Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA MUSIQA MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISH TAMOYILLARI
Jumayeva Mohira Rajabali qizi
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotida musiqa mashg‘ulotini tashkil etish tamoyillarni, maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilarni musiqa mashg‘ulotlarida faolligini oshirish usullari haqida Kalit so‘z: orkestr, dirijyor, ansamb, solist, musiqiy did, turg‘un diqqat, tovush. Musiqa madaniy hayotimizda keng o‘rin tutgan, inson shaxsiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan san‘at turidir. Musiqa tarbiyasi, nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan biri bo‘lib, atrofdagi go‘zal narsalarni to‘g‘ri idrok etishga va qadrlashga urgatadi. Musiqa insonni yuksak did bilan qurollantiradi va ma‘naviy dunyoqarashini shakllantiradi. Musiqa inson hissiyotiga kuchli ta‘sir kursatish imkoniyatiga ega bo‘lib, tarbiyalanuvchilarni nafosat olamiga olib kirish va goyaviy-axloqiy tarbiyalashning muhim vositasidir. Milliy madaniyatimiz bobokaloni Abu-Nosir al-Forobiy “Bu fan tanning sogligi uchun foydalidir”, degan edi. Bobomiz Shayx Sa‘diy aytgan edi: “Musiqa odam ruhining yo‘ldoshidir”. Musiqa insonga tez ta‘sir etuvchi emotsional hissiyotni faol rivojlantiruvchi vositadir. Inson musiqa bilan ona allasi orqali tanishib, umrbod musiqadan zavq topadi va madad oladi. Musiqa inson ruhiyatining ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi. Musiqadan turli ozuqa olish uchun inson yuksak madaniyatli, sof qalb egasi, go‘zallikni his eta oladigan, o‘z kasbiga, ona Vataniga mehr qo‘ygan bo‘lishi kerak. Shu bois tarbiyalanuvchilarda inson ma‘naviyatining tarkibiy qismi bo‘lgan musiqa madaniyatini tarbiyalash, musiqa tarbiyasining bosh maqsadi bo‘lib turadi. Bu oliy maqsadni amalga oshirish uchun Maktabgacha ta‘lim tashkilotida musiqa rahbarining faoliyat miqyosi kengdir. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 384 Часть–3_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Mashg‘ulotlardan tashqari musiqa tarbiyasi turlarini tashkil etish va boshqarish, musiqa tarbiyasining ommaviy shakllarini (san‘atkorlar bilan uchrashuvlar, leksiya-konsertlar, shoirlar bilan uchrashuvlar, ko‘rik tanlovlari, bayramlarni) uyushtirish musiqa rahbarining zimmasidagi vazifadir. Musiqa mutaxassislari yosh avlod ongiga yuksak tuyg‘ularni singdirish, ularda ona-Vatanga muhabbat, go‘zallikga intilib yashash, uni asrash va yaratishga bo‘lgan ishtiyoq uyg‘otuvchi kasb egalari hisoblanadilar. Musiqa savodining ahamiyati va vazifalari maktabgacha ta‘lim tashkilot sida va oilada olib boriladigan barcha tarbiyaviy ishlar, bu oliyjanob fazilatlarni yosh avlodda bog‘cha yoshidan boshlab shakllantirishga bog‘liq. Darhaqiqat, musiqa savodini o‘rganish bog‘cha yoshidan boshlanadi. Ko‘pgina bolalar maktabgacha tarbiya davrida bog‘chaga qatnab, bog‘chadagi musiqa mashg‘ulotlarida dastlabki musiqaviy malakalarni hosil qiladilar. Ko‘pgina qo‘shiqlar va o‘yinlarni o‘rganib olgan hamda ritm va raqs harakatlari bilan tanishgan bo‘ladilar. Uyda tarbiyalangan bolalar ham muayyan musiqaviy tasavvurga ega bo‘ladilar: radio va televideniya orqali eshittiriladigan bir qancha musiqa asarlari ularga tanish bo‘ladi. Garchi ana shu bilimlar bir tizimga solinmagan bo‘lsa-da, Musiqa rahbari bolalarda musiqadan nazariy tushunchalar hosil qilishda o‘sha bilimlarga ma‘lum darajada suyanib ish ko‘rishi mumkin. Bolalar tashkilot larida musiqa ta‘limiga asos solinadi, shuning uchun musiqa rahbari ayniqsa o‘qitish metodikasini yaxshi bilishi, bog‘cha yoshidagi kichik bolalarning yosh va individual xususiyatlarini, ularning musiqa va qo‘shiqchilik imkoniyatlarini chuqur bilishi zarur. Musiqa ta‘limini shartli ravishda ikki bosqichga bo‘lish mumkin. Birinchisi, tayyorlov bosqichi. Bundan ko‘zlanadigan asosiy maqsad – bolalarning musiqa o‘quvini o‘stirishdir. Shu vaqt mobaynida bolalar musiqa tovushlarining baland-pastligi va cho‘zimi kabi o‘ziga xos xusussiyatlarni ajrata bilishga o‘rganishlari va nota yozuvini o‘rganishga tayyorlanishlari kerak. Ikkinchi bosqichda nota savodi, ya‘ni bevosita musiqa tovushlarining grafik usulda ifodalanishi – nota yozuvini o‘rganishga kirishiladi. Musiqa mashg‘ulotlari https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 385 Часть–3_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 jarayonida bola hayotiy voqelikni musiqiy obrazlar orqali idrok etib boradi. Bolalar yoshiga mos musiqa asarlari kichkintoylarda unutilmas taassurot qoldiradi, ularning ruhiy dunyosini boyitadi. Bog‘cha sharoitidagi musiqaviy tarbiya badiiy adabiyot va tasviriy san‘at bilan uzviy bog‘langan holda amalga oshiriladi. Ashula aytish usuli, janrdagi musiqa asarlari, xususan, syujetli cholg‘u pyesalarini tinglash, musiqaviy o‘yinlar bilan shug‘ullanish va raqsga tushish jarayonida musiqa mashg‘ulotlari ko‘pincha badiiy so‘z bilan belgilanadi. Bola badiiy obrazlarni yorqin tasavvur etishi va chuqur idrok qila olishi uchun tasviriy san‘at asarlaridan unumli foydalaniladi. Turli metodlardan foydalanib o‘tkaziladigan har bir musiqa mashg‘ulotlari kichkintoylarda badiiy estetik zavq uyg‘otadi, ularning his-tuyg‘ularini rivojlantiradi, ijod
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotida musiqa mashg‘ulotini tashkil etish tamoyillarni, maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilarni musiqa mashg‘ulotlarida faolligini oshirish usullari haqida Kalit so‘z: orkestr…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotida musiqa mashg‘ulotini tashkil etish tamoyillarni, maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilarni musiqa mashg‘ulotlarida faolligini oshirish usullari haqida Kalit so‘z: orkestr… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ansamb, solist, tovush., musiqiy did, dirijyor, orkestr, turg‘un diqqat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025