К содержанию
РецензированоUZ2025

AVTOMOBIL OSMALARI TUZILISHI, TURLARI VA ISHLASH PRINSIPINI TAXLILI.

PRINSIPINI TAXLILI. · Katta o’qituvchi. Mamajonov · Abdumalik Hakimovich. · Avazbek Ahmadjon o’g’li.

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada avtomobil osma tizimining tuzilishi, ishlash prinsipi, asosiy vazifalari va turlari yoritib berilgan. Mustaqil va mustaqil bo‘lmagan osma turlari o‘rganilib, ularning afzalliklari va kamchiliklari tahlil qilingan. Shuningdek, zamonaviy havo osmalari va elektron boshqaruvli osmalar haqida ham ma’lumotlar keltirilgan. Amortizatorlar va boshqa osma elementlarining ishlashi, ularning texnik xizmat ko‘rsatish tartibi haqida tavsiyalar berilgan. Maqola avtomobilsozlik yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar, ustalar va avtomobil egalari uchun foydali qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. Kalit so’zlar: Avtomobil osmalari, mustaqil osma, nomustaqil osma, Amortizator, prujina, stabilizator. Avtomobilning osma tizimi – bu yo‘ldagi notekisliklarni yutib, transport vositasining silliq harakatlanishini ta'minlaydigan muhim konstruktiv elementlardan biridir. Ushbu maqolada avtomobil osmalari haqida to‘liq ma’lumot, ularning turlari, ishlash prinsipi va texnik xizmat ko‘rsatish masalalari yoritiladi. Yetakchi g‘ildiraklardan yetaklanuvchilarga itaruvchi kuchni uzatish va tormozlanuvchi g‘ildiraklardagi tormoz kuchi yordamida avtomobilning kinetik energiyasini so‘ndirish uchun g‘ildirakni kuzov bilan bog‘laydigan kuchlarni qabul etuvchi yo‘naltiruvchi richaglar zarur. Yo‘l notekisliklaridan ta’sir etayotgan turtkilardan hosil bo‘layot- gan tebranishlarni so‘ndirish ham kerak. Osmalar tortuvchi va tormozlovchi kuchlarni, yo‘l notekisliklaridan hosil https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 246 Часть–1_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 bo‘layotgan turtkilarni qabul qilib, me’yoriy darajagacha kamayti- rish hamda tebranish amplitudasi va davomiyligini kamaytirish vazifasini bajaradi. Osmalar uchta bo‘lakdan iborat. yo‘naltiruvchi qism, elastik qism, so‘ndiruvchi qism. Transport vositasi harakat qilishi uchun yetakchi g‘ildirakka transmissiya orqali keltirilgan burovchi moment M dan hosil bo‘lgan R kuchini ramaga uzatib, t t ilgarilashga majbur etishi kerak. Bu vazifani yo‘naltiruvchi qism bajaradi. Bundan tashqari, yo‘naltiruvchi qism avtomobil tormozlanishi jarayonida hosil bo‘lgan va ko‘prikni g‘ildirak aylanish yo‘nalishiga teskari buruvchi momentni, hamda yondan ta’sir etuvchi kuchni qabul qiladi. 1-rasm. Osmaning prinsipial sxemasi. Osmaning ish jarayonida yetakchi g‘ildirakka transmissiyadan keltirilgan burovchi momentning itaruvchi Rt kuchi yo‘naltiruvchi qism orqali kuzov (rama)ni oldinga suradi, elastik qism yo‘l notekisliklaridan uzatilayotgan turtkilarni yumshatadi va so‘ndiruvchi qism elastik qism hisobiga vertikal yo‘nalishda harakatlanayotgan kuzov (rama) tebranishini so‘ndiradi. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 247 Часть–1_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 2-rasm. Avtomobil osmalari. Osmaning yo‘naltiruvchi qismi nafaqat ko‘ndalang, bo‘ylama, yondan tasir etayotgan kuchlarni uzatadi, balki g‘ildirakning kuzov (rama)ga nisbatan harakatini ham belgilaydi. Yo‘naltiruvchi qismining turiga qarab osmalar mustaqil va nomustaqil turlariga bulinadi Mustaqil osmalarda chap yoki o‘ng g‘ildiraklar bir-biri bilan bog‘lanmagan bo‘lib, chap (yoki o‘ng) g‘ildirakka yo‘l notekisligidan tasir etgan turtki o‘ng (yoki chap) g‘ildirakka uzatilmaydi. Bunga zamonaviy avtomobillar MATIZ, SPARK, TIKO, NEKSIYAlarning old osmalari misol bo‘la oladi. Nomustaqil osmalarda esa chap va o‘ng g‘ildiraklar bir biri bilan bog‘langan bo‘lib, chap (yoki o‘ng) g‘ildirakka yo‘l notikisligidan tasir etgan turtkilar o‘ng (yoki chap) g‘ildirakka uzatiladi. Yengil avtomobillardan MATIZ, TIKO, DAMAS, NEKSIYA avtomobillarining orqa osmalari, yuk avtomobili va avtobuslarning oldingi va orqa osmalari misol bo‘la oladi. G‘ildiraklarning yo‘lga nisbatan harakatlanishi uning kinemati- kasini belgilaydi. Osma kinematikasi uni kuzov (rama)ni avtomobilning bo‘ylama o‘qiga nisbatan tebranishini taminlaydi va transport vositasining yurish ravonligi, boshqaruvchanligi, turg‘unligi kabi ekspluatatsion xususiyatlariga faol tasir etadi. Osmalarning elastik qismi yo‘l notekisliklaridan uzatilayotgan turtkilarni kamaytirib avtomobilning yurish ravonligini yaxshilaydi. Elastik qismning prujina, ressori, torsion, pnevmoballon va h.k. turlari mavjud. Prujinalar yumalok ko‘ndalang kesimli po‘lat simdan silindirik va bochkasimon qilib yasalishi mumkin. U faqat tik yo‘nalishdagi kuchlarni qabul qilishga mo‘ljallangan, shuning uchun ham u yo‘naltiruvchi qism bilan mahkamlanadi. Torsionlar ham elastik qismning turi bo‘lib, u metall sterjendan iborat. Sterjen bir butun yoki birlashtirilgan bir xil ko‘ndalang kesimli, burilishiga ishlovchi plastinalardan iborat. Torsionning bir uchi kuzovga, ikkinchisi osma richaglariga https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 248 Часть–1_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 mahkamlanadi. Natijada g‘ildirak va kuzovning elastik bog‘lanishi torsionning buralishidan hosil bo‘ladi. Ressoralar osmaning elastik

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada avtomobil osma tizimining tuzilishi, ishlash prinsipi, asosiy vazifalari va turlari yoritib berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada avtomobil osma tizimining tuzilishi, ishlash prinsipi, asosiy vazifalari va turlari yoritib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Avtomobil osmalari, stabilizator., prujina, Amortizator, nomustaqil osma, mustaqil osma
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники