Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AMIR SHOHMURODNING HOKIMIYAT TEPASIGA KELISHI VA MARKAZLASHTIRISH UCHUN KURASH.
MARKAZLASHTIRISH UCHUN KURASH. · Sh.Rashidov nomidagi SamDU Tarix fakulteti · assistenti Xasanov Murod Gaybullayevich.
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2 · 2025
Аннотация
В статье рассматривается восшествие Амира Шахмурада на престол Бухарского государства, политика централизации, проводимая в период правления Амира Шахмурада, и изменения, произошедшие в социально- экономической жизни Бухарского эмирата. Ключевые слова: Мухаммад Рахимхан, Мангиты, отцовство Дониёлбий, Амир Шахмурад, Бухара, Самарканд, Бухара, беки, Уратепа, Ташкент, Ургут, Хисор, Йом, Хавос, общественная жизнь, экономика. Annotation. This article covers the accession of Amir Shahmurad to the throne of the Bukhara state, the centralization policy carried out during the reign of Amir Shahmurad, and the changes that occurred in the socio-economic life of the Bukhara emirate. Keywords: Muhammad Rahimkhan, Mangits, Doniyolbiy fatherhood, Amir Shahmurad, Bukhara, Samarkand, Bukhara, beks, O'ratepa, Tashkent, Urgut, Hisor, Yom, Khavos, social life, economy. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 167 Часть–2_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Shohmurod ibn Doniyolbiy 1749-yilda (ba’zi manbalarda 1740-yilda) Buxoro shahrida o’z davrining eng nufuzli zodagon kishisi, keyinchalik Buxoro amirligining amaldagi hukmdori bo’lgan Doniyolbiy otaliq oilasida tavallud topgan. Diniy va dunyoviy ta’lim ko’rgan Shohmurod butun hayotini so’fiylikka bag’shlab, umr bo’yi darveshona kun kechirish yo’lini tanlaydi va Buxorodagi eng mashhur tasavvuf ilmi sohiblaridan, pirlardan biri, Naqshbandiya-mujodadiya tariqatining yirik namoyondasi Shayx Muhammad Safarga ixlos quyib, unga murid bo’ladi, hamda ustozidan ko’p vaqt ta’lim oladi. Shohmurod ko’pincha Buxoroning jome’ masjidida yashab, hujraga qamalib, nafsni tiyish, o’zini idrok etish, o’z ruhiyatini boshqarish mashqlari(meditatsiya) bilan tinimsiz shug’ullangan. Shohmurod o’zining qati’yatligi, tirishqoqligi, qobiliyati va aql-u zakovati bilan qisqa fursat ichida ustozining alohida hurmat-e’tiboriga sazovor bo’lgan. Darveshlik bilan birgalikda Shohmurod bozorda hammollik bilan shug’ullangan, xalq ichida el qatori kamtarona kiyinib, kamtarona kun kechirgan. Hukmdor xonadoni vakili bo’lgani bois Shohmurod o’z qo’riqchilari va xizmatkorlariga ega bo’lgan. Doniyolbiy otaliq o’g’lining tanlagan bunday hayot tarziga bir tomondan ijobiy qaragan bo’lsa, ikkinchi tomondan esa o’g’lini o’zidan keyin hukmdor bo’lishini juda ham istagan, chunki Doniyolbiy faqat o’g’li Shohmurodni munosib valiahd deb hisoblagan. Shohmurodni esa hokimiyat mutlaqo qiziqtirmagan, chunki bu umrni tasavvuf tariqatiga bag’shlash uchun zid edi, kimlardir haqiqatga erishish orzusida taxtdan voz kechgan, kimlardir boylikdan voz kechib, uni xalqqa tarqatgan va xalq dardi bilan yashagan, sababi tasavvuf tariqati qonun-qoidasiga ko’ra sufiy kishi hukmdor yoki mansabdor shaxs bo’lishi mumkin emas edi, shu boisdan Shohmurod valiahdlikdan o’z ixtiyori bilan voz kechib, hatto toj-u taxt haqida eshtishni ham istamagan. Doniyolbiy otaliq o’g’lini siyosatga tortish maqsadida dastlab Shohmuroddan diniy masalalar bo’yicha maslahatlar so’rab uni tez-tez saroyga chaqirib turgan, Shohmurod ham otasini qiyin sharoitida qo’llab-quvvatlashga harakat qilgan, shunday qilib asta-sekinlik bilan Shohmurodning hukmronligiga qadar siyosiy faoliyati https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 168 Часть–2_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 boshlangan. Keyinchalik otasining iltimosiga ko’ra Shohmurod Karmanani boshqaradi, bu hudud ham o’sha davrda mustaqillikka intilgan bekliklardan bo’lib, Shohmurodbiy Karmananing markaziy hokimiyatga bo’y so’nishini ta’minlaydi. Shundan so’ng Qarshi bekligida hokimlik qiladi, bu hududni ham poytaxt Buxoroga tobeligini mustahkamlaydi, ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga molik bir qancha ijobiy ishlar qiladi. 1780-yil (ba’zi manbalarda 1760-yillar oxiri) da Shohmurodbiy otasi tomonidan Samarqandga hokim etib tayinlanadi va unga Ulug’ noib unvoni beriladi, bu bilan Doniyolbiy otaliqning Shohmurodbiyni siyosatda ushlab turish harakat qilgan. Samarqand Shohmurodbiyga qadar hayoti izdan chiqib huvillab qolgan shaharga aylangan edi. 1726-yil Tavakkalxon boshchiligidagi qozoqlarning hujumi va shaharni talashi, undan so’ng 1740-yilda Eron shohi Nodirshoh tomonidan shaharning ishg’ol qilinishi va talon taroj qilishi, keyinchalik shaharda vabo epidemiyasining tarqashi va buning oqibatida ko’p samarqandliklarning yostig’i qurishi, shaharning ijtimoiy- iqtisodiy hayoti izdan chiqishi tufayli mahalliy aholining Samarqandni tark etib, Buxoro, Qarshi va boshqa joylarga ko’chib ketishi shaharning bunday og’ir darajaga kelib qolishiga sabab bo’ldi. Shundan so’ng Samarqandni tiklashga 1780-yilgacha harakat qilinmagan va e’tibor berilmagan, bir manbada Samarqandda 40 ta, boshqa manbada 1000 ta xonadon qolgani aytiladi.1. Shohmurodbiy Samarqanddagi faoliyatini shahar hayotini to’liq ko’zdan kechirish, aholisini ro’yxatga olish, shahar hududi va mavjud mahallalar tarxini chizib, shaharni va u bilan bog’liq muammolarni batafsil o’rganishdan boshlaydi [1]. 1785-
Доказательный фрагмент
«В статье рассматривается восшествие Амира Шахмурада на престол Бухарского государства, политика централизации, проводимая в период правления Амира Шахмурада, и изменения, произошедшие в социально- экономической жизни…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье рассматривается восшествие Амира Шахмурада на престол Бухарского государства, политика централизации, проводимая в период правления Амира Шахмурада, и изменения, произошедшие в социально- экономической жизни… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Muhammad Rahimkhan, Mangits, Doniyolbiy fatherhood, Amir, Doniyolbiy otaliq, Urgut, Buxoro, Xovos, mang’itlar, Samarqand, O’ratepa, Hisor, iqtisodiyot., bekliklar, Yom, Muhammad Rahimxon, Toshkent, ijtimoiy hayot, Amir Shohmurod
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024