К содержанию
РецензированоUZ2025

UNIVERSITET TALABALARIDA BOSHQARUV KO‘NIKMASINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI

Raximnazarov Farrux

Образование наука и инновационные идеи в мире · 158-164 · 2025

Аннотация

Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifati bilan bir qatorda, talabalarni ijtimoiy faol, tashabbuskor va yetakchilik salohiyatiga ega shaxslar sifatida shakllantirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, ularning kelajakdagi kasbiy faoliyatiga mustahkam poydevor yaratadi. Boshqaruv ko‘nikmasi bu — talabaning o‘ziga va boshqalarga nisbatan mas’uliyatli bo‘lishi, vaziyatni tahlil qilish, maqsad qo‘yish, qaror qabul qilish, jamoani boshqarish, resurslarni to‘g‘ri taqsimlay olish, ijtimoiy faoliyatda yetakchilikni qo‘lga olish qobiliyatidir. Universitetlarda bu kabi ko‘nikmalarni shakllantirish uchun talabalarning amaliy loyihalarda ishtirokini kengaytirish, trening va seminarlar tashkil etish, talabalar turar joyi, yoshlar yetakchilari va ko‘ngilli jamoalarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash muhim hisoblanadi. Shuningdek, universitet muhitida volontyorlik, startap va tadbirkorlik loyihalarida qatnashish orqali ham boshqaruv qobiliyatlari amaliyotda sinovdan o‘tadi. Afsuski, hozirgi kunda barcha oliy ta’lim muassasalarida bu boradagi tizimli yondashuv yetarli emas. Talabalarning o‘ziga ishonchi pastligi, tashabbuskorlik darajasining sustligi,

Доказательный фрагмент

«Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifati bilan bir qatorda, talabalarni ijtimoiy faol, tashabbuskor va yetakchilik salohiyatiga ega shaxslar sifatida shakllantirish masalasi dolzarb…»

Образец извлечения

Демо-превью

Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifati bilan bir qatorda, talabalarni ijtimoiy faol, tashabbuskor va yetakchilik salohiyatiga ega shaxslar sifatida shakllantirish masalasi dolzarb… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Universitet talabalari uchun boshqaruv ko‘nikmalarining rivojlanishi ularning shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy hayotidagi muvaffaqiyatlari bilan bevosita bog‘liq. Global mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kompetensiyalar — bu faqatgina nazariy bilimlar emas, balki amaliy boshqaruv, liderlik, jamoa bilan ishlash, stressga bardoshlilik va qaror qabul qilish kabi hayotiy ko‘nikmalardir. Shuning uchun ham universitetlar o‘z ta’lim tizimida talabalarda “soft skills”, ya’ni yumshoq ko‘nikmalarni shakllantirishni ustuvor vazifalardan biri sifatida ko‘rib chiqishlari kerak.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники