К содержанию
РецензированоUZ2025

OROL DENGIZI FOJIASI:INSONIYAT XATOSINING OQIBATLARI

Suyunboyev bobomurod dilmurod o’g’li

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada Orol dengizining qurish sabablari, uning mintaqa va butun insoniyat hayotiga salbiy ta’siri, hamda bu tarixiy ekologik fojia orqali olinadigan saboqlar tahlil qilinadi. Shuningdek, Orolboʻyi mintaqasini tiklash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va istiqboldagi rejalar ham yoritiladi. KALIT SO’ZLAR Orol dengizi, ekologik falokat, suv resurslari, qurg‘oqchilik, saboq, mintaqaviy siyosat, Orolbo‘yi tiklanishi Orol dengizi tarixan Markaziy Osiyoning eng muhim tabiiy suv havzalaridan biri bo‘lib, mintaqa ekologiyasi, iqlimi, iqtisodi va ijtimoiy hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatib kelgan. Orol bo‘yidagi aholining kundalik hayoti ushbu dengiz bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan — baliqchilik, qishloq xo‘jaligi, suv transporti va boshqa ko‘plab sohalar aynan shu dengiz tufayli gullab-yashnagan. Ammo XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab ushbu hududda olib borilgan noto‘g‘ri siyosat, ayniqsa sug‘orish tizimlarining keskin kengaytirilishi va suv resurslaridan me’yoridan ortiqcha foydalanilishi oqibatida Orol dengizi tobora kichrayib, fojiali tarzda quriy boshladi. Orolning qurishining bosh sabablaridan biri, shubhasiz, Amudaryo va Sirdaryo daryolarining suvlarini paxta plantatsiyalariga yo‘naltirish bo‘ldi. Bu siyosat SSSR davrida “oq oltin” – paxta rejasi doirasida amalga oshirildi. Daryolarning tabiiy oqimi sun’iy ravishda o‘zgartirilib, ularning quyi oqimidagi Orol dengiziga suv deyarli yetib bormay qoldi. Yiliga millionlab kub metr suvning sug‘orish tarmoqlarida yo‘qotilishi, https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-73 109 Часть–1_ июл–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 ochiq kanallarda bug‘lanish va samaradorligi past bo‘lgan irrigatsiya tizimlari dengizning sathini keskin pasayishiga olib keldi. Dengiz sathi so‘nggi 50 yil ichida 90 foizga qisqardi, suv hajmi esa deyarli to‘rt baravarga kamaydi. Buning natijasida yuzaga kelgan ekologik inqiroz butun dunyo miqyosida katta xavotir uyg‘otdi. Dengiz tubining qurib, sho‘r va changli maydonga aylanishi natijasida havoga zararli chang aralashmalari tarqala boshladi. Bu changlar tarkibida pestitsidlar, og‘ir metall tuzlari va boshqa kimyoviy moddalar bo‘lib, ular shamol orqali yuzlab kilometr masofalarga tarqaladi. Natijada nafaqat Orolbo‘yi, balki butun Markaziy Osiyo hududlarida ekologik muvozanat buzildi. O‘simlik va hayvonot dunyosi keskin qisqardi, ko‘plab turlar butunlay yo‘qoldi. Havo sifati yomonlashib, odamlar salomatligiga salbiy ta’sir o‘tkazdi. Ayniqsa bolalar orasida nafas yo‘llari, buyrak kasalliklari, yurak-qon tomir muammolari va boshqa surunkali kasalliklar ko‘paydi. Iqtisodiy nuqtayi nazardan olganda ham, Orol dengizi bilan bog‘liq sanoat tarmoqlari butunlay falaj holga keldi. Avvallari dengizda faol ishlagan baliqchilik xo‘jaliklari bankrotga uchradi. Minglab aholi ishsiz qoldi, migratsiya kuchaydi. Suv tanqisligi va sho‘r tuproqlar sababli dehqonchilik keskin pasaydi, natijada oziq-ovqat xavfsizligi tahdid ostida qoldi. Orolbo‘yining iqtisodiy hayoti deyarli to‘xtadi. Biroq bu fojia bir vaqtning o‘zida insoniyat uchun muhim saboq vazifasini ham o‘tamog‘i lozim. Orol misolida shuni angladikki, tabiiy boyliklardan foydalanishda faqat iqtisodiy daromadni o‘ylash, ekologik oqibatlarni hisobga olmaslik butun boshli mintaqalarning vayron bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Resurslarni rejasiz, ekologik ekspertizasiz boshqarish – bu avloddan-avlodga o‘tadigan xatolardir. Shu bois, Orol fojiasi bugun butun dunyo uchun ekologik, siyosiy va ijtimoiy mas’uliyatni anglashda o‘ziga xos dars bo‘lib xizmat qilmoqda. Bugungi kunda O‘zbekiston hukumati, xalqaro tashkilotlar va fuqarolik jamiyati https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-73 110 Часть–1_ июл–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 vakillari Orolbo‘yini tiklash bo‘yicha turli tashabbuslarni amalga oshirmoqda. BMT tomonidan Orolbo‘yi ekologik inqiroz hududi deb e’lon qilindi va global hamkorlik asosida keng ko‘lamli ekologik tiklash dasturlari yo‘lga qo‘yildi. Jumladan, daraxt ekish orqali changni ushlab qoluvchi yashil zonalar barpo etilmoqda, zamonaviy sug‘orish texnologiyalari joriy qilinmoqda, aholining salomatligini tiklash va qo‘llab- quvvatlashga qaratilgan ijtimoiy loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda yoshlarning faol ishtiroki alohida ahamiyat kasb etadi. Ekologik ongni oshirish, atrof-muhitni asrashga doir targ‘ibot-tashviqot ishlari, volontyorlik faoliyatlari va innovatsion g‘oyalar aynan yoshlar tomonidan ilgari surilmoqda. Orol fojiasi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida ilmiy izlanishlar, xalqaro forumlar, konferensiyalar o‘tkazilmoqda. Xulosa shuki, Orol dengizi fojiasi – bu insoniyat tarixidagi eng yirik ekologik muammolardan biri bo‘lishi barobarida, bizni tabiatga bo‘lgan munosabatimizni qayta ko‘rib chiqishga undovchi o‘gitdir. Ushbu fojia hech qachon unutilmasligi va unga o‘xshash holatlarga yo‘l qo‘yilmasligi uchun har bir kishi o‘z ekologik javobgarligini his qilishi kerak. Bugun qilayotgan harakatlarimiz kelajak av

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada Orol dengizining qurish sabablari, uning mintaqa va butun insoniyat hayotiga salbiy ta’siri, hamda bu tarixiy ekologik fojia orqali olinadigan saboqlar tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada Orol dengizining qurish sabablari, uning mintaqa va butun insoniyat hayotiga salbiy ta’siri, hamda bu tarixiy ekologik fojia orqali olinadigan saboqlar tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
mintaqaviy siyosat, Orolbo‘yi tiklanishi Orol dengizi tarixan Mark, suv resurslari, saboq, ekologik falokat, qurg‘oqchilik, Orol dengizi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники