К содержанию
РецензированоUZ2025

XALQ O’YINLARI – BOLALAR UCHUN HAYOT MAKTABI

Ro’ziyeva Nafisa Qurbonovna

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning asosiy va yetakchi faoliyati o’yin orqali shakllanishi, pedagogik jarayonlarda o’yinning tutgan o’rni va bolaning intellektual qiyofasini rivojlantirishi, o’zbek xalq bolalar o’yinlari, ularda o’zbekona milliy ruh bilan yo’g’rilgan jismoniy- tarbiyaviy va ma’naviy-axloqiy qarashlar yoritildi. Tayanch so’z va iboralar: o’yin, o’yin orqali ta’lim tamoyillari, o’yinning pedagogik texnologiyalari, didaktik o’yinlar, predmetli o’yinlar, o’yin turlari, harakatli o’yinlar, so’z o’yinlari. Maktabgacha bolalik davri – inson hayotining qisqa davri bo’lsa ham, ammo bola shaxsining asosi shakllanadigan muhim va noyob davrdir. Chunki ushbu davrda iroda va ixtiyoriy xulq yuzaga keladi, tasavvur, ijod, umumiy tashabbus faol rivojlanadi. Bu davrda bola uni o’rab turgan atrof-muhit, hayot haqidagi birlamchi bilimlarni oladi, unda insonlarga, mehnatga bo’lgan aniq munosabatlar shakllanadi, lekin bu muhim sifatlar ta’lim mashg’ulotlarida emas, balki maktabgacha yoshdagi bolaning asosiy yetakchi faoliyati bo’lgan o’yin orqali shakllanadi. Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi pedagogik jarayonlarda o’yinning tutgan o’rni alohida bo’lib, o’yindan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berishda keng foydalaniladi. Zero, • o’yin bolalarning mustaqil faoliyati bo’lib, unda bolaning ruhiyati namoyon bo’ladi; • o’yin maktabgacha yoshdagi bolalar hayotini tashkil etish shaklidir; https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 249 Часть–2_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 • o’yin bolalarni har tomonlama tarbiyalash vositalaridan biridir; • o’yin bolalarga ta’lim-tarbiya berishning metod va usulidir. O’yin nafaqat tengqurlar bilan muloqotni shakllanishiga yordam beradi. Aynan o’yin jarayonida bolalar o’z xulqlarini boshqarishga – qoidalarga bo’ysunishga ko’nikma hosil qiladilar. Keyinchalik bu ko’nikmalar boshqa turdagi faoliyatda ham namoyon bo’ladi. O’yinda namuna sifatida axloq me’yorlari emas (yoki kattalarning o’zga talablari), balki boshqa insonlarning obraziga taqlid qilinishi muhim. Shuning uchun bola o’z xulqiga namuna sifatida ko’radigan atrofidagi insonlar, ya’ni namuna olishga loyiq insonlar bo’lishi juda muhim. Bolalarning boshqa faoliyatiga nisbatan o’yinning afzalligi shundaki, bola o’z xohishiga ko’ra ma’lum bir qoidalarga bo’ysunadi. Va bu qoidalarga amal qilish bolalarga maksimal qoniqish va zavq olib keladi, uning irodasini tarbiyalaydi. Shuning uchun o’yin – bu maktabgacha yoshda bo’lgan bola o’zining tashabbuskorligi va ijodiy faolligini namoyon etadigan yagona yo’ldir. Shu bilan birga, aynan o’yin harakatlari orqali bolalar o’zlarini nazorat qilishga va baholashga, nima qilayotganliklarini tushunib yetishga va, eng asosiysi, to’g’ri harakat qilish istaklarini o’rganadilar. Ba’zi syujetli o’yinlar (bekinmachoq, ona-bola, tosh urish) hozirgi kunga qadar saqlanib qolgani va hanuzgacha ommaviy bo’lishiga qaramasdan, bolalar ko’p hollarda o’yin qoidalarini bilmaydilar va ularga rioya qilishni majburiy deb hisoblamaydilar. Ular o’z xulqlarini va isataklarini komil inson obraziga yoki to’g’ri xulq-atvor me’yorlariga qiyoslamay qo’yadilar. O’yin – bu bola faoliyatining shunday turlaridan biriki, kattalar uni maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash vositasi sifatida, bolalar tomonidan turli predmetlarni qo’llashda hamda muloqot usullari sifatida qo’llaydilar. O’yin orqali bola shaxs sifatida rivojlanadi, uning keyinchalik o’quv va mehnat faoliyatida muvaffaqiyatga olib keladigan qirralari, insonlar bilan munosabatlari shakllanadi. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 250 Часть–2_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Masalan, o’yinda bolaning miqdoriy faoliyat vazifalarini hisobga olgan holda o’z faoliyatini boshqara olish xususiyati rivojlanadi. Asosiy yutuq sifatida jamoaviylik hissiga erishish hisoblanadi. Bu esa faqat bolaning ma’naviyatini baholabgina qolmay, balki uning intellektual qiyofasini tubdan o’zgartiradi, chunki jamoaviy o’yinda turli mazmun va ma’nolarning o’zaro ta’siri, voqelik mazmunining rivojlanishi va o’yinning umumiy maqsadiga erishish ro’y beradi. O’yin – bu bola fikrlashining yettita turi: lingvistik, musiqa, mantiqiy, matematik, makon, jismoniy-kinestik, individual hamda ijtimoiy faoliyatini qo’llab- quvvatlaydigan eng yaxshi tajribaga ega bo’lish usuli. O’yin – bu bolalarning ishi bo’lib, bunda ular buyumlar qanday ishlashini bilib oladilar, muammolarni hal etadilar, qarorlar qabul qiladilar, o’z tafakkur va ijodkorliklarini oshirib, obyektlar o’rtasida o’zaro aloqa yaratadilar. O’yinning eng muhim qismi – kattalar bilan muloqotga kirishishidir. Ular bolalarni o’ynashga rag’batlantirishlari, bevosita ishtirok etishlari va yo’naltirishlari kerak. O’yin orqali ta’lim olishda muvaffaqiyatga erishish kattalarga bog’liq. O’yin bolalar beshikdaliklaridayoq hayotlariga kirib boradi: “Bordi-bordi”yu, “Havzak-havzak”lar bo’lib, shaqildog’-u tutanchiq singari o’yinchoqlar

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning asosiy va yetakchi faoliyati o’yin orqali shakllanishi, pedagogik jarayonlarda o’yinning tutgan o’rni va bolaning intellektual qiyofasini rivojlantirishi, o’zbek…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning asosiy va yetakchi faoliyati o’yin orqali shakllanishi, pedagogik jarayonlarda o’yinning tutgan o’rni va bolaning intellektual qiyofasini rivojlantirishi, o’zbek… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
o’yin orqali ta’lim tamoyillari, o’yin turlari, so’z o’yinlari., o’yinning pedagogik texnologiyalari, o’yin, harakatli o’yinlar, didaktik o’yinlar, predmetli o’yinlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники