К содержанию
РецензированоUZ2026

HUJAYRA NAZARIYASI VA HUJAYRANING BIOKIMYOVIY TAXLILI

Zayniddinov Muhiddin · Bo’riyev Husniddin

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada hujayra nazariyasi to‘g‘risida fikr yuritiladi. Kalit so‘zlar: Darvin ta’limoti, hujayra nazariyasi, arterial Sitologiya, Mikrografiya Hujayra nazariyasi - barcha organizmlarning tuzilishi, rivojlanishi va kelib chiqishidagi umumiylikni koʻrsatuvchi yirik biologik nazariyalardan biri boʻlib, unga binoan hujayra bakteriyalar, zamburugʻlar, oʻsimliklar va hayvonlarning eng kichik tuzilish birligi. Hujayra nazariyasiga tiriklik olamining birligi va uning tarixiy rivojlanishi haqidagi evolyutsion tasavvurni tasdiqlaydi. Hujayra nazariyasi [[Darvinizm|Ch.Darvinning] taʼlimoti va energiyaning oʻzgarishi qonuni bilan bir qatorda 19-asrda tabiatshunoslik sohasida qilingan 3 buyuk kashfiyotdan biridir. Hujayralarning kashf etilishi va hujayra nazariyasining yaratilishi tarixan bir davrga toʻgʻri kelmaydi. Oʻsimlik hujayrasi tuzilishini dastlab tirik oʻsimlik poyasi va poʻkaklardan tayyorlangan kesmada ingliz olimi Robert Guk oʻzi yasagan mikroskop orqali kuzatgan va tadqiqot xulosalarini "Mikrografiya" nomli asarida bayon etgan (1665). Ingliz bota-nigi N.Gryu hujayra qobigʻi xuddi mato (gazlama)ga oʻxshash tolalardan tashkil topganligini taxmin qilgan.18-asrda falsafiy gʻoyalar taʼsirida fanda tirik tabiatning birligi haqidagi fikrlar paydo boʻla boshladi. K.Volf oʻsimlik va hayvonlarning tuzilishidagi qandaydir umumiylikni aniklashga harakat qildi. Uning "hujayra", "donachalar" va "p-fakchalar" kabi tushunchalari, shuningdek, nemis olimi L.Okenning organizmlar "pufakchalar" yoki "infuzoriyalar" dan tashkil topgan, degan fikrlari fanda hujayra nazariyasi toʻgʻrisidagi dastlabki tushunchalar boʻlgan. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-73 144 Часть–1_ июл–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 19-asr boshlarida oʻsimliklarni mikroskop yordamida oʻrganish borasida erishilgan yutuqlar tufayli hujayra — oʻsimlik moddalari umumiy massasining boʻshliq qismi emas, balki oʻz qobigʻiga ega boʻlgan va bir-biridan ajralib turadigan strukturaviy tuzilma ekanligi aniqlandi. 19-asrning 30-yillari oxirida oʻsimliklarning deyarli barcha organlari hujayraviy tuzilishga ega ekanligi aniklandi va nemis olimi F.Meyenning "Botanika" (1830) kitobida hujayra oʻsimlik toʻqimalarining umumiy tuzilish birligi sifatida eʼtirof etildi. Lekin shundan keyin ham hujayra bu bir boʻshliq, asosiy qismini qobiq tashkil qiladi; uning ichidagi narsalar esa ikkinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi toʻgʻrisidagi tushuncha uzoq vaqt saqlanib qoldi. Oʻsimlik hujayrasi yadrosi ingliz olimi R.Braun tomonidan kashf etilgan (1831), ammo nemis olimi M.Shleyden yadroni hujayrani hosil qiluvchi, yaʼni sitoblast deb hisoblagan. Shleyden taʼbiricha donador substansiyadan yadrocha hosil boʻlib, uning atrofida esa hujayra vujudga keladi; keyinchalik hujayraning hosil boʻlishi jarayonida yadro yoʻq boʻlib ketadi. 19-asrning 2-choragi boshlarida chex olimi Ya.Pur-kine maktabining tadqiqotlari hayvon organizmi toʻqimalarining mikroskopik tuzilishi boʻyicha juda koʻp maʼlumotlar berdi. Lekin Ya.Purkine oʻzining "donachalar nazariyasi"da "donachalar" (u hujayrani shunday deb atagan edi), yadro va boshqa qismlardan tashkil topganligini yozadi. Hujayra nazariyasini rasmiylashtirishda T.Shvann (1839) xizmatlari juda katta. U oʻzi olgan maʼlumotlar, Shleyden va Ya. Purkine maktabi va boshqa olimlarning tadqiqotlariga asoslanib, hujayra nazariyasini yaratdi; oʻsimlik va hayvon toʻqimalari tuzilishini taqqoslab ular uchun umumiy hisoblangan hujayraviy tuzilish tamoyillarini koʻrsatib berdi. Ammo Shvann ham xuddi Shleyden singari hujayraning asosiy qismi uning poʻsti va hujayra strukturasiz shiradan hosil boʻladi, deb hisoblagan. Hujayra nazariyasining bundan keyingi rivojlanishi protoplazma va hujayra boʻlinishining kashf etilishi bilan bogʻliq. Nemis olimi R.Virxov (1958) "Hujayra patologiyasi" asarida hujayra nazariyasini patologik hodisalarga tatbiq etib, yadro hujayrada yetakchi ahamiyatga ega ekanligiga eʼtibor qaratdi va hujayraning boʻlinish yoʻli bilan koʻpayish tamoyilini (har bir hujayra hujayradan hosil boʻladi) asoslab berdi. 19-asrning 70—80 yillarida barcha hujayraviy tuzilishga ega boʻlgan https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-73 145 Часть–1_ июл–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 organizmlar uchun universal hisoblangan hujayraning boʻlinish usuli. yaʼni mitoz, asr oxirida esa hujayra organoidlari kashf etiladi; hujayra protoplazmaning oddiy yigʻindisi emasligi tan olinadi. Hujayraviy tuzilish haqidagi tushunchalar rivojlanishining dastlabki davrlaridanoq hujayra bilan organizmning bir butunligi haqidagi muammo paydo boʻlgan. Bu muammoning yechimi 2 yoʻnalishda rivojlandi. mexanistik tushunchalarga koʻra individning hayot faoliyati oʻz vazifasini bajaruvchi hujayralar yigʻindisidan iborat. Vitalistik konsepsiya nuqtai nazaridan esa organizmning maqsadga muvofiq yashashi sifat jihatidan oʻzgacha ("yaxlitlik qismlarning yigʻindisiga teng emas") va "hayotiy kuch" ga bogʻliq deb tu

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada hujayra nazariyasi to‘g‘risida fikr yuritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada hujayra nazariyasi to‘g‘risida fikr yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
hujayra nazariyasi, arterial Sitologiya, Darvin ta’limoti, oʻsimliklar va hayvonlarning eng kichik tuzilish birligi. Hujayra nazariyasiga tiriklik olamining birligi va uning tarixiy rivojlanishi haqidagi evolyutsion tasavvurni tasdiqlaydi. Hujayra nazariyasi [[Darvinizm|Ch.Darvinning] taʼlimoti va energiyaning oʻ, rivojlanishi va kelib chiqishidagi umumiylikni koʻrsatuvchi yirik biologik nazariyalardan biri boʻlib, zamburugʻlar, unga binoan hujayra bakteriyalar, Mikrografiya Hujayra nazariyasi - barcha organizmlarning tuzilishi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники