К содержанию
РецензированоRU2026

REKLAMA MATNLARIDA METAFORIK IFODALARNING QO’LLANILISHI

Qobuljonova Robiya

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2026

Аннотация

concepts and appeals to emotions[3]”. Ya’ni, reklamadagi metaforalar ijodiy va ishonarli, tilning ajralmas qismidir. Elena Semino esa o‘zining “Metaphor in https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 57 Часть–2_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Discourse” asarida reklamalardagi metaforalar mahsulotni tanish tajribalar bilan bog‘lab, kuchli emotsional bog‘liqlik hosil qilishi mumkinligi haqidagi g‘oyani ilgari surgan. Elena ushbu asarida metaforalarni diskursiv, ijtimoiy va kognitiv jihatdan o‘rganadi. Bu esa til orqali inson onggiga qanday ta’sir o‘tkazish mumkinligini o‘rgatadi. Zamonaviy tilshunos va diskurs tahlilchisi Guy Cook reklama tilini nafaqat tilshunoslik, balki psixologiya, madaniyatshunoslik jihatdan ham tahlil qiladi va metaforalarni ijtimoiy, madaniy va axloqiy kontekst bilan bog‘laydi:”Metaphor is central to the creative and persuasive language of advertising”. Uning fikricha, metafora-ijodiylik vositasi, e’tiborni jalb qilish quroli, qaror qabul qilisjha ta’sir etuvchi element hisoblanadi. Uning nazariyasining boshqa olimlar nazariyasidan faqrli jihati shundaki, u reklamani ijtimoi-kritik tahlil qiladi va ularda qo‘llaniladigan metaforalar manipulyatsiya vositasi sifatida ko‘radi. Asosiysi, u axloqiy masalalarga ham e’tibor qaratadi. Masalan, go‘zallik yoki boylik haqidagi metaforik ifodalar qanday steretiplar yaratadi? De Beers kompaniyasiga tegishli “Diamonds are forever” marketing metaforasi Guy Cookning nazarida faqatgina romantik obraz emas, balki madaniy bosim hamdir. “ayolga olmos sovg‘a qilmasang, muhabbat yo‘q” degan fikr kelib chiqar ekan. Bu esa reklamadagi metafora kuchli ijtimoiy ta’sir vositasi ekanligini ko‘rsatadi. Mashhur brend reklamalardagi misollarni keltirib o’tsak: 1. Coca-cola-“Open happiness”. Ushbu reklamadagi “open” so‘zi shunchaki shishani ochish emas, balki u bilan birga baxtni ham ochishni ifodalaydi. Ya’ni bu ichimlik shishasida baxt yashiringanini, shishani ochish esa baxt tuyg‘usini his qilish bilan barobar ekanligi tushuniladi. Insonlar har safar bu ichimlikni ichishda “baxt”ni eslashi emotsional bog‘liqlikni yaratadi. 2. Lexus- “The Pursuit of Perfection”-“mukammallikni quvish” metaforasi inson doimo orzular ortidan quvishiga ishora qilmoqda. Bu orqali mashina oddiy vosita emas, hayotiy orzuni ifoda etishi ifodalanmoqda. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 58 Часть–2_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 3. Apple- “Think Different”. Think – o‘ylash, o‘zini erkin ifoda etish, har kimda mavjud odatdir. Different esa odatiy yo‘ldan chekinishni, yangilik yaratishni ifoda etadi. Ushbu metaforik reklama esa insonning taffakuriga ta’sir o‘tkazib, ularni yangicha yondashishga undaydi. George Lakoff va Mark Johnsonning kognitiv nazariyasiga[4] ko’ra, bu metaforada kreativlik va fikrlash o’rtasida bog‘liqlik hosil bo‘lmoqda. 4. “Red Bull gives you wings”. Bu reklama energiya ichimligi RedBull kompaniyasiga tegishli. Reklama orqali energiya ichimligi insonga go‘yoki qanot berib uchirib yuboradi. Ya’ni kuch va erkinlik beradi. Bu real qanot emas. Balki energiya va motivatsiya ramzidir. 5. Nike – “battle your limits”. Battle-kurashmoq degani, limits esa chegara. Nike mahsulotlari orqali inson o‘z chegaralrini yengib sportda o‘zini sinovdan o’tkazishi tasvirlangan. Bu orqali insonlarga motivatsiya berish hamda sport mahsulotlarini ichki kuch va iroda bilan bog‘lash ifodalangan. 6. L’oreal-“Because you’re worth it”. Mashhur go‘zallik parvarishi mahsulotlari kompaniyasi reklamasida ishlatilgan ushbu metafora insonlarni shunchaki mahsulotni sotib olish emas, balki go‘zal bo‘lishga loyiq bo‘lganligi uchun sotib olish kerak, degan fikrni ilgari suradi. Bu bilan esa ayollarni o’zlarini qadrlashiga chorlaydi. Xulosa qiladigan bo‘lsak, reklama matnlarida metaforalarning qo‘llanilishi zamonaviy lingvistikaning dolzarb tadqiqot yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u nafaqat tilning estetik va badiiy jihatlarini, balki kognitiv, madaniy va psixologik funksiyalarini ham ochib beradi. Metaforalar reklama tiliga obrazlilik, hissiylik, va esda qolarli ifoda kiritadi. Ular orqali mahsulot yoki xizmat haqidagi g‘oyalar oddiy va tanish tajribalar bilan bog‘lanadi, bu esa iste’molchining ongida kuchli assotsiatsiyalar paydo bo‘lishiga xizmat qiladi. Shunday qilib, reklamadagi metaforalar oddiy til vositasi emas, ijtimoiy ong, madaniy me’yorlar va shaxsiy tanlovlarga ta’sir ko‘rsatuvchi kuchli vositalardir. Foydalanilgan adabiyotlar: https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 59 Часть–2_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 1. Irisqulov M.T., “Tilshunoslikka kirish”. “Yoshlar matbuoti”, Toshkent, 2009. 2. George Lakoff, Mark Johnson, “Metaphors We live by”. University of Chicago Press, 1980. 3. Ruth Amossy, “Metaphor in Advertising”. Tel Aviv University, 1991. 4. Elena Samino, “Metaphor in discourse”. Cambridge University Press, 2008. 5. Guy Cook, “The discourse of Advertising”.

Доказательный фрагмент

«concepts and appeals to emotions[3]”. Ya’ni, reklamadagi metaforalar ijodiy va ishonarli, tilning ajralmas qismidir. Elena Semino esa o‘zining “Metaphor in https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 57 Часть–2_…»

Образец извлечения

Демо-превью

concepts and appeals to emotions[3]”. Ya’ni, reklamadagi metaforalar ijodiy va ishonarli, tilning ajralmas qismidir. Elena Semino esa o‘zining “Metaphor in https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 57 Часть–2_… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
reklama strategiyasi., metafora, emotsionallik, semantik obraz, stilistik vosita, madaniy kontekst, kommunikativ maqsad, reklama tili
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники