (Si) asosidagi yarimo‘tkazgichlar texnologiyaning yuragi hisoblanadi. 2. Tibbiyotda kimyoning o‘rni. Tibbiyotda qo‘llanilayotgan har bir dori, dezinfeksiyalovchi vosita yoki diagnostika vositasi orqasida kimyo yotadi. a) Dori-darmonlar ishlab chiqarish Farmatsevtika sanoatida kimyo asosiy o‘rinda turadi. Kimyogarlar laboratoriyalarda yangi moddalarning ta’sirini o‘rganib, ularni sintez qilib, turli kasalliklarga qarshi dori vositalarini yaratadi. Masalan, antibiotiklar, analgetiklar, antipsixotik vositalar bular jumlasidandir. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 195 Часть–8_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 b) Diagnostika va analizlar Qon, siydik, DNK va boshqa namunalarni tekshirish kimyoviy reaktivlar yordamida amalga oshiriladi. Masalan, PCR (polimeraza zanjir reaksiyasi) texnologiyasi molekulyar biologiyaga asoslangan va kasalliklarni aniqlashda muhim o‘rin egallaydi. c) Radiokimyo va yadro tibbiyoti Kimyo yordamida radioaktiv izotoplar yaratiladi va ular onkologik kasalliklarni aniqlash va davolashda keng qo‘llaniladi. Masalan, iod-131 qalqonsimon bez kasalliklarini davolashda ishlatiladi. 3. Oziq-ovqat sanoatida kimyo Kimyo oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va sifati nazoratida muhim rol o‘ynaydi. Masalan: Konservantlar, stabilizatorlar va bo‘yoqlar mahsulotlarni uzoq saqlanishiga yordam beradi. Biokimyo orqali fermentlar va probiotiklar ishlab chiqiladi. Pestitsidlar va o‘g‘itlar qishloq xo‘jaligida mahsuldorlikni oshiradi, ammo ularning salbiy ta’sirini kamaytirish kimyo fanining dolzarb vazifasidir. 4. Kimyoning kelajagi: Yashil kimyo va sun’iy intellect Yashil kimyo (green chemistry) — ekologik xavfsiz, chiqindisiz, energiya tejamkor kimyoviy jarayonlarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Bu yo‘nalish bugungi kunda juda dolzarb bo‘lib, global ekologik muammolarning yechimi sifatida qaralmoqda. Bundan tashqari, sun’iy intellekt kimyoviy tadqiqotlarga kirib kelmoqda. Kompyuterlar yordamida murakkab molekulalar modellashtirilmoqda, yangi dori https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 196 Часть–8_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 vositalari yoki materiallar virtual ravishda sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu esa tajribalar sonini kamaytiradi va xarajatlarni optimallashtiradi. Kimyo fani insoniyatning hayotini yengillashtirishda, kasalliklarni davolashda, ekologik muammolarni hal etishda va texnologik yutuqlarga erishishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Uning yutuqlari bilan kundalik hayotda doimo uchrashamiz — bu kiyim-kechakda
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada kimyo fanining zamonaviy jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada kimyo fanining zamonaviy jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- farmatsevtik kimyo, analizlar, diagnostika, radiokimyo, Elektronika, yarimo‘tkazgichlar, pandemiyalar., dezinfeksiyalovchi vosita, litiy-ion batareyalar, quyosh panellari, vodorod yoqilg‘isi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025