Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XIZMAT KO‘RSATISH TURLARI VA ULARNING MILLIY IQTISODIYOTGA TA’SIRI
IQTISODIYOTGA TA’SIRI · Xolmirzayev Ulug‘bek Abdulazizovich · Maralova Mashxura Baxtiyor qizi
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
Xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish va boshqarish juda murakkab ijtimoiy va iqtisodiy masala hisoblanadi. Bu sohani o‘ziga xos muammolarini mukammal va chuqur o‘rganmasdan xizmat ko‘rsatish sohasini boshqarish bo‘yicha strategik qarorlarni qabul qilish qiyin. Chunki boshqarishda ijtimoiy o‘zgarishlar o‘z-o‘zidan, mexanik tarzda emas, balki bozor talablariga xos amalga oshirilishi kerak bo‘ladi. Aksincha, u o‘ta murakkab jarayon bo‘lib, undagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar hamda jamiyatdagi yangilanishlar gohida ochiq, gohida yashirin shaklda kechadi. Jahon amaliyoti ham, an'anaviy jamiyatlarning zamonaviy jamiyatlarga o‘tish jarayonlarida aholining turmush darajasiga keskin ta'sir etishini, aholi o‘rtasida tabaqalashuv va ijtimoiy adolat muvozanati buzilishini ko‘rsatdi. Kalit so‘zlar: xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqarish, innovatsion faoliyat, korxonalar, usullar, bozor iqtisodiyoti, sof xizmatlar. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish tarmog‘ida turli xizmat ko‘rsatish sohalari rivojlangan. Ularning ichida milliy qadriyatlar bilan bog‘liq sohalar ham bor. Shu bilan birga, zamonaviy xizmat ko‘rsatish sohalari ham bor. Tarixan har bir xizmat turi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan alohida faoliyat sohasi sifatida ko‘rib chiqilgan. Xizmat ko‘rsatish sohasining o‘zi ushbu ko‘plab faoliyat turlarining kombinatsiyasi sifatida taqdim etilgan va ularning ro‘yxatiga https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 228 Часть–3_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 kiritilgan. Xizmatlarning barcha turlarini turli xil tasnifiy belgilariga ko‘ra, guruhlarga ajratish mumkin. Ushbu turlar tasniflash usullarini talab qiladi (1-rasm). 1-rasm. Xizmat ko‘rsatishning turli tasnifiy belgilari Xizmat koʼrsatish soha va tarmoqlarining rivojlanib borishi rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlarning yalpi ichki mahsulot tarkibini ham o‘zgarishiga o‘z taʼsirini ko‘rsatmoqda. Hozirgi vaqtda muayyan mamlakatni rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo‘shish uchun yaratilayotgan yalpi ichki mahsulot tarkibida xizmat ko‘rsatish sohasi hissasining 65 foizdan yuqori bo‘lishi asosiy mezon hisoblanadi. Mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi bosqichida servis xizmatlari soni va sifatiga qo‘yilayotgan talablar oshib bormoqda. Bu esa xizmat koʼrsatish tarmoqlarida iqtisodiy oʼsishning omillarini aniqlash hamda iqtisodiy samaradorlikka erishishni zarurat etadi. Mamlakatimiz olimlaridan J.M.Qurbonov “Xizmat - jamiyatda bo‘ladigan maxsus harakat, uning bajarilishida albatta falsafiy kategoriya hisoblangan insonning insonga yaxshilik qilish harakati har ikkala tomonga ham manfaat keltirishi kerak” [4], Ye.S.Fayziyev “Xizmat – bu insonlarning ehtiyoj va talablarini qondirishga qaratilgan faoliyatdir. Ushbu faoliyat mahsulotda gavdalanishi (moddiy xizmatlar), hamda https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 229 Часть–3_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 mehnat jarayonining o‘zida iste’mol qilinadigan foydali mehnat samarasi sifatida (nomoddiy xizmatlar) namoyon bo‘ladi...” [1], R.S.Amriddinova esa, “Xizmat - bu bir kishining ikkinchi kishi uchun qiladigan ma’lum ishi, deb tushuniladi. Xizmat tovardan farq qiladi, shu bilan birga o‘zida tovar kabi o‘z narxi va qiymatiga ega bo‘ladi” [3], - deb izohlaydilar. Umuman olganda, xizmatlarni tasniflashda ularni ma’lum darajada tartibga keltirishda Birlashgan Millatlar tashkiloti tomonidan mavjud xizmatlarning 160 ta turini 12 hil guruhga ajratiladi [2]. Ya’ni, ishchanlik xizmati 46 turda, aloqa xizmati 25 turda, injiniring va qurilish xizmati 5 turda, distribyutorlik xizmati 5 turda, umumta’lim xizmatlari 5 turda, atrof-muhitni muhofaza qilish xizmati 4 turda, moliyaviy hamda sug‘urta xizmatlari 17 turda, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy xizmatlar 4 turda, sayyohlik va turizm xizmati 4 turda, madaniy hamda sportga oid xizmatlar 5 turda, transport xizmatlari 33 turda hamda boshqa maishiy xizmatlar 7 turda tasniflanadi. Xizmatlar sohasining mazmuni va mohiyatiga to‘xtaladigan bo‘lsak, adabiyotlarda xizmatlar tushunchasiga bir qancha ta’riflari mavjud: - u manfaatli harakatlar, jarayon yoki faoliyat; - u sotish uchun ishlab chiqariladigan nomoddiy aktivlar; - u vaziyat yoki bir qancha harakatlar, ya’ni bu harakatlar qiymatni ishlab chiqish vositasidir. Ular qiymatni yaratish imkoniga ega bo‘lishi mumkin, ammo ularning o‘zi alohida qiymat bo‘la olmaydi. Xizmatlarning har xil turlarida nomoddiy va moddiy elementlarning nisbati bir xil emas, bu an’anaviy va noan’anaviy xizmatlarni ajratib olishga imkon beradi. Shuni ta’kidlash kerakki, turli xil xizmatlarning moddiy va nomoddiy elementlari o‘rtasida turli xil nisbatlar mavjud: moddiy mahsulotning tegishli xizmatlar bilan kombinatsiyasi (masalan, kompyuterni sozlash, ta’mirlash, internetga ulanish xizmatlari bilan); oziq- ovqat xizmatlari (masalan, restoranda ovqatlanish narxi 30% bo‘lishi mumkin, qolganlari oziq-ovqat sotib olish, ovqat tayyorlash, dasturxon bezash, xonas
Доказательный фрагмент
«Xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish va boshqarish juda murakkab ijtimoiy va iqtisodiy masala hisoblanadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюXizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish va boshqarish juda murakkab ijtimoiy va iqtisodiy masala hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- xizmat ko‘rsatish, sof xizmatlar., bozor iqtisodiyoti, innovatsion faoliyat, usullar, korxonalar, ishlab chiqarish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025