Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INGLIZ TILI VA RUS TILINI O’QIRISH METODIKASI
Odilova Ziyodaxon · Farg’ona viloyati Beshariq
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada chet til o`qitish metodikasi haqida, uning fan sifatida rivojlanish tarixi, chet til o`qitish metodikasida qo`llanilayotgan zamonaviy metod turlari va ulardan foydalanish xususida so`z boradi. Kalit so’zlar: metodika, innovatsiya, chet tili, kommunikatsiya, ko`nikma, malaka, didaktika, madaniyatlararo muloqot. Til o`rganish kishilik jamiyatida bag`oyat muhim sohalardan biri hisoblanadi. Muloqot vositasi bo`lmish tilni tabiiy muhitda ya`ni oilada, jamoatchilik orasida yoki uyushgan holda amaliy egallash mumkin. Til hodisalariga oid bilimlar esa nazariy jihatdan o`rgatiladi. Xalqaro munosabatlar avj olgan zamonamizda tillarni bilish, ayniqsa ko`p tillilik ulkan ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda tahsil oladigan o`quvchi va talabalar odatda uch tilni o`rganadilar. Ushbu tillar maxsus nomlar bilan yuritiladi. Bular quyidagilar: ona tili, ikkinchi til, va chet til. Ona tili tafakkur shakllanishida alohida xizmat o`taydigan birinchi til hisoblanadi. Ikkinchi til haqida so`z yuritilganda, unga boshqa millat vakillaridan iborat qardoshlar, qo`shnilar tili sifatida qaraladi. Chet til – bu xorijiy mamlakat tilidir. Respublikamizda G`arbiy https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 408 Часть–2_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Yevropa (ingliz, ispan, nemis, faransuz) tillari va Sharq (arab, turk, fors, xitoy, hind) tillari o`qitilib kelinmoqda. Bu tillar ta`lim muassalarining o`quv rejalaridan o`rin olgan. Uchala tilni o`qitish jarayoni turlicha kechadi. Ona tili va ikkinchi til tabiiy vaziyatda, chet til esa sun`iy muhitda o`rganiladi. Chet tildagi muloqot, asosan, darsda muallim rahbarligida kechadi. Uchala til orasida chet tilni o`rganish va o`rgatish muayyan jihatlari bilan keskin farq qiladi. Bu esa, o`z navbatida, tegishli chet til o`qitish texnologiyasini qo`llashni taqozo etadi. Chet til muallimi metodika fani yutuqlarini puxta o`zlashtirish orqali o`quvchi-talabaning to`plagan til tajribasi me`yorini aniq bilishga va uni yanada takomillashtrishga erishadi. Chet tillarni samarali o`rgatish uning metodikasini bilishni taqozo etadi. Chet tillarni o`rganish va o`rgatish ko`p jihatdan chet til o`qitsih metodikasi masalalarini nazariy tomondan ishlab chiqilishiga va nazariyaning amalda ijodiy qo`llanilishiga bog`liqdir. Metodikaning predmeti – chet til predmeti orqali ta`lim-tarbiya berish jarayoni va usullari, chet til o`rgatish ilmi, muallim va o`quvchi faoliyatini o`rganish metodikaning predmeti sanaladi. Metodikaning asosiy tushunchalari – metod, usul, prinsip. Didaktika- nimani o`rgatamiz? o`qitish mazmuni hisoblanadi. Metodika – qanday o`rgatamiz? ta`lim usullari va metodlari demakdir. Metod – metodika tushunchasi grek-lotincha “metodos-“metodus” so`zidan olingan bo`lib, ma`lum maqsadga eltuvchi yo`llar, usul ma`nosini anglatadi. Turli adabiyotlarda atamaning tor va keng ma`nosini uchratish mumkin. “Metodika” atamasi tor ma`noda ta`limning konkret dars jarayoni bilan bog`liq tushunchani anglatadi. Mashg`ulotlarni rejalashtirish va o`quv materiallarini tayyorlash bilan bog`liq bo`lgan ko`rsatmalarni qamrab oluvchi https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 409 Часть–2_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 boshqariladigan dars jarayoni sifatida talqin etiladi.“Metod” atamasi keng ma`noda o`quv materialini tanlash, tabaqalash va taqsimlanishni nazarda tutadi. Germaniya Federativ Respublikasida 60-yillardan boshlab “didaktika” va “metodika” tor ma`noda qo`llanilib kelinmoqda. Shunga ko`ra didaktika ta`lim mazmuni nima o`rgatiladi? Metodika esa ta`lim usullari qanday o`rgatiladi? Masalalari bilan shug`ullanadi. Chet tillarini o`rganish faqat aqliy tarbiya vositasi emas, balki o`zga madaniyat ta`limiy boyliklari va qadriyatlari bilan tanishish va ularni o`z madaniy hayotiga tadbiq qilish orqali kishi shaxsining shakllanish jarayoni hisoblanadi. Yevropada chet tillarni o`rganish uzoq vaqt yuqori darajadagi ta`lim olishda imtiyoz sanaladi va jamoat maktablarida imtiyozga ega bo`lgan kishilarni tarbiyalash deb qaraladi.Chet til o`qitish metodikasi fan sifatida 200 yildan ortiq tarixga ega. Bu davr ichida chet til o`qitish metodikasiga turlicha munosabatlar bildirilganini kuzatish mumkin. Bunday qarashlardan biri akademik L.V.Shcherbaga mansub hisoblanadi. Uning fikricha, har qanday fanni o`qitish metodikasi fan bo`lishiga qaramasdan, nazariy fan hisoblanmaydi. U amaliy masalalarni hal qiladi.Jumladan, chet til o`qitish metodikasi ham faqat psixologiya dalillariga tayanmaydi, balki umumiy va xususiy tilshunoslik tadqiqotlariga asoslanadi. Agar tilshunoslik til hodisalarining kelib chiqishi va harakatlanish qonuniyatlari bilan shug`ullansa, metodika bu qonuniyatlarga asoslanib zarur til hodisasidan amalda foydalanish uchun nima qilish kerak degan savolga javob beradi. Metodikaga oid kitoblarning eng qimmatlilari ham tilshunoslar tomonidan https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 410 Часть–2_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada chet til o`qitish metodikasi haqida, uning fan sifatida rivojlanish tarixi, chet til o`qitish metodikasida qo`llanilayotgan zamonaviy metod turlari va ulardan foydalanish xususida so`z boradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada chet til o`qitish metodikasi haqida, uning fan sifatida rivojlanish tarixi, chet til o`qitish metodikasida qo`llanilayotgan zamonaviy metod turlari va ulardan foydalanish xususida so`z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- madaniyatlararo muloqot., kommunikatsiya, metodika, innovatsiya, chet tili, malaka, didaktika, ko`nikma
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025