Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
RIM STATUTIGA EKOTSIDNI BESHINCHI XALQARO JINOYAT SIFATIDA QO‘SHISH TAKLIFI: HUQUQIY, SIYOSIY VA AMALIY TAHLIL
Ismoilov Mavludbek Mukimjon o‘g‘li
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2021
Аннотация
Mazkur maqolada ekotsidni Rim Statutiga beshinchi xalqaro jinoyat sifatida qo‘shish zarurati huquqiy, siyosiy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot Rim Statutining mavjud tuzilmasi, xalqaro jinoyat huquqi evolyutsiyasi va ekotsidga oid xalqaro tashabbuslar – xususan 2021-yilgi Stop Ecocide Foundation loyihasi va Vanuatu hamda boshqa davlatlar tomonidan ilgari surilgan takliflar asosida olib boriladi. Maqolada ekotsidni tan olishning xalqaro huquqiy asoslari, davlatlar o‘rtasidagi siyosiy pozitsiyalar, geosiyosiy muvozanat va xalqaro jinoiy sud yurisdiksiyasi doirasida yuzaga keladigan institutsional muammolar yoritiladi. Muallif shuningdek, ekologik xavfsizlikni xalqaro jinoiy adolat doirasida ta’minlashga qaratilgan yondashuvlarni taklif etadi hamda ekotsidni jinoiylashtirish global ekologik boshqaruvning ajralmas qismiga aylanishi lozimligini asoslaydi. Kalit so‘zlar: Ekotsid, Rim Statuti, xalqaro jinoyat huquqi, beshinchi jinoyat, Xalqaro jinoiy sud, Stop Ecocide, ekologik xavfsizlik, siyosiy muvozanat, xalqaro huquqiy islohot. XXI asrning eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lgan ekologik inqiroz insoniyat oldiga yangi huquqiy vazifalarni qo‘ymoqda. Global iqlim o‘zgarishi, biologik xilma- xillikning yo‘qolishi va atrof-muhitning keng ko‘lamli degradatsiyasi xalqaro huquq tizimida tubdan yangi yondashuvlarni talab qilmoqda. Aynan shu kontekstda Rim https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 457 Часть–3_ июл–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Statutiga ekotsidni beshinchi xalqaro jinoyat sifatida kiritish taklifi alohida ahamiyat kasb etadi. Ekotsid kontseptsiyasi ilk bor 1970-yillarda amerikalik biolog Artur Galston tomonidan Vetnam urushi davrida qo‘llanilgan kimyoviy qurollarning atrof-muhitga yetkazgan zararini tavsiflash uchun ishlatilgan [1]. O‘shandan beri bu atama xalqaro huquqiy doirada tobora kengroq qo‘llanila boshladi. Bugungi kunda ekotsidni xalqaro jinoyat sifatida tan olish masalasi nafaqat akademik doiralarda, balki siyosiy maydonlarda ham faol muhokama qilinmoqda. Ekotsid tushunchasining shakllanishi va rivojlanishi xalqaro ekologik huquqning umumiy evolyutsiyasi bilan chambarchas bog‘liq. 1972-yilda Stokgolmda bo‘lib o‘tgan BMT Inson muhiti bo‘yicha konferensiyasi atrof-muhitni muhofaza qilishning xalqaro ahamiyatini tan olgan ilk global tadbirlardan biri bo‘ldi [2]. Ushbu konferensiyadan keyin xalqaro hamjamiyat atrof-muhitga yyetkazilgan jiddiy zarar uchun huquqiy javobgarlikni o‘rnatish zaruratini anglay boshladi. Ekotsidning zamonaviy ta’rifi 2021-yilda xalqaro huquqshunoslardan iborat mustaqil ekspertlar tomonidan ishlab chiqilgan. Ularning taklifiga ko‘ra, ekotsid “atrof-muhitga jiddiy va keng ko‘lamli yoki uzoq muddatli zarar yyetkazilishi ehtimoli mavjudligini bila turib amalga oshirilgan noqonuniy yoki o‘ta beparvo harakatlar” sifatida ta’riflanadi [3]. Bu ta’rif uchta asosiy elementni o‘z ichiga oladi: birinchidan, harakatning noqonuniy yoki o‘ta beparvo xarakterda bo‘lishi; ikkinchidan, atrof- muhitga yyetkazilgan zararning jiddiy, keng ko‘lamli yoki uzoq muddatli bo‘lishi; uchinchidan, qasdning mavjudligi yoki kamida ehtiyotsizlik darajasida ayb mavjudligi. Tarixiy jihatdan ekotsid g‘oyasi xalqaro gumanitar huquq doirasida rivojlangan. 1977-yilgi Jeneva konvensiyalariga birinchi Qo‘shimcha protokolning 35 va 55- moddalari urush davrida atrof-muhitga yetkazilgan zararni taqiqlaydi [4]. Biroq, bu normalar faqat qurolli mojaro sharoitida qo‘llaniladi va tinchlik davrida sodir etilgan ekologik jinoyatlarni qamrab olmaydi. Ekotsid kontseptsiyasining rivojlanishida muhim bosqich 1998-yilda Rim Statutining qabul qilinishi paytida yuz berdi. O‘sha paytda bir qator davlatlar, https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 458 Часть–3_ июл–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 jumladan, Vetnam, ekotsidni Xalqaro jinoyat sudining yurisdiktsiyasiga kiritishni taklif qilishgan edi [5]. Biroq, bu taklif yetarli qo‘llab-quvvatlash topa olmadi va natijada Statut faqat to‘rtta asosiy jinoyatni o‘z ichiga oldi. Hozirgi kunda ekotsid tushunchasining huquqiy mazmuni xalqaro ekologik huquqning turli manbalaridan kelib chiqadi. Rio-de-Janeyroda 1992-yilda qabul qilingan Atrof-muhit va taraqqiyot to‘g‘risidagi deklaratsiyaning 2-printsipi davlatlarning o‘z hududidan tashqarida atrof-muhitga zarar etkazmaslik majburiyatini belgilaydi [6]. Shuningdek, Orxus konvensiyasi ekologik masalalarda axborot olish, qaror qabul qilishda jamoatchilik ishtirokini ta’minlash va adolatga murojaat qilish huquqlarini mustahkamlaydi [7]. Rim Statutiga ekotsidni kiritish uchun bir nechta huquqiy asoslar mavjud. Birinchidan, Statutning 5-moddasi Xalqaro jinoyat sudi yurisdiktsiyasiga kiruvchi jinoyatlar ro‘yxatini kengaytirish imkoniyatini nazarda tutadi. Statutning 121 va 123- moddalari tuzatishlar kiritish tartibini belgilaydi, bu esa yangi jinoyat turlarini qo‘shish uchun huquqiy mexanizmni ta’minlaydi [8]. Ikkinchidan, xalqaro odatiy huquq atrof-muhit
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada ekotsidni Rim Statutiga beshinchi xalqaro jinoyat sifatida qo‘shish zarurati huquqiy, siyosiy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada ekotsidni Rim Statutiga beshinchi xalqaro jinoyat sifatida qo‘shish zarurati huquqiy, siyosiy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- beshinchi jinoyat, Xalqaro jinoiy sud, Rim Statuti, siyosiy muvozanat, xalqaro huquqiy islohot., Ekotsid, xalqaro jinoyat huquqi, Stop Ecocide, ekologik xavfsizlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025