К содержанию
РецензированоUZ2025

ELEKTROMOBILLAR EVOLYUTSIYASI

ELEKTROMOBILLAR EVOLYUTSIYASI · Sabirov Salijan · Ikmatillayeva Nilufar · Mirzamiddinov Saydullo

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

Insoniyat elektr avtomobillaridan qariyb 1,5 asr davomida foydalanib keladi. Lekin ularga doim yangilik sifatida qaralaveradi. Chunki ular vaqti- vaqti bilan yo‘qolib-paydo bo‘lib turadi. Bunga esa har davrlarda turli obektiv va sub’yektiv sabablar bo‘lgan. Ushbu maqolada aynan shu sabablar, ilk elektrokarlarning narxlaridan bugungi kundagi sotuvlari hajmigacha bo‘lgan ma’lumotlar bilan tanishasiz. Kalit so`zlar: Avtoulovlar evolyutsiyasi, ixtiro, elektrokar, elektromobil, elektr starter, global avtomobillar, energetika agentligi. Xayolotdan haqiqatga o‘tgan davrlar Mavzu avvalida avtoulovlar evolyutsiyasiga bir nazar tashlab olsak. Ot va boshqa hayvonlarsiz harakatlanadigan mashinalar yoki samolyot va vertolyot haqidagi amaliy tasavvurlar 6 asr oldin yashab o‘tgan italyan rassomi Leonardo da Vinchi chizmalarida uchraydi. Undan keyin 18-asrda bug‘ bilan ishlaydigan dvigatellar yaratilib, ular ko‘chalarda harakatlana boshladi. Elektr tortish kuchiga ega ilk motorning miniatura modeli esa 1828 yilda, deyarli 2 asr oldin vengriyalik Anyos Yedlik tomonidan ixtiro qilingan. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 303 Часть–3_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Ha, uni to‘laqonli avtomashina deb bo‘lmaydi, albatta. Bu bosqichga o‘tilmagan ham. Lekin bu ixtiro elektrokarlar yaratilishidagi turtkilardan biri edi. Muhimi, ilk qadam tashlandi. 6 yil o‘tadi. 1834 yilda amerikalik Tomas Devenport o‘zining elektr moslamasini yaratadi. Shu yili olim ishlanmasini aylanma yo‘lda elektrlashtirilgan poyezd maketiga joylashtiradi. Bu ixtironi hali tasavvuriga ham sig‘dira olmayotgan mutasaddilar unga patent berishda juda ikkilanishadi va bu jarayon biroz kechikadi. Devenport patentga uch yildan keyin erishadi. Boshqalar ham qarab turmaydi. Yuqoridagi Vengriya va Amerika olimlari bilan bir qatorda 1835 yilda gollandiyalik professor Sibrandus Strating va uning yordamchisi Kristofer Bekker uch g‘ildirakli, qayta zaryadlanmaydigan birlamchi galvanik elementlar tomonidan boshqariladigan kichik elektr mexanizmini yaratdi. Bu dunyodagi birinchi elektr avtomobilning og‘irligi uch kilogrammdan oshmaydi. Batareya to‘liq zaryadlanganda u yigirma daqiqa yura oladi va 1,5 kilogramm yuk ko‘tara olgan, xolos. Albatta, bu 1835 yil uchun yomon dizayn va ixtiro emasdi. Bu paytda shotlandiyalik ixtirochisi Robert Anderson ot aravasiga elektr motorini o‘rnatish bo‘yicha tajriba o‘tkazdi. Uning hamyurti va adashi Robert Devidson esa 6 km/soat tezlikda 2,4 km masofaga harakatlanuvchi hamda 6 tonna yuk ko‘tara oladigan elektrovozni yaratdi. Bu esa odam tezligi bilan deyarli bir xil edi. Elektromobillarning yangi davri Yangi davr. 19-asr o‘rtalaridan Amerika va Yevropa mamlakatlarida elektromobilllar yaratish uchun kimo‘zarlik kayfiyati boshlanib ketdi. 1858 yilda Gaston Plantening qo‘rg‘oshinli akkumulyator ixtiro qilishi bu jarayonlarni yanada tezlashtirdi. 1881 yilda fransuz kimyo muhandisi Camiyel Alfonse For Gaston Plantening qo‘rg‘oshin-kislota akkumulyatori dizaynini yanada yaxshiladi va uning quvvati sezilari darajada oshirildi. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 304 Часть–3_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Ana endi 1881 yildagi Parij xalqaro elektr ko‘rgazmasida fransuz ixtirochisi Gustav Truv elektr motorli uch g‘ildirakli velosipedni taqdim etdi. Xuddi shu yili uning hamyurti Sharl Janto aravani akkumulyatorli elektr dvigatel bilan jihozladi va 1884 yildan 1906 yilgacha Janto brendi ostida tijoriy elektr o‘ziyurar vagonlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Inglizlar ham qarab turmadi. Ularning birinchi elektromobillari 1884 yilda Tomas Parker tomonidan ishlab chiqarilgan. O‘sha yillarda esa Londonda Uolter Burseyning bir martalik quvvati 48 km masofaga yetuvchi, 14,5 km/soat tezlikka ega akkumulyatorli elektr taksilari harakatlana boshladi. 1888 yilda Andreas Floken Germaniyada elektr motorli o‘ziyurar aravaga asoslangan ilk elektromobilni yaratdi. Amerikalik birinchi elektromobil esa 1891 yilda Uilyam Morrison tomonidan ishlab chiqarilgan elektr batareyasi yordamida yasalgan. 6 o‘rinli vagon 23 km/soat tezlikka erisha oldi va u rul bilan jihozlangan birinchi avtomobil edi. 1894 yil. Muhandis-mexanik Genri Morris va kimyogar Pedro Salom tomonidan Filadelfiyada ishlab chiqilgan birinchi elektr taksilar Nyu-York ko‘chalarida paydo bo‘ldi. Bu avtomobillar bir marta quvvatlanganda 40 km masofani bosib o‘tgan. Maksimal tezlik esa soatiga 32 km. Hozirgi elektr samokatlardan sal tezroq. Ko‘p o‘tmay, Amerikada bir quvvat bilan 22,5 km/soat tezlikda 80–128 km masofani bosib o‘tuvchi va 32 km/soat tezlik bilan 130 kilometr yo‘l bosa oladigan boshqa-boshqa elektromobillar ko‘payishni boshladi. Rekordlar yangilanib, yaxshilanib bordi. 1898 yilda fransuz poygachisi Gaston de Chasseloo-Lobat elektromobilda 68 km/soat tezlikka erishdi va keyingi yili bu rekord qariyb 106 km/soatga yetdi. 4 yil o‘tib, Valter Beykerning Torpedo elektromobili soatiga 161 km tezlik

Доказательный фрагмент

«Insoniyat elektr avtomobillaridan qariyb 1,5 asr davomida foydalanib keladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Insoniyat elektr avtomobillaridan qariyb 1,5 asr davomida foydalanib keladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Avtoulovlar evolyutsiyasi, global avtomobillar, elektromobil, energetika agentligi., elektr starter, ixtiro, elektrokar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники