К содержанию
РецензированоUZ2025

SAVDO-SOTIQ JARAYONIDA MIJOZLAR BILAN SAMARALI MULOQOT KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH

MULOQOT KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH · Gulmetova Karima

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada savdo-sotiq jarayonida mijozlar bilan samarali muloqot qilish ko‘nikmalarining mazmun-mohiyati, ularning kasbiy faoliyatdagi o‘rni va ta’lim jarayonida bu ko‘nikmalarni shakllantirish usullari tahlil qilingan. Ayniqsa, “Sotuvchi-nazoratchi-kassir” yo‘nalishida tahsil olayotgan o‘quvchilarda xizmat ko‘rsatish madaniyati va muloqot madaniyatini rivojlantirish zarurati asoslab berilgan. Maqolada muloqotning asosiy shakllari, og‘zaki va og‘zaki bo‘lmagan kommunikatsiya, empatiya, mijoz e’tirozlariga javob berish usullari yoritilgan. Shuningdek, kasb-hunar ta’limida rol o‘ynash, vaziyatli topshiriqlar, simulyatsiya mashg‘ulotlari, video tahlil va boshqa interaktiv metodlar orqali muloqot ko‘nikmalarini shakllantirishning samarali yondashuvlari keltirilgan. Tadqiqot natijalari asosida ushbu ko‘nikmalar nafaqat savdo samaradorligini oshirish, balki mijozlar sodiqligini ta’minlashda ham muhim omil ekani ko‘rsatilgan. Maqola kasb- hunar ta’limi sohasida faoliyat yuritayotgan ustozlar, metodistlar va amaliyotchi mutaxassislar uchun foydali tavsiyalarni o‘z ichiga oladi. Kalit so‘zlar Kichik biznes, iqtsodiy, rivojlanish, o‘sish, texnalogiyalar, mamlakat; ANNOTATION This article analyzes the essence of effective communication skills with customers in the process of trade and sales, their role in professional activity, and methods of forming these skills in vocational education. In particular, the necessity https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 34 Часть–3_ июл–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 of developing service and communication culture among students specializing in "Salesperson–Inspector–Cashier" is substantiated. The article highlights the main types of communication, verbal and non-verbal communication, empathy, and strategies for responding to customer objections. It also presents effective approaches to developing communication skills in vocational training through interactive methods such as role- playing, case studies, simulation exercises, and video analysis. Based on the research, it is shown that these skills are not only important for improving sales efficiency but also for ensuring customer loyalty.The article offers practical recommendations for vocational educators, methodologists, and industry professionals. Key words Small Business, Economic, Development, Growth, Technology, country; KIRISH Zamonaviy savdo-sotiq tizimi nafaqat mahsulotni xaridorga yetkazib berish, balki mijoz ehtiyojini to‘liq qondirish, xizmat ko‘rsatish sifati va insoniy munosabatlar asosida shakllanmoqda. Bugungi globallashuv davrida raqobatbardosh savdo tizimi mijoz bilan to‘g‘ri va samarali muloqot olib borishni talab qilmoqda. Ayniqsa, sotuvchi, nazoratchi va kassir kabi bevosita mijozlar bilan aloqada bo‘ladigan kasb egalarining kasbiy kompetensiyasi ichida muloqot ko‘nikmalari yetakchi o‘rin egallaydi. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 35 Часть–3_ июл–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Muloqot — bu ikki yoki undan ortiq shaxslar o‘rtasida axborot almashinuvi, fikr bildirish, his-tuyg‘ularni ifoda etish va o‘zaro tushunishga yo‘naltirilgan jarayondir. Aynan savdo-sotiq jarayonida muloqot ko‘nikmalari savdo samaradorligi, mijozning qoniqishi va brendga sodiqligi kabi mezonlarga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bu borada, mijoz bilan samimiy, muloyim va professional muloqot qilish, unga mahsulot yoki xizmat haqida tushunarli va ishonchli axborot berish, e’tiroz va savollariga to‘g‘ri javob qaytarish, sotuvchining xizmat madaniyatini namoyon etadi. Ijtimoiy psixologiya va kommunikatsiya sohasidagi ilmiy izlanishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, xaridorlarning 70% dan ortig‘i mahsulot sifatidangina emas, balki sotuvchi bilan bo‘lgan insoniy munosabat tufayli xarid qilish yoki qilmaslik qaroriga kelishadi. Shu bois, kasb-hunar ta’lim muassasalarida “Sotuvchi-nazoratchi-kassir” yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan o‘quvchilarda mazkur ko‘nikmalarni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim jarayonida bu ko‘nikmalarni shakllantirishda an’anaviy nazariy yondashuvlar bilan bir qatorda innovatsion usullar — rol o‘ynash (rol-play), https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 36 Часть–3_ июл–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 xizmat ko‘rsatish simulyatsiyalari, amaliy mashg‘ulotlar, video tahlillar orqali mustahkamlash ta’sirchan natijalar beradi. Ushbu maqolada aynan savdo-sotiq jarayonida samarali muloqotning ahamiyati, uning asosiy shakllari, ta’limda qanday metodlar bilan o‘rgatilishi va bu orqali o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash masalalari yoritib beriladi. TADQIQOT METODOLOGIYASI Savdo-sotiqda samarali muloqotning mazmun-mohiyati. Savdo jarayonidagi muloqot mijoz va sotuvchi o‘rtasidagi axborot almashinuvi, ehtiyojlarni aniqlash, mahsulot yoki xizmat bo‘yicha qaror qabul qilishga yordam beruvchi ijtimoiy-psixologik jarayondir. U quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: Muloqotning boshlanishi – sal

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada savdo-sotiq jarayonida mijozlar bilan samarali muloqot qilish ko‘nikmalarining mazmun-mohiyati, ularning kasbiy faoliyatdagi o‘rni va ta’lim jarayonida bu ko‘nikmalarni shakllantirish usullari tahlil q…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada savdo-sotiq jarayonida mijozlar bilan samarali muloqot qilish ko‘nikmalarining mazmun-mohiyati, ularning kasbiy faoliyatdagi o‘rni va ta’lim jarayonida bu ko‘nikmalarni shakllantirish usullari tahlil q… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Small Business, Economic, Development, Growth, Technology, rivojlanish, iqtsodiy, o‘sish, mamlakat, texnalogiyalar, Kichik biznes
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники