К содержанию
РецензированоUZ2026

ME’DA VA 12 BARMOQLI ICHAK YARA KASALLIGI

Maxsudova Gulnora Saidovna

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada me’da va 12 barmoqli ichak yara kasalligining etiologiyasi, patogenezi, klinik belgilari, diagnostikasi va davolash usullari tahlil qilingan. Yara kasalligining rivojlanishida Helicobacter pylori infeksiyasi, stress, noto‘g‘ri ovqatlanish va genetik moyillikning o‘rni ochib berilgan. Kasallikni erta aniqlash va zamonaviy davo choralari orqali asoratlarning oldini olish mumkinligi ta’kidlangan. Shuningdek, sog‘lom turmush tarzining bu kasallikni profilaktika qilishdagi ahamiyatiga ham alohida e’tibor qaratilgan. Kalit so‘zlar: Me’da yarasi, 12 barmoqli ichak yarasi, Helicobacter pylori, ovqatlanish, stress, davo, profilaktika, simptomlar, endoskopiya. Zamonaviy tibbiyot oldida turgan dolzarb muammolardan biri bu ovqat hazm qilish tizimi bilan bog‘liq surunkali kasalliklarning ko‘payib borayotganidir. Ular orasida ayniqsa o‘n ikki barmoqli ichak yarasi eng keng tarqalgan va ko‘p uchraydigan kasalliklardan biri hisoblanadi. Ushbu kasallik hazm qilish tizimining ichki qavati – ya’ni ichak va oshqozonning shilliq pardasi va uning ostidagi to‘qimalarda nuqsonlar hosil bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Mazkur yara jarayoni inson salomatligiga katta ta’sir ko‘rsatib, hayot sifati, mehnatga layoqatlilik, umumiy ruhiy holat va boshqa organ tizimlariga ham salbiy ta’sir o‘tkazadi. Bugungi kunda ushbu kasallik nafaqat yoshi katta insonlar, balki yosh avlod orasida ham uchrab turibdi. Ayniqsa, mehnat faol bo‘lgan – 20 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lganlar orasida uchrashi yuqoriligi bilan ajralib turadi. Bu davr inson hayotining eng faollik davri hisoblanib, stress, noto‘g‘ri turmush tarziga bog‘liq omillar, asosan, kasallikning rivojlanishiga olib keladi. Kasallik og‘ir kechishi, hayot uchun xavfli https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 253 Часть–1_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 asoratlar bilan murakkablashishi, shuningdek, o‘z vaqtida aniqlanmasa, surunkali shaklga o‘tishi mumkin. Yaraning kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan omillar: Bakterial infektsiya: O‘n ikki barmoqli ichak va oshqozon yaralari ko‘pincha Helicobacter Pylori deb nomlanuvchi mikroorganizmlar tomonidan qo‘zg‘atiladi. Bu bakteriyalar oshqozon shilliq pardasiga zarar yetkazib, kislotaning bevosita ta’siriga olib keladi. Ovqatlanish tartibining buzilishi: Noto‘g‘ri, vaqtsiz, tartibsiz ovqatlanish, ayniqsa, achchiq, sho‘r va yog‘li ovqatlarni ko‘p iste’mol qilish shilliq pardaning qo‘zg‘alishiga olib keladi. Stress va ruhiy zo‘riqish: Uzoq muddatli stress holatlari, asabiylik, doimiy tashvish va xavotirlar me’da kislotasi sekresiyasining ortishiga olib keladi, bu esa shilliq parda himoyasini zaiflashtiradi. Me’da shirasi sekresiyasining ortishi: Hazm qilish fermentlarining ortiqcha ishlab chiqarilishi, bikarbonat va mukoproteinlar kabi himoya omillarining yetarli darajada bo‘lmasligi, me’da devorining kislotali muhitdan zarar ko‘rishiga sabab bo‘ladi. Tamaki chekish: Ayniqsa och qoringa chekilgan sigaretlar ichki shilliq qavatni kuchli zararlaydi. Chekish qon aylanishiga, regeneratsiya jarayonlariga va yara bitishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Dori vositalarining noto‘g‘ri qo‘llanilishi: Uzoq muddat davomida yallig‘lanishga qarshi steroid bo‘lmagan dorilarni (masalan, analgin, aspirin, ibuprofen, diklofenak va boshqalar) iste’mol qilish shilliq pardani yemiradi, bu esa yara hosil bo‘lish xavfini oshiradi. Ichki sekretsiya bezlaridagi o‘zgarishlar: Ba’zi hollarda gastrin ishlab chiqaruvchi o‘smalar (gastrinoma) me’dada kislota ishlab chiqarilishini haddan ortiq kuchaytirib, yara rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Kasallikning klinik belgilari: O‘n ikki barmoqli ichak yarasi ko‘pincha o‘ziga xos klinik simptomlar bilan kechadi. Eng ko‘p uchraydigan belgi bu epigastral sohada – ya’ni ko‘krak qafasi https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 254 Часть–1_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 ostidagi sohada yoki kindik ustida simillagan, bosimli og‘riqning paydo bo‘lishidir. Ushbu og‘riq odatda och qoringa, kechasi yoki tong oldida, me’da bo‘sh bo‘lgan paytlarda kuchayadi. Bemorlar bu holatni ovqat yegach yengillashishini qayd etadilar. Bundan tashqari quyidagi belgilar ham kuzatiladi: • Ko‘ngil aynishi, ba’zan qusish; • Ishtahaning pasayishi yoki ayrim taomlardan voz kechish holati; • Ich qotishi yoki ba’zida diareya; • Og‘izda nordon ta’m, qorin dam bo‘lishi; • Uyqu buzilishi, ish faoliyatining susayishi. Shuningdek, yara kasalligi davrlarga bo‘lingan tarzda kechishi mumkin: og‘riqli bosqichlar, nisbiy tinchlik bosqichlari va surunkali tusga o‘tish bosqichlari. Agar davolash o‘z vaqtida amalga oshirilmasa, qon ketishi, ichki organlarda teshilish (perforatsiya), chandiq hosil bo‘lishi kabi xavfli asoratlar yuzaga kelishi mumkin.Me’da va 12 barmoqli ichak yarasi — bu me’da yoki ichak devorida yuzaga keladigan chuqur nuqson bo‘lib, u ko‘pincha og‘riq, dispepsik shikoyatlar va ovqat hazm qilish tizimidagi boshqa buzilishlar bilan namoyon bo‘ladi. Ushbu kasallik aholi orasida keng

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada me’da va 12 barmoqli ichak yara kasalligining etiologiyasi, patogenezi, klinik belgilari, diagnostikasi va davolash usullari tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada me’da va 12 barmoqli ichak yara kasalligining etiologiyasi, patogenezi, klinik belgilari, diagnostikasi va davolash usullari tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ovqatlanish, Me’da yarasi, endoskopiya., 12 barmoqli ichak yarasi, davo, Helicobacter pylori, profilaktika, simptomlar, stress
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники