К содержанию
РецензированоUZ2025

DARS JARAYONIDA O`QUVCHILARDA LIDERLIK QOBILIYATINI RIVOJLANTIR

Ikmatillayeva Nilufar Avazjanovna · Sabirov Salijan · Mirzamiddinov Saydullo

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada liderlik va uning dunyo va jamiyat rivojlanishidagi o’rni, o’quvchilarda liderlikni rivojlantirishdagi samarali usullar, liderlikni turlari va uni namoyon bo’lishi ochib berilgan. Kalit so’zlar: Lider, liderlik, salohiyat, noan’anaviy usullar, pedagogik texnologiyalar, faoliyat usullari, hamkorlik, samaradorlik,yo’l-yo’riq, malaka, ko’nikma. XXI asrning shiddatli taraqqiyoti dunyo va jamiyatimizda umr surati tezlashib bormoqda va dunyo jarayonlari bilan doimiy hisoblashish, bozor talablariga sergaklik bilan yondashib, hisob-kitobni qat’iy olib borish, qo’shni mamlakatlardagi voqea-hodisalarga dahldorlik tuyg’usini kuchaytirish zaruratini talab qilmoqda. Har bir siyoiy guruh, jamoa yoxud alohida yetakchi liderlarning dunyo jarayonlariga bevosita ta’sir ko’rsatish imkoniyatlari o’shdi. Bunday sharoitda odamlarning yashash va faoliyat ko’rsatishlari, faqat o’z an’analari doirasida turmush kechirishlari mumkin bo’lmay qoldi. Liderlik masalasi qadimdan odamlarni qiziqtirib kelgan. Biroq, liderlikni maqsadli, muntazam va keng o’rganish F.Teylor zamonidan boshlangan. Juda ko’p tadqiqotlar o’kazilgan, lekin shunga qaramay liderlik nima va uni qanday o’rganish https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 417 Часть–3_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 kerak degan tushuchaning to’liq ta’rifi mavjud emas. Rivojlanayotgan, muvaffaqiyatga erishayotgan korxonalar boshqa korxona (tashkilot, muassasa)lardan asosan samarali va dinamik boshqaruvi bilan farqlanadi. Boshqaruv deganda - bir individ (boshqaruvchi) yoki (boshqaruv tizimi) ko’z o’ngimizda gavdalanadi. “Boshqaruv” va “boshqaruv tizimi” so’zlariga sinonim bo’lib “lider” va “liderlik” hisoblanadi. Liderlik tabiatini faqat uni boshqaruv bilan qiyoslaganda anglashimiz mumkin. Muassasa menejeri va muassasa lideri bu bir xil narsa emas. Menejer o’z qo’l ostidigilarni o’z lavozimi, qonuniy imkoniyatlari orqali aloqa qiladi, ishga jalb etadi. Liderlik esa muassasadagi ishchilar bilan o’zaro sotsial munosabatlarga asoslangan spesifik boshqaruv uslubi hisoblanadi. Ushbu jarayon qiyinroq hisoblanib ishtirokchilardan ko’proq o’zaro ruhiy bog’liqlikni talab qiladi. Xususiy boshqaruvdan farqli o’laroq lider muassada shogirdlarga ega bo’ladi, menejer esa qo’l ostidagi ishchilarga. Bu yerda boshqaruvchi - ishchi munosabati, lider - shogird munosabati bilan o’rin almashadi. «Lider» so’zi ingliz tilida u: 1) sardor, boshqaruvchi 2) kema, guruh yetaklovchi, karvon 3) musobaqada ilgaridagi sportsmen yoki sport komandasi 4) motosikl yoki velosiped oldi o’rindig’ida o’tirib ketuvchi, yetakchi kabi ko’p ma’nolarni anglatadi. Liderlik (ang. leader) - bu boshqaruvchi va izdoshlar o’rtasidagi boshqaruv munosabatlari bo’lib, bunda maqsadlar bir tomonga yo’naltirilgan bo’ladi . Liderlik formal va noformal turlarga ajraladi. U o’z ishchilariga mansabidan foydalangan holda buyruq bersa, ularni boshqarsa bu formal liderik deyiladi, o’z mahorati va boshqa resurslar yordamida boshqarilsa bu noformal liderlik deyiladi. Ma’lumki ideal lider o’zida ikki xislatni mujassamlashtira olishi lozim: shaxsiylik va tashkilotchilik layoqati. Butun guruh oldida vujudga kelgan umumiy muammo yoki masalani insonlar bitta lider atrofiga kelib hal qilishni loyiq deb biladilar. Tadbirkorlikda liderlik xislati alohida o’rin tutadi va ishni muvaffaqiyatli olib borish uchun unga ega bo’lishi lozim. Bu boshqaruv kuchini yagona shaxsga tegishli bo’lishini va korxona ishonchli qo’llarda bo’lishini ta’minlaydi. Ammo ushbu xislatning butun tashkilot boshqariliayotgan davrda zaif joylari namoyon ham bo’ladi: -butun tashkilotdagi o’zgarishlar va qarorlar bitta shaxs tomonidan amalga oshiriladi; https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 418 Часть–3_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 -muvaffaqiyatga erishgandan so’ng ham lider o’z bosimini yoki pozitsiyasini yanda kuchaytirib, o’z mavqeini yanada ko’tarishga urunadi, garchi ushbu hol barchaga ham yoqavermasada, liderning to’satdan ketishi ish jarayoniga tez salbiy tasir ko’rsatadi va ishlab chiqarish tuslarini sezilarli darajada susayadi. Liderni quyidagi samarali xarakterlari ajralib turadi: - ish faoliyatini umumiy qilib aytganda o’zgacha olib borishi; - kommunikativlik; - ishchilarning ishonchi; -qaror qabul qilishdagi egiluvchanligi; Aytishimiz mumkinki lider har bir muassasada, korxonada, guruhlarda mutloq domenant shaxs hisoblanadi. Liderlik — bo’ysunish prinsipi bo’yicha rollarni taqsimlash lozim. Rollar taqsimotining uch turi ajratiladi: «yuqoridan ko’rish», «quyidan ko’rish», «tengmateng ko’rish». Lider (yetakchi) ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, biznesda, fanda, san’atda, oila va maktabda amal qiladi. Lug’atni ochib qaraganimizda lider (ing. leader – yetakchi, rahbar) – bu qandaydir birgalikdagi faoliyatni tashkil etish maqsadida boshqalarga ta’sir etishga qobiliyatli shaxs. Siyosiy yetakchilik aniq namoyon bo’ladi. Siyosiy yetakchi – bu siyosiy faoliyat va harakatning tas

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada liderlik va uning dunyo va jamiyat rivojlanishidagi o’rni, o’quvchilarda liderlikni rivojlantirishdagi samarali usullar, liderlikni turlari va uni namoyon bo’lishi ochib berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada liderlik va uning dunyo va jamiyat rivojlanishidagi o’rni, o’quvchilarda liderlikni rivojlantirishdagi samarali usullar, liderlikni turlari va uni namoyon bo’lishi ochib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Lider, salohiyat, faoliyat usullari, samaradorlik, ko’nikma., malaka, hamkorlik, liderlik, pedagogik texnologiyalar, yo’l-yo’riq, noan’anaviy usullar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники