К содержанию
РецензированоEN2025

QADIMGI SHARQ MAMLAKATLARIDA TIBBIYOTNI RIVOJLANISHI

Subanova Sevara Sayfiddin qizi · OlmaliqAbu Ali ibn Sino nomidagi

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

The development of medicine in the ancient East is one of the most important pages in the history of mankind. During this period, a lot of knowledge was accumulated about the foundations of medical science, the causes of diseases and methods of treatment. Ancient civilizations such as Egypt, Mesopotamia, India and China were distinguished by their medical practices. In the countries of the ancient East, medicine was closely connected not only with scientific knowledge, but also with religious beliefs and cultural traditions. Key words: history of medicine, diagnostics, treatment methods, natural medicines, mental and physical diseases, religious beliefs, human anatomy, medical practice. Qadimgi Sharq mamlakatlari, jumladan, Misr, Mesopotamiya, Hindiston va Xitoy, tibbiyot sohasida muhim yutuqlarga erishgan. Ularning tibbiy bilimlari va amaliyotlari bugungi kunda ham zamonaviy tibbiyotga ta'sir ko'rsatmoqda.Qadimgi Misr tibbiyoti papirus deb ataluvchi yozma manbalarda bayon etilgan. Tarixchi olimlar tibbiyotga oid bir necha papirus yozuv manbalari mavjudligini aniqlaganlar. SHulardan birinchisi Imhoteb papirusidir. Buni Imhotebning o'zi yozgan deb faraz qiladilar. Bundan tashqari, yana Georg Ebers, Edvin Smit, Brugsha degan olimlar nomi bilan ataluvchi papiruslar xam Britaniya tibbiy papirusi bor. YAna bulardan tashqari Kahun papirusi mavjudligi haqida ma'lumot-lar bor. Misr tabiblari asosan har xil shifobaxsh o'simliklardan foydalangan, qisman hayvonot mahsulotlarini ham ishlatganlar. Misr tabiblarining fikricha, xar bir kasallikda qo'llaniladigan dori recepti albatta murakkab bo`lishi zarur. Ba'zi receptlar 30-40 ingredientlardan, ya'ni alohida moddalardan tashkil topgan.Qadimgi Misr tabiblari qorinda (ichaklarda) gijjalar bo'lishini xam bilganlar. Misr tabiblari yozib beradigan receptlar tuzilishi xozirgi receptlarga o'xshaydi, balki undan ham to'larokdir. Chunki dori qanday kasallikda qo'llanishilishi xam ko'rsatilgan.Qadimgi Misrda tibbiyot ilm-fan sifatida juda rivojlangan edi. Misr shifokorlari anatomiyani yaxshi bilishar edi va jarrohlik amaliyotlarini muvaffaqiyatli bajara olishardi. Misrda "Ebers papirus" kabi qadimiy tibbiy matnlar saqlangan bo'lib, unda kasalliklar, ularning sabab va davolash usullari https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 256 Часть–1_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 haqida ma'lumotlar keltirilgan. Misrliklar tabiiy dori-darmonlardan, masalan, o'tlardan va mineralardan foydalanishgan. Ular ruhiy kasalliklarni ham inobatga olib, ruhiy salomatlikni saqlashga harakat qilishgan. Jarrohlik kasalliklaridn - har xil jarohatlar chiqqan-singanlarni davolash va xatna qilish bayon etilgan. Jarrohlik haqida Edvin Smit papirusidan to'laroq ma'lumot berilgan. Unda har xil a'zolarning jarrohlik kasalliklari boshdan boshlab, tananing quyi tomonlaridagi a'zolarigacha batafsil bayon etilgan.Misr tabiblari alohida kasalliklar bo`yicha ixtisoslashganlar. Tabiblar kosmetika bilan xam shug'ullanganlar. Tish kasalliklari bo`yicha mutaxassislar kasal tishni davolash va tuzatib bo`lmaydiganini olib tashlash bilan cheklanib qolmay, tishni plombalash usulini xam bilganlar. Xitoyda tibbiyotning rivojlanishi ming yillar davom etgan va u an'anaviy tibbiyot tizimi bilan ajralib turadi. Xitoy tibbiyotida akupunktura, o'tlar bilan davolash va qondan tashqari energiya (Qi) tushunchalari muhim o'rin tutadi. Xitoylik shifokorlar organizmning ichki muvozanatini saqlashga intilishgan va kasalliklarni oldini olishga e'tibor berishgan. "Huangdi Neijing" (Saroy imperatori ichki klassikasi) kabi qadimiy matnlar Xitoy tibbiyotining nazariy asoslarini belgilab bergan. Xitoy- fan, madaniyat va tibbiyot yuksak darajada rivojlanlangan qadimgi sharq mamlakatlaridan biri edi. Qadimgi Xitoy tibbiyotini o`rganishda asosiy manba bo`lib «Ney-Czin» («Odam tabiati va hayoti») nomli kitob xizmat kiladi. Bu kitob «Xuandi Ney Czin» deb yozilgan, deb taxmin qilinadi. Odam organizmining tuzilishi va uning tabiati haqida Qadimgi Xitoy tabiblari samoviy elementlar nazariyasi poziciyasida turganlar, ya'ni ular butun borliq to'rt samoviy element (er, suv, havo, olov)dan iborat bo'ladi, binobarin, odam organizmining asosini xam shular tashkil etadi, deb o'ylaganlar. Kasalliklarni davolashda Qadimgi Xitoy tabiblari boshka xalqlarga bo`lmagan o`zlariga xos usullari ishlab chiqqanlar. SHu usullardan eng mashhurlari uchta - moksa, massaj va igna sanchib davolash usullaridir. Qadimgi Xitoyda ishlab chiqilgan va bu mamlakatda eng keng tarqalgan davo usli akupunktura, ya'ni igna sanchib davolash usulidir. Bu usul bir necha ming yillik tarixga ega. Bu usul hozir xam tiklandi va klinikalarda qo`llanmoqda. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 257 Часть–1_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Qadimgi SHarqning buyuk davlatlaridan biri Hindistondir. Bu mamlakat ham qadimiy an'analarga boy. Qadimgi Hindiston tibbiyoti tarixini o'rganishda asosiy manba bo`lib Ayur Veda

Доказательный фрагмент

«The development of medicine in the ancient East is one of the most important pages in the history of mankind.»

Образец извлечения

Демо-превью

The development of medicine in the ancient East is one of the most important pages in the history of mankind. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
history of medicine, diagnostics, treatment methods, natural, diniy e’tiqodlar, :tibbiyot tarixi, davolash usullari, ruhiy va jismoniy kasalliklar, diagnostika, tabiiy dori darmonlar, inson anatomiyasi, tibbiyot amaliyoti.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники