К содержанию
РецензированоUZ2026

BETONNI SHISHA TOLALARI BILAN DISPERS ARMATURALASH ORQALI MUSTAXKAMLIGINI OSHIRISH VA SEMENT SARFINI KAMAYTIRISH

t.f.d.prof.S.J.Razzakov Nam DTU · tolalardan foydalanish amaliyoti Xitoy

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2026

Аннотация

Bugungi kunda bino va inshootlarni barpo etish jadal suratlarda amalga oshirilayotganligini hisobga olib, bino va inshootlarni mustaxkamligiga tasir qilmagan holda unda ishlatiladigan sementni tejash maqsad qilib olindi. Kalit soʻzlar. Sement, fibrotemirbeton, mustsxkamlik, shisha tola. Bugungi kunda qurilish talablariga javob beradigan mustaxkamligi, ustivorligi hamda seysmik xavfsizligi taʼminlangan bino va inshootlarni qurilishiga alohida ahamiyat berilmoqda. Shunday ekan bino va inshootlarni asosiy yuk koʻtaruvchi elementlarini tayyorlashda turli xil tolalardan foydalanilmoqda. Bunga misol qilib, tolalardan foydalanish amaliyoti Xitoy, Yaponiya, Germaniya, АQSh, Rossiya, Kanada, Fransiya, Аvstraliya va boshqa shu kabi rivojlangan mamlakatlarni keltirish mumkin. Hozirda tolalardan foydalangan holda dispers armaturalangan fibrotemirbeton konstruksiyalarni ishlab chiqarish orqali bino va inshootlardagi xavfsizlik, mustaxkamlik hamda ishonchlilgini oshirishga qaratilgan ilmiy izlanuv ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu yoʻnalishda, jumladan, tolalar asosida dispers armaturalash yordamida bino va inshootlar konstruksiyalarini kuchaytirish, mustahkamligi va ishonchligini oshirish tadqiqotlari ustivor hisoblanmoqda. Shu bilan birga, fibrotemirbeton uchun tolalarning optimal miqdorlarini aniqlash, fibrobetonning fizik- mexanik xususiyatlarini tadqiq qilish, modellashtirish, fibrotemirbeton toʻsinlarning mustahkamligi, darzbardoshliligi, bikrligi, olovbardoshliligi va elastiklik modulini oshirish yoʻnalishlarida tadqiqotlar olib borish dolzarb vazifalardandir. Bino va inshootlar mustahkamligi hamda ishonchliligini taʼminlash, tabiiy xom ashyo materiallarini iqtisod qilish, maxalliy xom ashyolardan ishlab chiqarishda https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 48 Часть–3_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 foydalanish imkonini beruvchi yangi qurilish materiallari va konstruksiyalarini ishlab chiqarishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda, xususan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan shisha tolalaridan foydalangan holda, bino va inshootlar uchun fibrotemirbetonning tarkibini aniqlash, belgilangan yangi tarkibdagi fibrotemirbetonning mexanik xossalarini oʻrganish hamda fibrotemirbeton toʻsinlarni kuchlanganlik - deformatsiyalanganlik holatini tadqiq qilish, dispers armaturalash, dispers armaturalangan egiluvchi fibrotemirbeton toʻsinlarini mustahkamligi, darzbardoshligi va bikrligi boʻyicha hisoblash ishlarini takomillashtirish, hisoblashning yangi amaliy dasturlarini yaratish, ularni konstruksiyalashga doir amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish muhim hisoblanadi. Yuqorida masalalarni aniqlash maqsadida naʼmunalarni tayyorlab, tajriba ishlarini amalga oshirdik. Namunalar uchun ishlatilgan tola miqdori 1-jadval Umumiy tola miqdori, Tola uzunligi, Umumiy miqdori, (%) (mm) (g) 1 0 0 0 2 01 5 17.43 3 0.1 10 17.43 4 0.1 20 17.43 5 0.1 30 17.43 6 0.1 40 17.43 7 0.1 50 17.43 8 0.2 5 34.86 9 0.2 10 34.86 10 0.2 20 34.86 11 0.2 30 34.86 12 0.2 40 34.86 13 0.2 50 34.86 14 0.3 5 52.29 15 0.3 10 52.29 16 0.3 20 52.29 17 0.3 30 52.29 18 0.3 40 52.29 19 0.3 50 52.29 20 0.4 5 69.72 21 0.4 10 69.72 22 0.4 20 69.72 https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 49 Часть–3_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 23 0.4 30 69.72 24 0.4 40 69.72 25 0.4 50 69.72 26 0.5 5 87.15 27 0.5 10 87.15 28 0.5 20 87.15 29 0.5 30 87.15 30 0.5 40 87.15 31 0.5 50 87.15 DАST 27006-2019 davlatlararo standart talablari asosida ishlab chiqilgan meʼyoriy hujjatlar koʻrsatkichlari asosida B25 sinfli beton olish uchun laboratoriya sharoitida tajriba ishlari olib borildi. Loyihaviy mustaxkamligi B25 sinfli betonning umumiy koʻrsatkichlari 2-jadval 0-5 Beton 5-20 Seme mm qorishmasinin mm yirik Loyihada Suv, nt markasi mayda Suv/seme g hajmiy toʻldiruvchi gi beton klassi l PS400D20, toʻldiruvc nt nisbati ogʼirligi, (chaqiqtosh kg hi (kvarts kg/m3 ), kg qumi), kg 18 102 В25 2460 440 815 0,41 0 5 Namunalar "Jiydakapa MChJ" zavodiga qarashli qurilish-sinov laboratoriyasida standart talablar asosida tomonlari 100x100x100 mm boʻlgan 31 seriyada kub naʼmunalar tayyorlandi. Tayyorlangan namunalarga belgilar qoʻyilib, meʼyoriy qotish kamerasida yaʼni namlik 90-95%, harorati 20±2˚S da 7, 14, 28 sutka saqlandi. Sinovga tayyor namunalar pressning quyi plitasining markaziga oʻrnatildi. Sinovda tashqi yuk miqdori uzluksiz oshirib borildi. 1-rasm. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 50 Часть–3_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 1-rasm. Beton kub na`munalarni sinov jarayoni Sinov jarayonidan keyingi natijalar grafik va jadval shakllarda rasmiylashtirilib, xulosalar chiqarildi: 7 sutkalikdagi siqilishdagi mustahkamligi 17,98 MPa ni tashkil etdi. -Uzunligi 5 mm boʻlgan shisha tolalarni beton xajmga nisbatan 0.1; 0.2; 0.3; 0.4; 0.5% miqdorlarda qoʻshib dispers armaturalangan kub namunalarning siqilishdagi mustahkamligi mos r

Доказательный фрагмент

«Bugungi kunda bino va inshootlarni barpo etish jadal suratlarda amalga oshirilayotganligini hisobga olib, bino va inshootlarni mustaxkamligiga tasir qilmagan holda unda ishlatiladigan sementni tejash maqsad qilib olindi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Bugungi kunda bino va inshootlarni barpo etish jadal suratlarda amalga oshirilayotganligini hisobga olib, bino va inshootlarni mustaxkamligiga tasir qilmagan holda unda ishlatiladigan sementni tejash maqsad qilib olindi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
fibrotemirbeton, shisha tola., Sement, mustsxkamlik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники