К содержанию
РецензированоUZ2025

KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI SOLIQQA TORTISHNING XORIJIY AMALIYOTI.

TORTISHNING XORIJIY AMALIYOTI.

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarini soliqqa tortishni rivojlantirish jarayonida, xorijiy mamlakatlardagi amaliy tajribalarni tahliliy o‘rganish muhim hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlar misolida kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan soliq tizimi, soliq imtiyozlari va rag‘batlantiruvchi chora-tadbirlarni tahliliy o‘rganish, ularni amaliyotga tadbiq etishda muhi ahamiyat kasb etadi. Ushbu izlanishda xorijiy tajribalar asosida, soliq tizimini takomillashtirish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular milliy iqtisodiyotni yanada liberallashtirish va kichik biznesni rivojlantirishga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: kichik tadbirkorlik subyektlari, soliq, soliq imtiyozi, soliqqa tortish, soliq tizimi. AННОТАЦИЯ. В процессе развития налогообложения субъектов малого бизнеса и предпринимательства важно аналитически изучать практический опыт зарубежных стран. На примере развитых государств особое значение приобретает анализ налоговой системы, налоговых льгот и стимулирующих мер, направленных на поддержку малого бизнеса, а также их применение на практике. В данной статье на основе зарубежного опыта разработаны конкретные предложения и рекомендации по совершенствованию налоговой системы, которые будут способствовать дальнейшей либерализации национальной экономики и развитию малого бизнеса. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 370 Часть–2_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Ключевые слова: cубъекты малого предпринимательства, налог, налоговая льгота, налогообложение, налоговая система ANNOTATION In the process of developing the taxation of small business and entrepreneurship entities, it is important to analytically study the practical experience of foreign countries. Using developed countries as examples, particular significance is given to the analysis of tax systems, tax incentives, and support measures aimed at promoting small businesses, as well as their practical application. Based on foreign experience, this article presents specific proposals and recommendations for improving the tax system, which will contribute to the further liberalization of the national economy and the development of small business. Key words: small business entities, tax, tax incentive, taxation, tax system. KIRISH. Bugungi globallashuv sharoitida mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy raqobat kuchayib borayotgan bir paytda, kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatini yengillashtirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish muhim strategik vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, kichik biznesning o‘sishi va rivojlanishi ko‘p jihatdan unga nisbatan qo‘llanilayotgan soliq siyosati va mavjud soliq tartib-taomillarining qulayligiga bog‘liqdir. Ayrim rivojlangan davlatlar kichik tadbirkorlik subyektlari uchun maxsus soliq rejimlarini joriy etib, ularni rag‘batlantirish orqali iqtisodiy faollikni oshirishga erishgan. Ayniqsa, AQSh, Germaniya, Turkiya, Polsha, Singapur kabi davlatlarda kichik biznesni soliqqa tortish mexanizmlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu tajribalar O‘zbekiston uchun ham amaliy ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Mazkur tadqiqotda turli davlatlarning kichik biznes subyektlariga nisbatan soliqqa tortish amaliyoti o‘rganilib, ularning afzallik va kamchiliklari tahlil qilinadi. Shuningdek, xorijiy tajriba asosida O‘zbekiston soliq tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish maqsad qilinadi. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 371 Часть–2_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 ASOSIY QISM. Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarini soliqqa tortishning xorijiy amaliyotini tahlil qilish, turli mamlakatlarda qo‘llanilayotgan soliq tizimlari va imtiyozlarini o‘rganish orqali milliy soliq siyosatini takomillashtirish uchun muhim ahamiyatga ega. Quyida rivojlangan mamlakatlarda kichik biznesni qo‘llab- quvvatlashga qaratilgan soliq tizimlari, soliq imtiyozlari va rag‘batlantiruvchi chora- tadbirlar tahlil qilindi. Rivojlangan mamlakatlarda kichik biznes uchun korporativ soliq stavkalari va ularga beriladigan imtiyozlar sezilarli darajadagi farqlarga ega. OECD (Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti) tomonidan taqdim etilgan 2024-yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi davlatlarida o‘rtacha korporativ soliq stavkasi 21,27% ni tashkil etadi, OECD mamlakatlari bo‘yicha bu ko‘rsatkich 23,85% ga teng. Ayrim davlatlar kichik biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga nisbatan ancha past darajadagi soliq stavkalarini joriy qilgan. Masalan, Buyuk Britaniyada yillik sof foydasi £50,000 dan kam bo‘lgan kichik korxonalar uchun korporativ soliq stavkasi atigi 19% ni tashkil etadi. Shuningdek, Kanada, Irlandiya, Yaponiya kabi mamlakatlar ham kichik biznes uchun soliq imtiyozlari, soddalashtirilgan hisobot shakllari va yengillashtirilgan audit talablari kabi chora- tadbirlarni tatbiq etib kelmoqda

Доказательный фрагмент

«Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarini soliqqa tortishni rivojlantirish jarayonida, xorijiy mamlakatlardagi amaliy tajribalarni tahliliy o‘rganish muhim hisoblanadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarini soliqqa tortishni rivojlantirish jarayonida, xorijiy mamlakatlardagi amaliy tajribalarni tahliliy o‘rganish muhim hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
small business entities, tax, tax incentive, taxation, tax system, soliq imtiyozi, soliq, soliqqa tortish, soliq tizimi., kichik tadbirkorlik subyektlari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники