К содержанию
РецензированоUZ2025

EKSPORTDA KICHIK BIZNES VAKILLARINING O’RNI

Kadirov Elyor Gafurovich .

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

This article provides an analysis of the export potential and opportunities for small businesses (in the case of agricultural products) to enter the international market, the conditions created for them by the government, the adopted legal documents, their support, and opportunities to enter the international market. Oʻzbekistonda kichik biznes subyektlari iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Mamlakatning tashqi savdo hajmini oshirish va eksport geografiyasini kengaytirish kichik biznes uchun ham yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Hukumat tomonidan eksportni ragʻbatlantirish va xalqaro bozorlarga chiqish uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda. Kichik biznes iqtisodiyotning tarkibiy qismi bo‘lib, ular mamlakatning iqtisodiy barqarorligini ta'minlashda katta rol o‘ynaydi. Kichik biznes deb odatda kichik hajmdagi kompaniyalar yoki korxonalar tushuniladi, ularning xodimlar soni va yillik daromadi cheklangan bo‘ladi. Kichik bizneslar odatda mahalliy https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 317 Часть–2_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 bozorlar bilan shug‘ullanadi, yuqori moslashuvchanlikka ega va tez o‘zgarishlarga moslasha oladi. Kichik biznes subyektlari yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim rol o‘ynaydi. Bu aholi bandligini oshirishga hamda hozirgi kunda eng dolzarb muammolardan biri bo‘lgan ishsizlik darajasini kamaytirishga yordam beradi. Kichik biznes subyektlari iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va raqobatbardoshligini oshirishga yordam beradiю Oʻzbekistonda kichik biznesning eksportdagi ulushi yildan yilga ortib bormoqda. Quyidagi mulohazalar orqali qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini kichik biznesda eksportning muhimligini, ko‘rib chiqamiz: Mamlakatimizda kichik biznes subyektlariga yaratilayotgan sharoitlar, O‘zbekistonning geografik jihatdan qulay joylashuvi, tuproq unumdorligining yuqoriligi, mahsulotlarni tabiiy iqlim sharoitlarida parvarish qilinishi va aholining qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha uzoq yillik tajribaga egaliekanligi natijasida yetishirilatyotgan mahsulotlarga eksportda talab yuqori. Quyida O‘zbekistonning eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlari keltirilgan: Mevalar: Anor — O‘zbekistonda yetishtirilgan anor dunyo bo‘ylab mashhur va yuqori talabga ega. Dunyo bo‘yicha 2-o’rinda turadi, eksport asosan Yevropa, Rossiya va Osiyo mamlakatlariga yo‘naltirilgan. Olma — Eng ko‘p eksport qilinadigan mevalardan biri bo‘lib u betakror ta’mi, nav xilma-xilligi, tabbiy ekologik sharoitlarda yetishtirilganli va yuqori sifati bilan boshqa mamlakatlarnikidan farqlanadi. Yevropa, Rossiya, Sharqiy Osiyo va boshqa davlatlarga eksport qilinadi. Uzum — Mamlakatda uzum ekinlari 120,000 gektar maydonni egallaydi. Uzumning turli navlari, jumladan, quruq uzum va sharbat uchun uzumlar eksport qilinadi. Uzum eksporti faqatgina MDH va Yevropa davlatlari bilan cheklanmaydi u Osiyo mamlakatlariga ham eksport qilinmoqda, shu bilan birga, https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 318 Часть–2_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 eksport geografiyasini kengaytirish uchun yangi bozorlar, jumladan, AQSh va boshqa rivojlangan davlatlar joriy etilmoqda. Gilos — O‘zbekistonning iqlimi gilos yetishtirish uchun juda qulay. Mamlakatning tog‘li hududlarida, ayniqsa Farg‘ona vodiysi, Samarqand va Buxoro viloyatlarida gilosning yuqori hosili olinadi. Gilos eksporti asosan Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Eron, Turkiya va boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlariga yo‘naltiriladi. Yevropa davlatlari ham gilosni import qiladigan bozorlar qatoriga kiradi. 2020-2025 yillar davomida O‘zbekistonning dukkakli mahsulotlari eksporti barqaror ravishda o‘sib bormoqda. No‘xat va fasol kabi mahsulotlarning eksporti sezilarli o‘sishni ko‘rsatmoqda. Yashil dukkaklilar, soya, va loviya kabi mahsulotlarga bo‘lgan talab oshib borishi kutilmoqda, bu esa ularning eksportining kengayishiga yordam beradi. O‘zbekistonning dukkakli mahsulotlarini eksport qilishda asosiy bozorlar, masalan, Rossiya, Turkiya, Xitoy va Yevropa davlatlari davom etmoqda, va yangi bozorlar ochish bu sohaning rivojlanishiga yordam beradi. Kichik biznes subyektlariga, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti bilan shug‘ullanadiganlar uchun moliyaviy yordam va arzon kreditlar ajratilishi ta’minlangan. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari tomonidan kichik biznesga mo‘ljallangan qulay shart-sharoitlar yaratilib, ular eksport qilish uchun zarur bo‘lgan kreditlarni olish imkoniyatiga ega. Kichik biznes subyektlarining qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini rivojlantirish uchun mahsulot sifatini yaxshilash, logistika va ta’minot zanjirini optimallashtirish, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va xalqaro bozorga moslashish kabi strategik yo‘nalishlar orqali katta muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. Bu yo‘nalishlar kichik biznesning eksport salohiyatini oshirish va global bozorlarga muvaffaqiyatli kirish imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi. Kichik

Доказательный фрагмент

«This article provides an analysis of the export potential and opportunities for small businesses (in the case of agricultural products) to enter the international market, the conditions created for them by the governm…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides an analysis of the export potential and opportunities for small businesses (in the case of agricultural products) to enter the international market, the conditions created for them by the governm… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
soya, Rossiya, va yangi bozorlar ochish bu sohaning rivojlanishiga yordam beradi., va loviya kabi mahsulotlarga bo‘lgan talab oshib borishi kutilmoqda, bu esa ularning eksportining kengayishiga yordam beradi. O‘zbekistonning dukkakli mahsulotlarini eksport qilishda asosiy bozorlar, Turkiya, 2020-2025 yillar davomida O‘zbekistonning dukkakli mahsulotlari eksporti barqaror ravishda o‘sib bormoqda. No‘xat va fasol kabi mahsulotlarning eksporti sezilarli o‘sishni ko‘rsatmoqda. Yashil dukkaklilar, masalan, Xitoy va Yevropa davlatlari davom etmoqda
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники