К содержанию
РецензированоUZ2026

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA TA’LIM JARAYONINI TASHKIL ETISH

TASHKIL ETISH · Rahmatova Sitora Shuhrat qizi

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning huquqiy, pedagogik, metodik, axborot-texnologik va innovatsion asoslari yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy yondashuvlar, davlat dasturlari va kadrlar bilan ta’minlash masalalari tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: maktabgacha ta’lim, tarbiya, metodika, davlat dasturi, “Ilk qadam”, innovatsiya, pedagog, bola rivojlanishi. Maktabgacha yosh – inson hayotidagi eng muhim va poydevor davr hisoblanadi. Aynan shu bosqichda bola tafakkuri, shaxsiyati va ijtimoiy munosabatlari shakllanadi. Shu sababli, bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, ta’lim va tarbiya jarayonini zamon talablari asosida tashkil etish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim tarbiya jarayonlarini tashkil etishda yangicha yondashuvlar asosidagi texnologiyalar tobora rivojlanib, takomillashib bormoqda. Bolaning ilk maktabgacha yosh davri, shaxs sifatida shakllanishning muhim davri hisoblanadi. Shunday ekan maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbaridan tortib posbonigacha yuksak mas’uliyat, ijodkorlik, bolajonlik talab qilinadi. Takomillashtirilgan “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida maktabgacha ta’lim mazmunini takomillashtirish, bolalarni o‘sishi va rivojalanishida hamda ta’lim jarayonini mazmunli tashkil etishda tashkilotda sog‘lom psixologik muhitni yuzaga keltirish zarur. Maktabgacha ta’lim mazmunini takomillashtirish umumiy holatda keng ma’noli tushuncha bo‘lib, uni samarali amalga oshirish maktabgacha ta’lim tashkilotining binosini holati, tashkilotning har bir jamoasi jumladan tarbiyachi- pedagoglar, tarbiyalanuvchilar, shunindek jamoa, ota-onalar hamda https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 395 Часть–3_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 tarbiyalanuvchilarning takomillashtirilgan “Ilk qadam” o‘quv dasturi asosida bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirib borishda pedagogik-psixologik, metodik, bolalar, badiiy adabiyotlar soni va sifati, tashkilotni adabiyot bilan boyitib borishda ota-onalar va jamoatchilikning jalb qilinishi boshqa shu kabi omillarga bog‘liqdir. O‘zbekiston respublikasida maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etishda quyidagi tamoyillarga asoslanadi: 1. Huquqiy-me’yoriy asoslar - O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimi bir qator muhim qonuniy hujjatlarga tayanadi. Jumladan: - “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun (yangi tahrir), - “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonun (2019), - Davlat maktabgacha ta’lim standarti (DMTS), - Prezident farmon va qarorlari, - Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari. 2. Pedagogik va metodik asoslar - Maktabgacha ta’limda ta’lim-tarbiya jarayoni bolalarning yosh xususiyatlari, qiziqishlari va rivojlanish darajalariga mos holda tashkil etiladi. Asosiy metodik vosita – “Ilk qadam” o‘quv dasturi bo‘lib, u quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi: - Nutq va aloqa, - Jismoniy rivojlanish, - Ijtimoiy-emotsional rivojlanish, - Kognitiv rivojlanish (matematika, atrof-muhit), - Estetik tarbiya (musiqa, san’at), - Mustaqil faoliyat, - O‘yin faoliyati. 3. Axborot-texnologik yondashuvlar - Zamonaviy maktabgacha ta’limda AKTdan keng foydalanilmoqda: - Raqamli darslar, - Interaktiv taqdimotlar, https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 396 Часть–3_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 - “E-MTT” tizimi orqali hujjat aylanishi va monitoring, - Bolalar uchun moslashtirilgan o‘quv dasturlari va ilovalar. 4. Tarbiyaviy-ma’naviy asoslar- Bolalarga milliy qadriyatlar asosida tarbiya berish – ta’limning ajralmas qismidir. Tarbiyaviy ishlar quyidagilarga qaratiladi: - Ota-onaga hurmat, - Yaxshi muomala, - Vatanni sevish, - Halollik, mehnatsevarlik. 5. Innovatsion yondashuvlar va xorijiy tajriba - O‘zbekiston maktabgacha ta’lim tizimida Montessori, Reggio Emilia, STEAM, sensorli o‘yinlar, logopedik xizmatlar kabi innovatsion yondashuvlar joriy qilinmoqda. Bu metodlar bolaning mustaqil fikrlashi, muammoli vaziyatlarni hal etishi va ijodkorlik ko‘nikmalarini rivojlantiradi. 6. Kadrlar va moddiy-texnik baza-Yurtimizda maktabgacha ta’lim tizimi doimiy ravishda yangilanmoqda: - Tarbiyachilar va yordamchi xodimlar muntazam malaka oshirib boradi, - Har bir guruh didaktik materiallar, o‘yinchoqlar, audio-vizual vositalar bilan jihozlanadi, - Rivojlantiruvchi muhit yaratish, bolalarning xavfsizligini ta’minlash masalalari ham dolzarb bo‘lib qolmoqda. Yosh avlodni yuksak g‘oyaviylik ruhida tarbiyalash ularning ongiga xalq, millat, yurt, jamiyat manfaatlaridan yuqoriroq manfaat bo‘lishi mumkin emasligini singdirishi, ularni Vatanga, xalqqa muhabbat ruhida va sadoqatli qilib tarbiyalash demakdir. Bu sohada mustaqil respublikamiz maktabgacha va maktab ta’lim i tizimi xodimlarining asosiy vazifasi erkin, ijodkor, mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega, yetuk mutaxassis komil shaxsni tarbiyalashdan ibor

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning huquqiy, pedagogik, metodik, axborot-texnologik va innovatsion asoslari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning huquqiy, pedagogik, metodik, axborot-texnologik va innovatsion asoslari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
“Ilk qadam”, tarbiya, bola rivojlanishi., davlat dasturi, metodika, innovatsiya, pedagog, maktabgacha ta’lim
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники