Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
LINGUISTIC MEANS OF CREATING IMAGERY AND SYMBOLS THROUGH LEXICAL UNITS IN UZBEK AND ENGLISH
Sultonova Dildora Zarif qizi · Sultonova Dildora Zarif qizi (Faculty of Philology and)
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
В исследовании анализируется использование метафор, метонимий, фразеологических оборотов и символических выражений, формирующих семантическую глубину высказываний. Особое внимание уделяется сравнительному анализу культурно-языковых особенностей узбекского и английского языков, определяющих специфику создания образов. Также рассматриваются трудности перевода, связанные с семантическими потерями и интерпретацией символических значений. Цель статьи — выявить функциональные возможности лексических средств, раскрыть их роль в отражении национальной идентичности через языковую образность. Ключевые слова: метафора, фразеологизмы, семантика, культурное мышление, стилистика, переводческие трудности, английский язык, узбекский язык, символическое значение. Kirish: Har bir tilning leksik tizimi o‘ziga xos obraz va ramzlar tizimini vujudga keltiradi. Til birliklari, ayniqsa, leksik birliklar – ya’ni so‘zlar, barqaror iboralar, frazeologik birikmalar, metafora, metonimiya va boshqa semantik vositalar tilda obraz va timsollarni yaratishning asosiy manbalaridan biridir. O‘zbek va ingliz tillarining lingvistik xususiyatlari, tarixiy shakllanish jarayoni, madaniy konteksti va xalqona https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 85 Часть–1_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 tafakkur shakllari farqli bo‘lishiga qaramay, har ikkala tilda ham obraz va ramzlarni ifodalovchi leksik birliklar keng qo‘llaniladi. Ushbu vositalar til egasining hayot tarzini, qadriyatlar tizimini va dunyoni idrok etish modelini ochib beradi. Ayniqsa, frazeologizmlar va metaforik ifodalarning har bir til uchun milliy xususiyatga ega bo‘lishi, tarjima jarayonida muayyan semantik yo‘qotishlar yoki moslashtirish zaruratini tug‘diradi. Mazkur maqolada o‘zbek va ingliz tillaridagi leksik birliklar orqali qanday obraz va ramzlar yuzaga kelishi, ularning lingvistik va madaniy asoslari, shuningdek, qiyosiy tahlil asosida o‘zaro umumiylik va farqlar aniqlanadi. Adabiyotlar va metodik tahlil Bu jarayonda tilshunoslik, tarjimashunoslik va madaniyatlararo kommunikatsiyaga oid fundamental manbalar asos qilib olindi. D. A. Cruse o‘zining semantika va pragmatikaga oid tadqiqotlarida leksik birliklarning konnotativ, denotativ va stilistik qatlamlariga alohida e’tibor qaratgan. Aynan shu asosda frazeologizmlarning ramziy mohiyati va ularning kontekstual talqinlari o‘rganildi [1]. O‘zbek tilidagi frazeologizmlar bo‘yicha G. Abdullayeva va A. Mamajonovning ishlari asos qilib olindi. Ular o‘zbek xalq og‘zaki ijodi va milliy madaniyatida timsollikning shakllanishiga oid misollarni tahlil qilib, “yuragi tosh”, “qulog‘iga qum solmoq”, “ko‘ngli yorishmoq” kabi iboralarni semantik jihatdan tasniflaganlar [2;3]. Shuningdek, P. Kussmaul tarjimashunoslikda frazeologik birliklarni adekvat tarjima qilish bo‘yicha metodik yondashuvlarni ishlab chiqqan. U tarjimada ramziy ifodalarni aynanlik emas, balki funktsional muvofiqlik asosida talqin qilish zarurligini ta’kidlaydi [4] D. Normurodovning o‘zbek tilida obraz ifodalari va ramzlarning vujudga kelishida urf-odat, diniy-ma’naviy tasavvurlar va estetik tushunchalar qanday rol o‘ynashi haqida bergan mulohazalari ham tahlilga asos bo‘ldi [5]. Natijalar va muhokamalarTahlillar shuni ko‘rsatdiki, har ikkala til ham obrazlilik va ramziylik jihatidan boy imkoniyatlarga ega bo‘lib, bu xususiyatlar asosan metafora, metonimiya, frazeologizmlar va timsollar orqali ifodalanadi[10]. O‘zbek tilida ramziy ma’no ko‘proq xalq og‘zaki ijodi, diniy tasavvurlar va milliy qadriyatlar bilan bog‘liq bo‘lsa, ingliz tilida bu hodisa tarixiy, adabiy va ijtimoiy kontekstda https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 86 Часть–1_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 namoyon bo‘ladi. Frazeologik birliklarning ramziy mohiyatini tahlil qilish orqali shuni aniqlash mumkinki, ayrim birikmalar har ikki tilda mazmun jihatidan o‘xshash bo‘lsa- da, ularning tasviriy ifoda shakllari va madaniy asoslari turlicha. Masalan, o‘zbek tilidagi “yuragi tosh” iborasi ingliz tilida “heart of stone” bilan mos keladi, biroq bu ikki ifodaning emotsional yuklamasi va ishlatilish doirasi bir-biridan farq qilishi mumkin.[11.12] Muhokamalar shuni ko‘rsatadiki, leksik birliklar orqali yuzaga keladigan obraz va ramzlar faqat tilga emas, balki xalqning milliy mentalitetiga, tarixiy tajribasiga va axloqiy me’yorlariga ham bevosita bog‘liq. Tarjimada esa ushbu birliklarning to‘g‘ri talqin etilishi, ularning madaniy konnotatsiyasini hisobga olish nihoyatda muhimdir. Chunki obraz va ramzlarni o‘z holicha tarjima qilish ularning chuqur ma’nosini yo‘qotib qo‘yish xavfini tug‘diradi. Shuningdek, lingvistik tahlillar tasdiqladiki, har ikki tilda ham ramziy leksik birliklar xalqning hayotiy tajribasi va dunyoqarashining in’ikosi sifatida til vositasida mustahkam joy egallagan. Shuning uchun bu turdagi birliklar til o‘rganishda, tarjimada va madaniyatlararo kommunikatsiyada alohida e’tiborni talab qiladi. Olib borilgan tadqiqotl
Доказательный фрагмент
«В исследовании анализируется использование метафор, метонимий, фразеологических оборотов и символических выражений, формирующих семантическую глубину высказываний.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ исследовании анализируется использование метафор, метонимий, фразеологических оборотов и символических выражений, формирующих семантическую глубину высказываний. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- phraseological units, semantics, cultural mindset, stylistics, Uzbek language, translation challenges, English language
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025