Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
EKOLOGIYALIQ MASHQALALAR
IFODALI O’QISHGA O’RGATISH
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada maktab o’quvchilarini ifodali o’qishga o’rgatish va ifodali o’qish haqida ma’lumot berilib boriladi. Kalit so’zlar: Ifodali o’qish, nutq,maktab o’quvchilari, o’rgatish, o’qituvchi Boshlang'ich ta'lim uzluksiz ta'lim tizimining eng muhim va murakkab bo'g'ini hisoblanadi. Boshlang'ich sinflarda ifodali o'qishga o'rgatish sinflar bo'yicha o'qish mazmunini og'zaki va yozma nutqini rivojlantirish va mashg'ulotlarni olib borish kerak. Bola maktabga kelganida avval o'qish, yozishni o'rganadi. Asta-sekin unga mustaqil kitob tanlay boshlaydi, o'qigan kitobini to'g'ri baholay olish ko'nikmalari shakllantiriladi. Boshlang'ich sinflarda o'quvchilar so'zlarni to'g'ri bo'g'inlarga ajrata olishi kerak, buning uchun o'qituvchi har bir o'quvchi bilan ishlash o'quvchilar bilan to'g'ri muomalada bo'lishi zarur. Ifodali o'qish turli badiiy va amaliy matnlarni puxta o'zlashtirishning ma'lum metodlaridan biri sifatida o'qituvchi uchun kalit rolini bajaradi. Ifodali o'qish darslarida o'quvchilarning zerikishiga yo'l qo'ymaydi,aksincha faollashtiradi,badiiy asarlarga qiziqishini kuchaytiradi, adabiyotga havas uyg'otadi. Ifodali o'qish va o'zaro nutqiy faoliyat jarayonida bolalarning adabiy talaffuz me'yorlari shakllanadi. O'quvchilar nutqining grammatik shakllarini to'g'ri qo'llash va to'g'ri talaffuz etish bolalar nutqining ravon,ifodali bo'lishiga yordam beradi. Ifodali o'qishda: a) nafasdan to'g'ri foydalana olish; b)adabiy til talaffuz normalarini yaxshi bilish; c)so'z,bo'g'in va tovushni to'g'ri,aniq talaffuz etish; Boshlang'ich o'quvchilarini ifodali o'qitishda asosan shu 3 qoidaga amal qilishi kerak. Ifodali o'qish — bu nafaqat matnni o'qish, balki uni tushunish va ma'lum bir his-tuyg'u yoki ma'no bilan o'qishdir. Bu jarayon, o'quvchilarni matnni yuksak darajada tushunishga, nutqni va fikrni aniq ifodalashga o'rgatishga qaratilgan. Ifodali o'qish nafaqat o'quvchilarning o'qish ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi, balki https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 411 Часть–3_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 ularning umumiy nutq madaniyatini, kommunikativ qobiliyatlarini oshirishga ham yordam beradi. Ifodali o'qishning ma'nosi va ahamiyati. Ifodali o'qish o'quvchining matnni to'g'ri, ma'no va tuzilishga mos ravishda o'qishiga yordam beradi. Bu esa nafaqat matnni tushunishni, balki o'qigan materialni samarali tarzda eslab qolishni ham ta'minlaydi. Ifodali o'qish, asosan, yuqori darajadagi ijtimoiy va psixologik ko'nikmalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. O'quvchilar ifodali o'qish orqali, o'qigan ma'lumotlarni o'zlarining hayotiy tajribalariga moslashtirib, turli vaziyatlarda to'g'ri qo'llashni o'rganadilar. Ifodali o'qishga o'rgatish metodlari Ifodali o'qishni o'rgatish uchun bir nechta samarali metodlar mavjud: Matnni to'liq tushunish: O'quvchi o'qishdan oldin matnning umumiy mazmuni va asosiy g'oyalarini tushunishi kerak. Bu matnni o'qishdan oldin uning strukturasini tahlil qilishni o'z ichiga oladi. Qiziqarli intonatsiyalarni qo'llash: O'quvchi o'qish jarayonida so'zlarning ma'no va tuzilishini aks ettirish uchun turli intonatsiyalarni qo'llashi kerak. Bu matnni ifodalashda muhit yaratadi va o'quvchining e'tiborini matnga jalb qiladi. Jismoniy harakatlar va mimikalar: Ifodali o'qish jarayonida, jismoniy harakatlar, yuz ifodalari va mimikalar matnni yanada jonlantiradi. O'quvchilarni shu tarzda ifodalashga o'rgatish, ularning matnni to'liq anglashiga yordam beradi. Mashq va treninglar: Ifodali o'qish ko'nikmalarini rivojlantirish uchun turli xil mashqlar va treninglar o'tkazish zarur. O'quvchilarga nutqni tahlil qilish, matnni qisqa va samarali tarzda ifodalashda yordam beradigan o'yinlar va interaktiv metodlar ishlatilishi mumkin. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 412 Часть–3_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Ifodali o'qishning psixologik aspektlari Ifodali o'qish o'quvchining ichki dunyosini va uning shaxsiy rivojlanishiga ham ta'sir qiladi. Bu o'quvchining o'zini ifoda etish imkoniyatlarini kengaytiradi, nutq madaniyatini oshiradi va nutqning aniqligini ta'minlaydi. O'quvchilar o'qish jarayonida nafaqat tilni balki his-tuyg'ularni va ruhiy holatni ifodalashni ham o'rganadilar. Bu orqali ular o'z fikrlarini aniq va to'liq ravishda bildirishni o'rganadilar. Ifodali o'qishning maktabdagi roli. Maktabda ifodali o'qishning o'quvchilarning umumiy bilimlarini rivojlantirishda muhim o'rni bor. Bu o'quvchilarga nafaqat o'qish, balki yozish, nutq so'zlash, hamda ma'lumotni tahlil qilish kabi boshqa ko'nikmalarni ham o'rgatadi. O'qituvchilar ifodali o'qishni o'rgatish orqali o'quvchilarning o'qish va yozish qobiliyatlarini, shuningdek, ularning umumiy tafakkur darajasini oshiradilar. 1-sinf o’quvchilari uchun ifadali o’qish ustida ishlash quyidagi ishlardan iborat: • Badiiy asarlarni o’qituvchi o’qib berishi • Bolalarning asar mazmuniga tushunganini aniqlash maqsadida qisqa suhbat o’tkazish • Ifodali o’qib berishi u
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada maktab o’quvchilarini ifodali o’qishga o’rgatish va ifodali o’qish haqida ma’lumot berilib boriladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada maktab o’quvchilarini ifodali o’qishga o’rgatish va ifodali o’qish haqida ma’lumot berilib boriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- insan, Ekologiyalıq mashqalalar, pataslanıw, ekologiya, Aral teńizi, jer júzi.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026