К содержанию
РецензированоRU2025

PAREMIOLOGIK BIRLIKLARNING TARJIMA MUAMMOLARI: INGLIZ MAQOLLARINING O‘ZBEK TILIDAGI ADEKVAT IFODASI

Lutfullaxo‘jayeva Vaziraxon Fayzulloxon qizi (Andijon davlat chet tillari instituti,)

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

В данной статье рассматриваются основные проблемы, возникающие при переводе паремиологических единиц — таких как пословицы, поговорки и афоризмы — с английского языка на узбекский. Анализируются лексические, семантические, стилистические и культурные различия, возникающие в процессе перевода. Особое внимание уделяется стратегиям адекватного перевода и подходам, основанным на теориях эквивалентности в переводоведении. Kalit so‘zlar: Paremiologik birliklar, maqol tarjimasi, madaniy tafovut, ekvivalentlik, kontekstual yondashuv, tarjimashunoslik, inglizcha maqollar, o‘zbekcha maqollar. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 376 Часть–2_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Keywords: Paremiological units, proverb translation, cultural differences, equivalence, contextual approach, translation studies, English proverbs, Uzbek proverbs. Ключевые слова: Паремиологические единицы, перевод пословиц, культурные различия, эквивалентность, контекстуальный подход, переводоведение, английские пословицы, узбекские пословицы. Til — bu inson tafakkurining mahsuli va xalqning madaniy boyligini o‘zida mujassam etgan ijtimoiy hodisadir. Har bir millat o‘zining asrlar davomida shakllangan hayotiy tajribasi, dunyoqarashi, qadriyatlari va axloqiy mezonlarini avloddan-avlodga ko‘chirishda til vositasidan, ayniqsa, paremiologik birliklar — ya’ni maqollar, matallar, hikmatli so‘zlar kabi qisqa va obrazli iboralardan keng foydalanadi. Shu bois maqollar xalq donishmandligining eng ixcham, ammo mazmunan chuqur ifodasidir. Paremiologik birliklar har bir xalqning o‘ziga xos tafakkur tarzini aks ettiradi va ko‘pincha o‘sha tilga xos obraz, ramz, konnotatsiya, tarixiy yoki madaniy kontekstga bog‘liq bo‘ladi. Ana shu xususiyatlar esa ularni boshqa tilga tarjima qilish jarayonida murakkabliklar tug‘ilishiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa, ingliz va o‘zbek tillari kabi farqli til guruhlariga mansub tillar o‘rtasidagi tarjimada bu muammo yanada dolzarb tus oladi. Mazkur maqolada ingliz tilidagi maqollarni o‘zbek tiliga tarjima qilishda yuzaga keladigan asosiy muammolar tahlil qilinadi, tarjimada qo‘llaniladigan strategiyalar ko‘rib chiqiladi hamda ayrim maqollar uchun adekvat tarjima namunalari keltiriladi. Shuningdek, tarjimashunoslikdagi ekvivalentlik nazariyalari asosida maqollarni tarjima qilishdagi yondashuvlar baholanadi. Paremiologik birliklar deganda xalq og‘zaki ijodining qisqa, obrazli, ko‘p hollarda nasihat yoki hikmatga asoslangan shakllari – ya’ni maqollar, matallar, aforizmlar tushuniladi. Ular tilning nafaqat grammatik, balki stilistik va semantik jihatdan ham eng boy qatlamlaridan biridir. Bu birliklar xalqning asrlar davomida shakllangan tajribasi, turmush tarzini ifoda etuvchi lingvokulturologik manbalardir. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 377 Часть–2_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Maqollar odatda yakuniy xulosa va umumlashma fikr bildiradi. Masalan, “Oltin olma, duo ol” kabi maqollar insonni ezgulikka chorlovchi, nasihat ohangiga ega bo‘ladi. Matal esa ko‘proq hayotiy holatni ifodalaydi, lekin har doim ham aniq xulosa bermaydi. Misol uchun, “Ish bitganda maslahatchi ko‘payadi” iborasi murakkab ish o‘z yakuniga yetgach unga fikr bildiruvchilar, maslahat beruvchilar ko‘payishi haqidagi kuzatuvni bildiradi. Aforizmlar esa mashhur shaxslar tomonidan aytilgan va keng tarqalgan fikrlarni ifodalaydi. Masalan, Jaloliddin Rumiyning “Yo asling kabi ko‘rin, yo ko‘ringaning kabi bo‘l” iborasi turkiy xalqlar orasida shu qadar mashhurlikka erishganki, ko‘plab insonlar bu aforizmni maqol deb o‘ylaydi. Paremiologik birliklar tilni jonlantiradi, matnga badiiylik, ta’sirchanlik va emotsional yuklama beradi. Ularning qiymati faqat semantik mazmunda emas, balki o‘ziga xos ritm, obrazlilik, nutqiy rang-baranglikda ham namoyon bo‘ladi. Bu birliklar ko‘pincha madaniy, tarixiy va psixologik kontekstlarga boy bo‘lib, muayyan xalqning tafakkuri, qadriyatlari va hayot falsafasini aks ettiradi. Aynan shu murakkablik — ya’ni til va madaniyatning o‘zaro bog‘liqligi — paremiologik birliklarni tarjima qilishni osonlashtirmaydi, balki ko‘plab muammolarni yuzaga keltiradi. Chunki tarjimon nafaqat lug‘aviy moslikni ta’minlashi, balki ushbu birlikning asl mazmunini, hissiy ta’sirini va madaniy zaminini boshqa tilda tabiiy va tushunarli tarzda ifodalashi lozim bo‘ladi. Paremiologik birliklarni tarjima qilish jarayoni, ayniqsa, turli til guruhlariga mansub va turli madaniyat vakillari o‘rtasidagi tarjimada murakkab va mas’uliyatli vazifa hisoblanadi. Chunki maqollar oddiy so‘zlar majmuasi emas, balki xalq tafakkurining yondoshuvi, dunyoni anglash tarzining konsentrlashtirilgan shaklidir. Ularning har biri muayyan kontekstda, ma’naviy va madaniy asosda shakllangan bo‘lib, boshqa tilga ko‘chirishda shunchaki lug‘aviy moslikni topish yetarli bo‘lmaydi. Eng keng tarqalgan muammolardan biri bu — so‘zma-so‘z tarjimaning yetarlicha bo‘lmasligi. Masalan, ingliz tilidagi “When pigs fl

Доказательный фрагмент

«В данной статье рассматриваются основные проблемы, возникающие при переводе паремиологических единиц — таких как пословицы, поговорки и афоризмы — с английского языка на узбекский.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье рассматриваются основные проблемы, возникающие при переводе паремиологических единиц — таких как пословицы, поговорки и афоризмы — с английского языка на узбекский. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Paremiological units, proverb translation, cultural differences, kontekstual yondashuv, maqol tarjimasi, ekvivalentlik, madaniy tafovut, Paremiologik birliklar, tarjimashunoslik, inglizcha maqollar, o‘zbekcha maqollar.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники