Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANGʻICH SINF DARSLARIDA STEAM TEXNOLOGIYALARINI QOʻLLASHNING AHAMIYATI
TEXNOLOGIYALARINI QOʻLLASHNING AHAMIYATI · Egamova Nigora Ustamirzayevna · Mathematics) texnologiyalarini qoʻllashning
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada boshlangʻich ta’lim tizimida STEAM (Science, Technology, Engineering, Arts, Mathematics) texnologiyalarini qoʻllashning o‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirish, amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish va ijodiy yondashuvni rag‘batlantirishdagi o‘rni yoritilgan. STEAM integratsiyasi orqali ta’lim jarayonini yanada samarali, qiziqarli va interaktiv holga keltirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: STEAM texnologiyasi, boshlangʻich ta’lim, innovatsion metodlar, integratsiya, kreativ fikrlash, muammo yechish ko‘nikmalari. Bugungi globallashuv jarayonlari, texnologik yutuqlar va ijtimoiy hayotdagi tezkor o‘zgarishlar dunyo ta’lim tizimi oldiga yangi, murakkab va muhim vazifalarni qo‘ymoqda. Asosiy maqsad – yosh avlodni har tomonlama rivojlantirish, xususan, ularning ma’naviy-axloqiy yetukligini oshirish, intellektual salohiyatini kuchaytirish va ularni tez o‘zgarayotgan dunyo talablariga moslashtirishdan iboratdir. Bu esa ta’limda yangicha yondashuvlar, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va innovatsion metodlardan foydalanishni talab etadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, dunyo miqyosida keng qo‘llanila boshlagan STEAM texnologiyasi o‘zining samaradorligi bilan ajralib turadi. STEAM dastlab AQShda shakllangan bo‘lib, u maktab bitiruvchilarining individual iqtidorlarini rivojlantirishga, ularni ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika fanlariga chuqur qiziqtirishga qaratilgan. Dastlab bu tizim “STEM” deb nomlangan (Science — fan, Technology — texnologiya, Engineering — muhandislik, Mathematics — https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 125 Часть–3_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 matematika). Keyinchalik unga “Art” — ya’ni san’at fani qo‘shildi va tizim to‘liq “STEAM” nomi bilan atala boshlandi. Mazkur yondashuvning asosiy ustunligi — u o‘quvchilarda o‘rganilgan nazariy bilimlarni real hayotdagi muammolarni hal qilishga yo‘naltirish ko‘nikmasini shakllantiradi. Bu metodologiya nafaqat bilim berishga, balki o‘quvchilarda ijodkorlik, mustaqil fikrlash, jamoada ishlash, muammo yechimini topish kabi ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. An’anaviy ta’lim tizimida asosiy e’tibor bilim berishga va ularni yod olishga qaratilgan bo‘lsa, STEAM yondashuvi bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirib, haqiqiy hayotiy vaziyatlarda foydalanishga yo‘naltiradi. O‘quvchilar STEAM darslarida faqat tayyor bilimlarni egallabgina qolmay, balki ularni mustaqil izlanish, loyihalar yaratish, tajribalar o‘tkazish, natijalarni tahlil qilish orqali chuqurroq o‘zlashtiradilar. Bu jarayon ularning ijtimoiy-psixologik faolligini oshirib, motivatsiyasini kuchaytiradi. Ayniqsa, STEAM metodikasi orqali ta’lim olgan o‘quvchilar kelajakda mehnat bozorida raqobatbardosh, kreativ va yuqori malakali mutaxassislar bo‘lib yetishish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shunday qilib, STEAM texnologiyasi nafaqat ta’lim sifati va mazmunini yuksaltiradi, balki o‘quvchilarning shaxsiy rivojiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa zamonaviy maktab ta’limini ilg‘or pedagogik yondashuvlar asosida tashkil etish zaruratini yana bir bor tasdiqlaydi.Asosiy qism Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun STEAM texnologiyalarini joriy qilishda quyidagi yo‘llardan foydalaniladi: Loyihalash asosida o‘qitish – o‘quvchilar oddiy eksperimentlar, qurilish modellarini yaratish orqali darsga faol jalb qilinadilar. Integratsiyalashgan darslar – masalan, tabiatshunoslik va matematika fanlarini bitta mavzuda birlashtirish orqali o‘quvchilar kompleks fikrlashga o‘rganadi. San’at orqali o‘qitish – darslarda ranglar, shakllar, musiqa va sahnalashtirish usullaridan foydalanish bolalarning estetik didini va ijodkorlik salohiyatini rivojlantiradi. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 126 Часть–3_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Zamonaviy ta’lim jarayonida STEAM yondashuviga asoslangan faoliyatlarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga tatbiq etish dolzarb va zaruriy masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu yondashuvning negizida yotgan asosiy g‘oya — nazariy bilimlar amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirilgandagina chinakam samaraga erishish mumkinligi haqidadir. Boshqacha aytganda, o‘rganish jarayoni faqat miyada emas, balki qo‘llar, harakatlar va tajribalar orqali ham amalga oshirilishi kerak. Ta’lim jarayoni faqatgina sinf devorlari bilan chegaralanmasligi, balki o‘quvchini real hayotga tayyorlashga xizmat qilishi muhim. STEAM yondashuvi an’anaviy ta’lim usullaridan aynan shu jihati bilan ajralib turadi: u bolalarni bilimlarni nafaqat eslab qolishga, balki ularni faol harakat, qo‘llar orqali sinab ko‘rish va amaliyotda qo‘llashga undaydi. Bu jarayonda o‘quvchilar o‘rganilgan bilimlarni o‘zlari “kashf qiladi”, his qiladi va shu orqali chuqurroq anglaydi. Bu yondashuv ularni ijodiy fikrlashga, o‘z tashabbuslarini ilgari surishga va mustaqil qaror qabul qilishga yo‘naltiradi. STEAM — ya’ni ilm-fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika fanlarini o‘z ichiga olgan in
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada boshlangʻich ta’lim tizimida STEAM (Science, Technology, Engineering, Arts, Mathematics) texnologiyalarini qoʻllashning o‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirish, amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish v…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada boshlangʻich ta’lim tizimida STEAM (Science, Technology, Engineering, Arts, Mathematics) texnologiyalarini qoʻllashning o‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirish, amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish v… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- STEAM texnologiyasi, kreativ fikrlash, boshlangʻich ta’lim, muammo yechish ko‘nikmalari., innovatsion metodlar, integratsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025