Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANGʻICH SINF DARSLARIDA INTERAKTIV METODLARNI QOʻLLASHNING AFZALLIKLARI
QOʻLLASHNING AFZALLIKLARI · Egamova Nigora Ustamirzayevna
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada boshlangʻich sinf o‘quvchilarining bilim olish jarayonida interaktiv metodlardan foydalanishning pedagogik afzalliklari, ularning taʼlimga bo‘lgan qiziqishini oshirishdagi roli hamda ta’lim samaradorligini ta’minlashdagi o‘rni tahlil qilingan. Muallif interaktiv metodlarning turli shakllarini ko‘rib chiqib, ularning boshlang‘ich ta’limga mos keluvchi jihatlarini yoritadi. Kalit so‘zlar: boshlang‘ich ta’lim, interaktiv metodlar, faol o‘qitish, dars samaradorligi, muloqotli o‘qitish. Bugungi kunda taʼlim jarayonida anʼanaviy yondashuvlardan voz kechilib, o‘quvchini faol ishtirokchi sifatida shakllantiruvchi interaktiv metodlar keng qo‘llanilmoqda. Ayniqsa, boshlangʻich sinflarda bu yondashuv bolalarning psixologik va intellektual rivojlanishiga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi. Interaktiv metodlar yordamida o‘quvchilar darsda faol ishtirok etadi, fikrlaydi, bahs yuritadi va mustaqil qaror qabul qilishni o‘rganadi. O‘quvchilarni har tomonlama yetuk, barkamol shaxs sifatida voyaga yetkazishda o‘qituvchilarning o‘rni benihoya katta. Pedagog nafaqat bilim beruvchi, balki yosh avlod tarbiyasida yo‘l ko‘rsatuvchi, ularning tafakkuri va ijtimoiy ongini shakllantiruvchi asosiy shaxslardan biridir. Bugungi kunda zamonaviy o‘qituvchi faqat darslik materiallari bilan cheklanib qolmasdan, har bir darsga ijodiy yondashib, yangilik yaratishi, kichik bo‘lsa-da, metodik kashfiyotlar qilishi zarur. Chunki hozirgi zamon o‘quvchisi ilg‘or fikrlaydi, tez o‘zgarayotgan dunyo sharoitida e’tiborini jamlash va dars davomida faol bo‘lishi uchun pedagogdan yangicha yondashuv talab qilinadi. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 11 Часть–2_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Shu bois dars jarayonini turli ko‘rgazmalar, interaktiv mashg‘ulotlar va o‘yinlar orqali tashkil etish o‘quvchilarda bilimga qiziqish uyg‘otadi, ularning nutq madaniyati va tafakkur doirasi kengayishiga xizmat qiladi. Bu esa o‘z navbatida darsda yuqori samaradorlikka erishish imkonini beradi. Mavzuni tushunish osonlashadi, dars zerikarli kechmaydi va har bir bola o‘zini dars jarayonining faol ishtirokchisi sifatida his qiladi. Shuningdek, bolalarda mustaqil fikrlash, kuzatuvchanlik va ijodkorlik ko‘nikmalari nafaqat dars paytida, balki o‘yinlarda, tabiat qo‘ynida bo‘ladigan sayohatlarda ham rivojlanadi. Bunday faoliyatlar o‘quvchilarni faollashtirishda, ularga tashabbus ko‘rsatish, yangicha yondashuvlarni taklif qilish imkonini beradi. Interaktiv metodlardan foydalanish ayniqsa muhim. Ular o‘quvchilarning fikrlash faolligini oshirishda, bilim olishga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirishda, guruhda ishlash madaniyatini shakllantirishda va o‘zaro hurmat asosida muloqot olib borishda samarali vosita hisoblanadi. O‘quvchi dars davomida ko‘rgazmali materiallar bilan ishlarkan, mustaqil fikr bildiradi, o‘z qarashlarini ifoda etadi va dunyoqarashi boyiydi. Eng asosiysi, bu usullar o‘quvchilarning hayotga, atrof-muhitda kechayotgan jarayonlarga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. Har bir interaktiv metod o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va individual qobiliyatlarini hisobga olgan holda tuzilishi kerak. O‘yinli metodlarda qatnashish uchun bolalar o‘yin qoidalarini tushunishi, ularga amal qilishi, shuningdek o‘yin davomiyligi dars vaqtiga to‘g‘ri muvofiqlashtirilishi muhim. Interaktiv uslublar sinfdagi eng sokin yoki tortinchoq o‘quvchini ham dars jarayoniga jalb qilishga yordam beradi. Dars boshlanishidan oldin interaktiv metodlardan foydalanish o‘quvchilarning e’tiborini jamlashga, ularda ijobiy ruhiy holatni shakllantirishga, darsga tayyorlik holatini oshirishga xizmat qiladi. Bu esa o‘z navbatida darslikdagi murakkab mavzularni yengilroq o‘zlashtirishga zamin yaratadi. Interaktiv yondashuvlar bilim olish jarayonini zavqli, samarali va ta’sirchan qiladi. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 12 Часть–2_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Interaktiv metod – bu o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi ikki tomonlama muloqotga asoslangan ta’lim metodidir. Bu metodlarda o‘quvchilar bilimni tayyor holda olmaydi, balki uni mustaqil izlanish, bahs va amaliy faoliyat orqali o‘zlashtiradi. Misollar sifatida “Aqliy hujum”, “Fishbone”, “Insert”, “Klaster”, “Rol o‘ynash”, “Guruhli ish” metodlarini keltirish mumkin. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari yosh jihatidan faol, o‘yin orqali o‘rganishga moyil bo‘lishgani sababli ularga quyidagi interaktiv metodlar ayniqsa samarali: • O‘yinli metodlar: didaktik o‘yinlar, dramalashtirish, rol o‘ynash. • Tasviriy metodlar: rasm, sxema, grafiklar orqali ifodalash. • Jamoaviy metodlar: kichik guruhlarda ishlash, fikr almashish. Agar afzalliklari haqida aytadigan bo‘lsak, quydagilardan tashkil etadi: Faollikni oshiradi: o‘quvchilar faqat tinglovchi emas, balki faol ishtirokchiga aylanadi. Qiziqish uyg‘otadi: o‘yin va muhokama asosida qurilgan darslar bolalarga yoqadi. Muloqot ko‘nikmasini shakllantiradi: o‘quvchilar o‘z fikrini ifoda etishga o‘rganadi. Ijodiy fikrlashni riv
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada boshlangʻich sinf o‘quvchilarining bilim olish jarayonida interaktiv metodlardan foydalanishning pedagogik afzalliklari, ularning taʼlimga bo‘lgan qiziqishini oshirishdagi roli hamda ta’lim samaradorlig…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada boshlangʻich sinf o‘quvchilarining bilim olish jarayonida interaktiv metodlardan foydalanishning pedagogik afzalliklari, ularning taʼlimga bo‘lgan qiziqishini oshirishdagi roli hamda ta’lim samaradorlig… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- faol o‘qitish, dars samaradorligi, muloqotli o‘qitish., interaktiv metodlar, boshlang‘ich ta’lim
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025