Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
UYCHA METODI
UYCHA METODI · Xusainova Guljamol Sunnatilloyevna
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2022
Аннотация
Hozirgi davrda ta'lim tizimi zamonaviy texnologiyalarga muhtoj. Ushbu ilmiy maqolada innovatsion ta'lim texnologiyalaridan biri bo'lgan uycha metodi tahlil qilinadi. Kalit soʻzlar: uycha metodi, innovatsiya, "sehrli uycha", krassvord, baliq skeleti, formulalar, fizik kattaliklar. Ta'lim-tarbiya- bu bizning kelajagimiz,hayot-mamot masalasi. Shu bois, bu sohadagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yo'q.Qanchalik murakkab bo'lmasin, maktab ta'limida poydevorni bugundan mustahkam qo'yishimiz kerak.Chunki biz ko'p vaqt yo'qotganmiz- dedilar hurmatli prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2022- yil 28- yanvardagi yig'ilishda. Uning so'zlariga ko'ra," Kimda - kim maktab bu faqat xalq ta'limi vazirligining ishi ,deb o'ylasa,mutlaqo yanglishadi". Ta'limni tubdan isloh qilsak va yangi innovatsion ta'lim texnologiyalarini ishlab chiqsakgina biz bu oldimizga qo'yilgan vazifalarni ado eta olamiz. Innovatsion ta'lim texnologiyasi - bu o'quv jarayonining samaradorligini oshirish va ta'lim faoliyati uchun eng yaxshi shart- sharoitlarini yaratish uchun mavjud usullar va vositalarni yangi yoki sifat jihatidan yaxshilashni o'z ichiga olgan o'quv va ta'lim faoliyatini taahkil etish metodologiyasidir. "Innovatsiya" so'zi lotin tilidan kelib chiqqan bo'lib "Novatio- yangilanish, o'zgarish" degan ma'noni anglatadi va "in- yo'nalishda" deb tarjima qilinadi.."Innovatsiya" so'zma- so'z "O'zgarish yo'nalishida" degan ma'noni anglatadi.Bundan tashqari ,bu hech qanday yangilik emas,lekin uni qo'llashdan keyin faoliyat samaradorligi va sifati sezilarli darajada yaxshilanadi.Demak, biz pedagoglar https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 105 Часть–2_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 har bir darsimizni ta'limga oid yangicha innovatsion texnologiyalar ,yangicha usullar ,metodlar bilan tashkil qilishimiz kerak. Bunday metodlar bo'lsa turlicha masalan, :BBB, Krasvord, Klaster, Baliq skleti va hokazo. Men ham shu metodlarni safini jengaytirib qadirli ustozlarimiz va aziz o'quvchilarimiz darslarini qiziqarli va rang barang o'tishiga o'z hissamni qo'shmoqchiman. "Sehirli uycha " nomli bu metodimni o'qituvchilarga tavsiya qilmoqchiman.Bu metoddan har qanday darsda mavzuni mustahkamlash qismida yoki mustahkamlash mavzularida qo'llasak,o'quvchilarni baholash ,eslab qolish qobiliyatini va ko'z xotirasini yaxshilashga yordam beradi. Bu metodda o'qituvchi doskaga Uychani rasmini chizadi va uning tom qismini uchburchak shaklda ,poydevori to'rtburchak shaklda qilinadi. O'qituvchi shu poydevor devorini to'g'ri parallel chiziqlar bilan 3 qismga bo'lib oladi va har bir ajratilgan sohaga o'z faniga tegishli bo'lgan kattaliklar (ya'ni formulalardan) bosh harflarini yozadi.Masalan 1- bo'lib tepaga tomga. A harfi bu fizika darsida bo'lsa A- mexanik ishni bildiradi. 2- bo'lakda poydevor 3 qismga ajratilgan bo'lib uning 1- qismiga P ni bu P- bosim,2- qismiga F ni bu F- kuch ,3- qismiga esa N ni bu N- quvvatlarni yozadi. Endi Mexanik ishning 2- qismiga o'tamiz.Doskaning 2- tomoniga shu kattaliklarni hosil qiluvchi kattaliklar yoziladi ya'ni harflar.Masalan: F,S,A,t,F,S,V,a,m va hokazo .o'quvchi bular ichidan Mexanik ishni formulasini hosil qiluvchi harflarni topib ketma- ketlikda formulani yozadi .2- bo'lakda esa Bosim,Kuch va Quvvat berilgan ularning ham formulalarini shu usulda yozib oladi. O'qituvchi o'quvchilarga bu uychamizga turlicha harflar qo'yib beradi va ulardan daftarlariga formulalarni yozishni so'raydi.O'quvchilar topshiriqni bajargandan keyin bu formulalar qoidalari va birliklari ham so'rab olinadi va to'liq javob bergan o'quvchilar 5 baho bilan baholanadi. Bu metod orqali o'quvchilar formulalar esidan chiqqan bo'lsa berilgan harflardan ko'rib esiga tushirishi natijasida yana bir marotaba yozib eslab oladi. Bir darsning o'zida 4,5 tagacha bo'lgan mavzularni,formulalarni , qoidalarni va birliklarni birlashtirgan holatda o'rganishadi va takrorlash natijasida mustahkamlab olishadi .Bu Sehrli uycha metodi yordamida fanga bo'lgan qiziqish ortadi, fizik kattaliklar nomlari https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 106 Часть–2_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 va harflarini yod olishadi va fizika darsligini o'rganishda va masalalar yechishda foydalanishda poydevor bo'ladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Shahlo Eshmurodova Innovatsion yangi metodlar // Science and Education. 2024. №6. 2. Muxtaram Boboqulova Xamroyevna FIZIKA O`QITISHNING INTERFAOL METODLARI // CAJEI. 2024. №2-2. 3. Djamalova Zamira Salohiddinovna, Xolboyeva Nargiza Bahodirovna INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI TA’LIM JARAYONIDA TUTGAN O‘RNI // ORIENSS. 2021. №4. 4. Mehrinoz O’tkirovna Istamova OLIY TA’LIM HAMDA O’RTA MAXSUS TA’LIMDA FIZIKA FANINI O’QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISHNI TAKOMILLASHTIRISH // Scientific progress. 2022. №3 https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 107 Часть–2_ июня–2025
Доказательный фрагмент
«Hozirgi davrda ta'lim tizimi zamonaviy texnologiyalarga muhtoj.»
Образец извлечения
Демо-превьюHozirgi davrda ta'lim tizimi zamonaviy texnologiyalarga muhtoj. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- innovatsiya, uycha metodi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026