К содержанию
РецензированоUZ2025

UMUMIY O‘RTA TA`LIM MAKTABLARIDA “TA’LIM HAMMA UCHUN” UMUMMILLIY DASTURI MOHIYATINI TARG‘IB QILISH

Ikramova Mukambar Anvarovna

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan bolalarni umumiy ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiyaga jalb etish masalalari chuqur tahlil etilgan. “Ta’lim hamma uchun” tamoyili asosida shakllangan inklyuziv ta’lim konsepsiyasining mohiyati ochib beriladi hamda ushbu tizimning maqsad va vazifalari aniqlanadi. Shuningdek, inklyuziv ta’limga xos pedagogik yondashuvlar, psixologik qo‘llab- quvvatlash va korreksion ishlarning ahamiyati yoritilib, bolalarni ijtimoiy muhitga samarali moslashtirish jarayonida kompleks yondashuvning o‘rni alohida ko‘rsatib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: Inklyuziv ta’lim, integratsiyalashgan o‘qitish, psixologik- pedagogik yondashuv, korreksion metodlar, ijtimoiy moslashuv, “Ta’lim hamma uchun”, individual rivojlanish trayektoriyasi. Inklyuziv taʼlim gʻoyalari va xalqaro asoslarining shakllanishi L.S. Vigotskiyning pedagogik qarashlariga ko‘ra, imkoniyati cheklangan bolalarni tarbiyalash va o‘qitish jarayonida asosiy vazifa — bolaning mavjud nuqsonlarini kompensatsiya qilish va uni ijtimoiy muhitga muvaffaqiyatli integratsiyalashdan iboratdir. U shunday xulosa qiladi: ta’lim tizimi shunday tuzilishi kerakki, unda maxsus yordamga muhtoj bolalar ham o‘zining rivojlanish ehtiyojlariga mos tarzda har tomonlama shakllana olsin. Shu ma’noda, Vigotskiy umumiy va maxsus ta’limni birlashtiruvchi inklyuziv yondashuvni asoslab bergan ilk https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 138 Часть–3_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 pedagoglardan biridir. Uning fikricha, bunday yondashuv orqali nogironligi bor bolalar ham umumta’lim muhitida muvaffaqiyatli o‘zlashtirish imkoniga ega bo‘ladilar. Inklyuziv ta’limning xalqaro asoslari esa 1990-yilda Tailandda bo‘lib o‘tgan tarixiy “Ta’lim hamma uchun” nomli Umumjahon Konferensiyasida mustahkamlandi. Ushbu konferensiyada 155 ta davlat va 150 dan ortiq nodavlat tashkilotlari ishtirok etib, “Ta’lim hamma uchun” Umumjahon Deklaratsiyasini imzoladilar. Deklaratsiyada har bir bola, u qanday ijtimoiy qatlamga mansub bo‘lishidan qat’i nazar, to‘laqonli va sifatli ta’lim olish huquqiga ega ekani qat’iy ta’kidlandi. Ayniqsa, imkoniyati cheklangan, nogironligi bor yoki ijtimoiy ajralgan guruh vakillari uchun teng sharoitda ta’lim olish imkoniyati yaratilishi shartligi belgilab qo‘yildi. Mazkur deklaratsiyada quyidagi asosiy tamoyillar ilgari surilgan: Har bir bolaning ommaviy maktabda ta’lim-tarbiya olish huquqi kafolatlanadi; Ta’lim usullari va metodikalari bolalarning ehtiyojlariga moslashtirilgan holda ishlab chiqiladi; Maktablarda to‘laqonli psixologik-pedagogik va korreksion yordam ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yiladi; Bolalar haqidagi qarorlar kompleks, ya’ni ko‘p tarmoqli mutaxassislar ishtirokida qabul qilinadi; Har bir bolaning shaxsiy huquqlari to‘liq kafolatlanadi va hurmat qilinadi; Inklyuziv ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadi; Integratsiya tamoyili o‘quv rejalari va dasturlarining tarkibiy qismi sifatida e’tirof etiladi. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 139 Часть–3_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Hozirgi kunda ko‘plab davlatlar tomonidan inklyuziv ta’limni rivojlantirish, maxsus yordamga muhtoj bolalarning individual va ijtimoiy rivojlanish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha milliy siyosat darajasida chora-tadbirlar belgilab qo‘yilgan. Umumta’lim muassasalarida bunday bolalarga ta’lim berish orqali ularning kompensator salohiyatini rivojlantirish, ijtimoiy moslashuvini ta’minlash va jamiyatga to‘laqonli integratsiya qilish ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. 2003 yilda Respublikamizda ,,Ta’lim hamma uchun’’ Milliy dasturi ishlab chiqildi. ,,Ta’lim hamma uchun’’ dasturining Milliy rejasi YUNESKO ning maslahatlari va moddiy ko‘magi bilan 2000-yilgi Dakar shartnomalariga mos bo‘lib, siyosatchilar, ta’lim tizimi, vazirlik va idoralar rahbarlari, pedagoglar, jamoat arboblari, O‘zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish muammolari bilan qiziquvchi barcha shaxslar uchun mo‘ljallangan. Mazkur rejada O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimini ,,Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, ,,Ta’lim hamma uchun’’ Milliy Rejasining konseptual o‘zagi asosida isloh etish muammolari va istiqbollari tahlil qilingan. XTB ta’lim markazi YUNESKO tashkiloti bilan hamkorlikda 2001-2003 yillarda ,,inklyuziv ta’lim’’ mavzusida seminar o‘tkazib , uning tavsiyalariga asosan ,,Inklyuizv ta’lim resurs markazi’’ tashkil etildi. Hozirgi kunga kelib respublikamiz tomonidan viloyatlardagi maktablarda tashkil etilgan inklyuziv sinflar tajriba, sinov tariqasida o‘z ish faoliyatlarini olib bormoqdalar. Inklyuziv ta’lim g‘oyasini O‘zbekistonda joriy qilish va undagi 36 muammolarni hal qilish maqsadida turli xil chora-tadbirlar uyushtirish, matbuotaxborot vositalari orqali targ‘ibot- tashviqot ishlari bir muncha faollashdi. Davlatimiz tomonidan qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risidagi Qonunning II bobi 9-moddasida jismoniy, aqliy, sensor(sezgi) ruhiy nuqsonlari

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan bolalarni umumiy ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiyaga jalb etish masalalari chuqur tahlil etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan bolalarni umumiy ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiyaga jalb etish masalalari chuqur tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
korreksion metodlar, ijtimoiy moslashuv, psixologik pedagogik yondashuv, “Ta’lim hamma uchun”, Inklyuziv ta’lim, integratsiyalashgan o‘qitish, individual rivojlanish trayektoriyasi.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники