К содержанию
РецензированоUZ2025

ONLAYN TA’LIMNING AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARI

Toshpo’latova Mubinaxon Maqsudjon qizi

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada onlayn ta’lim haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek, uning ta’lim jarayonida qulayliklari va afzalliklari hamda kamchiliklari xususida fikr yuritiladi. Kalit so’zlar: onlayn ta’lim, internet, moslashuvchanlik, texnik muammolar, o’quv resurslari. Annotation: This article provides information about online education. It also discusses its conveniences and advantages in the educational process, as well as its drawbacks. Keywords: Online education, internet, flexibility, technical issues, learning resources. Ma’lumki, so’nggi yillarda zamonaviy texnologiyalar shiddat bilan rivojlanib, uning taraqqiyoti ta’lim tizimiga ham sezilarli darajada ta’sir ko’rsatdi. Xususan, so’nggi yillarga kelib onlayn ta’lim tizimi keng ommalashib,an’anaviy ta’lim shakliga muqobil sifatida qaralmoqda. Onlayn ta’lim, ya’ni masofaviy ta’lim – bu internet hamda axborot texnologiyalari orqali amalga oshiriladigan o’quv materiallar darslar onlayn tarzda taqdim etiladigan ta’lim shakli. Ushbu ta’lim shakli ham an’anaviy ta’lim tizimi bilan bir qatorda keng ommalashmoqda. Ayniqsa, Covid-19 yuz berishi natijasida mamlakatimizda barcha o’quv oliygohlari masofaviy ya’ni onlayn ta’lim tizimiga o’tdi. Masofaviy ta’lim qanday paydo bo’lgan Yigirmanchi asrning 20-yillariga kelib,aloqa sohasidagi yutuqlar insoniyatga ma’lumotlarni uzatishning yangi usullarini ya’ni ma’lumotlarni sun’iy yo’ldosh orqali uzatish imkonini berdi. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 305 Часть–2_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Bundan 50 yil muqaddam masofaviy ta’limni tasavvur ham qilib bo’lmas edi, ammo hozir bularning barchasi haqiqat va uning ahamiyati ortib bormoqda. Dastlab, masofaviy ta’lim pochta aloqasi, e-pochta, televideniye yordamida tashkil etilgan bo’lsa, keyinchalik axborot texnologiyalari: internet global tarmog’ining rivojlanishi natijasida masofaviy ta’limning yanada takomillashgan turlari electron ta’lim paydo bo’ldi. Shuningdek, 2022-yilning oktabrida hukumat qarori bilan OTMlarda masofaviy ta’limni joriy etish to’g’risidagi nizom tasdiqlandi. Unga ko’ra, 2023- 2024-o’quv yilidan davlat va xususiy oliygohlarga masofaviy ta’lim yo’nalishida kadrlar tayyorlashga ruxsat berildi. Onlayn ta’limning afzalliklari: Moslashuvchanlik – onlayn ta’lim talabalarga o’zlariga qulay vaqtda o’qish imkonini beradi. Bu ish bilan band bo’lgan shaxslar uchun juda ham foydali. O’quv resurslarining ko’pligi – talabalar videodars, electron kitoblar kabi ko’plab o’quv materiallaridan foydalanish imkoniyatiga egalar. Vaqt hamda mablag’ tejalishi – an’anaviy ta’lim tizimiga qaraganda ushbu tizim kamroq vaqt hamda mablag’ talab qiladi. Ushbu qulayliklar ko’pchilik uchun ma’qul kelib, onlayn ta’limga bo’lgan talabni talabni kuchaytirishga olib keladi. Ammo bu tizimda bir qancha kamchiliklar ham ko’zga tashlanadi: Jonli muloqotning yetishmasligi – o’qituvchi va talaba o’rtasida muloqot bevosita cheklangan hisoblanib, bu turli muammolarni aniqlashni osonlashtirishi mumkin. Texnik muammolar – bu tez-tez sodir bo’ladigan muammodir. Ta’lim jarayonida internet tezligi yoki qurilma muammolari tufayli dars jarayonlarida uzilishlar kuzatiladi. Motivatsiyani saqlash qiyinligi – ba’zi talabalarda oz’-o’zini nazorat qilish yoki mustaqil ta’lim olish qobiliyati sust bo’ladi. Bu esa ularda motivatsiyani saqlab qolishda to’siq bo’lishi mumkin. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 306 Часть–2_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, onlayn ta’lim ham zamonaviy ta’limning ajralmas qismiga aylanmoqda. Ushbu tizim har tomonlama qulay va samaraliroq. To’g’ri, yuzma-yuz muloqot bo’lmasligi, texnik muammolar bilan bog’liq qiyinchiliklar bo’lishi mumkin, ammo talabalar o’zlarini boshqarishni rivojlantirishi, o’qituvchilarning puxta tayyorgarligi orqali bu tizimda ham ko’zlangan maqsad va yutuqlarga erishish mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Muzaffarova Z. ONLAYN TALIMNING AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARI //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 12. – С. 764- 767. 2. Akmalovna E. A. ONLAYN TAʼLIMNING AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARI //ИКРО журнал. – 2025. – Т. 14. – №. 02. – С. 307-309. 3. G‘ulomboyevna I. S., Mirzaqulovna S. D., Xamzayevich K. N. ONLINE O ‘QUV KURSLARI VA ULARNING TA’LIMDAGI IMKONIYATLARI //SUSTAINABILITY OF EDUCATION, SOCIO-ECONOMIC SCIENCE THEORY. – 2024. – Т. 3. – №. 25. – С. 168-173. 4. The Journal of Distance Learning – ‘’Effectiveness of Online Education’’, 2022. 5. World Economic Forum – ‘’The Future of Online Education’’, 2022. 6. https://lex.uz/docs/-5085887 https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 307 Часть–2_ июня–2025

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada onlayn ta’lim haqida ma’lumot beriladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada onlayn ta’lim haqida ma’lumot beriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Online education, internet, flexibility, technical issues, learning, texnik muammolar, moslashuvchanlik, onlayn ta’lim, o’quv resurslari.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники