К содержанию
РецензированоUZ2018

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNI MAKTAB TA'LIMIGA TAYYORLASHDA “ILM YO'LI” VARIATIV DASTURINING AHAMIYATI

Babayeva GulchehraRustamovna.

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2018

Аннотация

“Ilm yo’li” variativ dasturining maqsad va vazifalari haqida yoritilgan. “Ilm yo’li” variativ dasturi orqali bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlash jarayoni aks etgan. Unda majburiy tayyorlov guruhlari faoliyatlari o’zaro bog’liqligi birinchi sinf darsliklari bilan qiyosiy tahlil qilngan. Kalit so’zlar: “Ilm yo’li”, faoliyat, mashg’ulot, rivojlanish, bola. Mavzu Respublikamizda bugungi kunda juda katta islohotlar olib borilmoqda. Mana shu islohotlardan biri maktabgacha ta'lim sohasida bo‘lib, bu sohaga alohida e`tibor qaratilganligidir. Maktabgacha yoshdagi bolaga singdirilgan bilim va qadryatlar uning kelgusidagi hayotini belgilab berishi sababli maktabgacha ta'lim uyg'un rivojlangan shaxsni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Darhaqiqat, maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'lim tizimining boshlang'ich halqasi bo'lib hisoblanadi. U sog'lom va har tomonlama yetuk bola shaxsi shakllanishini ta'minlashga, uni muntazam ravishda ta'lim olishga tayyorlab, uni o' qishga bo'lgan havasini uyg'otishga qaratilgan bo'lib, bu 6-7 yoshgacha bo'lgan davrda davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta'lim muassasalarida va oilalarda amalga oshiriladi. Bolalarning bilim olishga bo'lgan qiziqishini kuchaytirish, ularning borliq, turli o'quv predmetlariga oid ilk tasavvurlarni mehnatsevarlik, tirishqoqlik, zukkolik faollik kabi fazilatlarning qaror toptirishda maktabgacha ta'lim maskanlarining o'rni va ahamiyati beqiyosdir.Mana shu maksadda maktabgacha ta'lim tizimiga katta e'tibor qaratilmoqda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabridagi “Boshlang'ich ta'limga bolalarni majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma-bosqich o'tish bo'yicha chora-tadbirlar haqida”gi 999-sonli qarori bilan mos holda maktabgacha https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 242 Часть–2_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 ta'lim tizimini kelgusida takomillashtirish, sog'lom, faol, to'la rivojlangan, ijtimoiy moslashgan bola shaxsini shakllantirish, shuningdek, boshlang'ich ta'limga bolalarning sifatli tayyorgarligi va kelgusidagi muvaffaqiyatli o'quv faoliyatiga shart-sharoitlarni yaratish maqsadlarida respublikaning barcha xududlarida bosqichma-bosqich tarzda 6- 7 yoshli boshlang'ich ta'limga bolalarni majburiy yillik tayyorlash guruhlari tashkil etiladi. Ushbu qarorni ijro etish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining tashabbusi bilan 6-7 yoshli bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ularga ta'lim tarbiya berish va maktabga tayyorlash maqsadida “Ilm yo'li” variativ dasturi ishlab chiqildi. Dastur maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun ishlab chiqilgan “Ilk qadam” Davlat o'quv dasturi, O'zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari, “Kadrlar tayyorlash bo'yicha Milliy dastur”, maktabgacha ta'limni rivojlantirish Kontseptsiyasi asosida ishlab chiqildi. “Ilm yo'li” variativ dasturi bolaning to'laqonli rivojlanishi, tarbiyalanishi va o'qishini, uning maktabda ta'lim olishga samarali tayyorlanishini ta'minlashga qaratilgan, bolalarni maktabga tayyorlash bo'yicha xalqaro tajribalarning hisobga olinib, ishlab chiqilgan hujjat bo'lib sanaladi. “Ilm yo'li” variativ dasturda 6 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashning maqsad va vazifalari zarur bo'lgan rivojlanish amaliyoti va maktabga tayyorlash uchun teng imkoniyatlarni vujudga keltirish,6-7 yoshli bolalar uchun mo'ljallangan majburiy boshlang'ich ta'limga bir yillik tayyorlash guruhlar bolalarini to'liq kunli maktabgacha ta'lim tashkilotiga berish imkoniyatiga ega bo'lmagan yoki muayyan sabablarga ko'ra, bunga intilmaydigan ota-onalarning talab- ehtiyojlarini qondirishi ,6-7 yoshli bolalar uchun mo'ljallangan majburiy boshlang'ich ta'limga bir yillik tayyorlash guruhlar maktabgacha ta'limga qo'yiladigan Davlat talablariga muvofiq, 5 muhim sohada bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta'minlashi zarur (jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzini shakllantirish; ijtimoiy-hissiy rivojlanish; nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari; bilish https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 243 Часть–2_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 jarayonining rivojlanishi; ijodiy rivojlanish) har tomonlama uyg'un rivojlanishini ta'minlashga mo'ljallangan,maktab ta'limiga umumiy psixologik tayyorgarlik ta'minlashni ko'zda tutadi: Haqiqatan ham ta‘lim olish jarayoni yildan yilga shunchalar rivojlanib bormoqdaki, 1-sinfga borayotgan bolalar uchun yangidan yangi talablar qo’yilmoqda. Ilgari bolalar maktabga chiqib, alifboni o’rgansalar, hozirgi bolalar bog’cha davridanoq o’qish ko’nikmalarini bilishi maqsadga muvofiq etib belgilandi. Mazkur dastur bola rivojiga individual yondashuv, uning shaxsini hurmat qilish, uning manfaatlari ehtiyojlari va rivojlanish darajasini hisobga olish, hissiy qulaylik borasida g‘amxo`rlik qilish, erkin ijodiy o’z-o’zini ko’rsatishi uchun sharoitlar yaratishga intilishni

Доказательный фрагмент

«“Ilm yo’li” variativ dasturining maqsad va vazifalari haqida yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

“Ilm yo’li” variativ dasturining maqsad va vazifalari haqida yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
rivojlanish, mashg’ulot, “Ilm yo’li”, bola., faoliyat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники