К содержанию
РецензированоUZ2026

MAHMUDXO‘JA BEHBUDIYNING PEDAGOGIK FIKRLARIDAN FOYDALANGAN XOLDA OILADA BOLALARDA MASULIYATLILIKNI SHAKLLANTIRISH IMKONIYATLARI

SHAKLLANTIRISH IMKONIYATLARI · Eshqurbonova Zulfizar Ilhomjon qizi

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada, Mahmudxo‘ja Behbudiy ning pedagogik fikrlari asosida oilada bolalarda mas‘uliyatli hissini shakllantirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Maqolada oila tarbiyasida farzandlarga mas’uliyatni o‘rgatishning samarali usullari va bu borada ota-onalarning roli ko‘rsatilgan. Shuningdek, Mahmudxo‘ja Behbudiyning pedagogik qarashlari, oilaning tarbiyaviy ahamiyati, va jamiyatdagi o‘zgarishlarga mos ravishda bolalar tarbiyasini yaxshilashning zarurligi muhokama qilinadi. Maqola o‘zbek milliy tarbiyasida mas’uliyatli bolalar tarbiyasi masalasini yoritishda muhim ilmiy-nazariy manba bo‘lib xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: Mas’uliyat, oila, farzand, tarbiya, ta’lim, rivojlanish. Mahmudxo‘ja Behbudiyning pedagogik qarashlari, xususan, oilada kichik yoshdagi bolalar tarbiyasi masalasi, kichik yoshdan boshlab bolalarda mas’uliyat hissini shakllantirishga oid pedagogik fikrlari, o‘zbek xalqi tarbiyasining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Behbudiyning pedagogik qarashlari nafaqat o‘z zamonasining, bugungi kun avlodlarning ham tarbiya va ta’limiga bo‘lgan pedagogik yondashuvida dolzarb ahamiyatga egaligi bilan ajralib turadi. Mahmudxo‘ja Behbudiyning tarbiya sohasidagi qarashlari ko‘p jihatdan ilmiy va insonparvar yondashuvga asoslangan. U o‘zining asarlarida oila va jamiyatning bolalar tarbiyasidagi rolini, ta’lim-tarbiya metodlarini muhim deb hisoblagan. Behbudiyning eng katta yangiligi shundaki, u bolalarni faqat ma’lum bir ilmni o‘rgatish yoki tarbiyalashni emas, balki ularni ijtimoiy, axloqiy va insoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratgan. Chunonchi, Mahmudxo‘ja Behbudiy “Padarkush” dramasida yoshlarni biror-bir kasb-hunar va ilm o‘rgatishga da’vat etish https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 311 Часть–1_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 jamiyatdagi ziyolilarning burchi deb hisoblaydi. Shu boisdan mutafakkir ziyoli obrazi misolida ota-onalarga o‘z farzandlari tarbiyasi va ta’lim olishiga befarq bo‘lmaslik kerakligi uqtirib o‘tadi: “Hozir yangi va boshqa bir zamondir. Bu zamonga ilm va hunarsiz xalqni boyligi, yeri va asbobi kundan-kun qo‘lidan ketgandek, axloq va obro‘yi ham qo‘ldan chiqar, hatto dini ham zaif bo‘lur”1. Adib bu kabi asarlarida yoshlarni ilmli qilishda ko‘proq muallimlar, ziyolilar, o‘qituvchilarning jonkuyarligini ko‘rsatib beradi. Behbudiyning bolalar tarbiyasi haqidagi asosiy g‘oyalari quyidagilardan iboratdir: -oila va jamiyatning o‘zaro bog‘liqligi: Behbudiyning ta’kidlashicha, bolalar oila muhitida shakllanib, jamiyatda o‘z o‘rnini topadi. Oiladagi tarbiya bolaning shakllanishidagi asosiy omil bo‘lib, jamiyatning axloqiy va madaniy asoslarini o‘rgatish oiladan boshlanadi. -erkin fikrlash va mustaqil qaror qabul qilish: Behbudiyning bolalar tarbiyasiga oid qarashlarida erkin fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish, va o‘zini o‘zi anglashning ahamiyati katta. Bu, ayniqsa, bola psixologiyasini chuqur tushunish va unga mos ravishda tarbiya berishning zarurligini ta’kidlaydi. -tabiatga va atrof-muhitga hurmat: Behbudiyning tarbiyaviy qarashlarida tabiat va atrof-muhitga hurmat, insoniyat va tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlikka katta ahamiyat berilgan. U bolalarni tabiatga bo‘lgan mehr-muhabbat va ehtiyotkorlikka o‘rgatishning zarurligini ko‘rsatgan. Oila – bolalar tarbiyasining boshlang‘ich va eng asosiy bosqichi bo‘lib, bu yerda bolaning psixologik, axloqiy va madaniy rivojlanishining poydevori qo‘yiladi. Behbudiyning fikrlaridan kelib chiqib, oila boshqaruvining bolalar tarbiyasidagi o‘rni katta. Oila boshqaruvi muhitida Behbudiyning fikrlarini qanday qo‘llash mumkinligi quyidagi jihatlarda ko‘rsatiladi: 1 Behbudiy Mahmudxo‘ja.Tanlangan asarlar. –T.:Ma’naviyat, 2006.-43 b. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 312 Часть–1_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 1. Bolaga mehr va e’tibor ko‘rsatish: Behbudiyning g‘oyalari, bola psixologiyasini hisobga olgan holda, oilada bolaning hissiy holatini tushunish va unga mehribonlik bilan yondashishni talab qiladi. Oila muhitida bola o‘zini erkin his qiladi va bu uning o‘sishi va rivojlanishiga yordam beradi. 2. Oiladagi kommunikatsiyaning o‘rni: Behbudiyning fikriga ko‘ra, oiladagi kommunikatsiya bolaga ta’sir etishda muhim o‘rin tutadi. Aytgancha, oila ichida bola va ota-onalar o‘rtasidagi suhbatlar, muomala, o‘zaro fikr almashish, bolaning dunyoqarashi va axloqiy rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. 3. Ijtimoiy me’yorlar va axloqiy qadriyatlarni singdirish: Behbudiyning g‘oyalariga asoslanib, oila a’zolarining bola tarbiyasida qat’iy va adolatli bo‘lishi zarur. Oiladagi har bir a’zo o‘z mas’uliyatini his etishi, bolaning ijtimoiy qadriyatlarni to‘g‘ri o‘zlashtirishiga ko‘maklashishi lozim. 4. Bolaga mas’uliyatni o‘rgatish: Behbudiyning fikriga ko‘ra, bola o‘z ishlariga mas’uliyat bilan yondashish, qat’iyatli va mustaqil bo‘lishi kerak. Oila sharoitida bola o‘z vazifalarini bajarish, vaqtini to‘g‘ri tashkil etish, o‘z xatolaridan o‘r

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada, Mahmudxo‘ja Behbudiy ning pedagogik fikrlari asosida oilada bolalarda mas‘uliyatli hissini shakllantirish imkoniyatlari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada, Mahmudxo‘ja Behbudiy ning pedagogik fikrlari asosida oilada bolalarda mas‘uliyatli hissini shakllantirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tarbiya, rivojlanish., farzand, ta’lim, oila, Mas’uliyat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники