К содержанию
РецензированоUZ2025

QASHQADARYO SHAHAR MANZILGOHLARI RIVOJLANISHIDA TRANSPORT YO’LLARINING TA’SIRI

TRANSPORT YO’LLARINING TA’SIRI · Abdishukurova M.A. –

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

This article analyzes the importance of transport routes in the development of urban settlements in the Kashkadarya region. It is also noted that transport communications play an important role in the emergence and development of cities, as well as being one of the main levers for managing urban development. Key words: Kashkadarya region, transport, urbanization, Shahrisabz, infrastructure, regional development, mineral resources, raw materials. Transport kommunikatsiyalari shaharlarning vujudga kelishi va rivojlanishida muhim rol o’ynash bilan bir vaqtda shaharlar taraqqiyotini boshqarishning asosiy dastaklaridan biri hisoblanadi. N.N.Baranskiy aytganidek, shaharlar va yo’llar har bir hududning o’ziga xos ,,qovurg’asi” , iqtisodiy geografiyasining o’zagi va asosi hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda , Qashqadaryo ham urbanistik hudud , yo’l va yo’laklar shakllangan. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 339 Часть–1_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Qashqadaryo transport tizimining o’ziga xos tomoni yirik avtomobil va temir yo’llarining bir-biriga parallel ravishda o’tkazilganligi bo’lib, viloyatning asosiy shaharlari aynan shu yo’llar yoqasida shakllangan. Bugungi kunda mintaqa shaharlar manzilgohlarining hududiy qiyofasini beshta avtomobil yo’llari belgilab beradi. Shundan asosiy ahamiyatga ega bo’lgan, Toshkent- Termiz Katta O’zbek trakti va Buxoro –Qarshi yo’nalishlari viloyatning asosiy transport tizimi hisoblanadi. Qadimda Buyuk Ipak yo’li o’tganligi sababli ham, viloyatning Shahrisabz, Kitob, G’uzor singari ko’xna shaharlari aynan mazkur yo’l bo’yida bunyod bo’lgan va asrlar davomida rivojlanib kelgan. Respublika ahamiyatiga ega bo’lgan Buxoro – Qarshi avtomobil yo’llari bo’ylab esa viloyat shaharlarining atigi 11,4 foizi , shahar aholisining esa 30 foizidan ortig’i joylashgan . Albatta , bunda transport markazi bo’lgan Qarshi shahri aholisining mazkur yo’nalishga qo’shib hisoblanganligi shahar aholisining keskin ortishiga sabab bo’lgan. Bunda avvalo qo’riq yerlarda yangi avtomobil yo’llarini qurish va transport infrastrukturasini rivojlantirishga e’tibor qaratildi. Shu maqsadda viloyat miqyosidagi Tolimarjon – Qarshi va ko’plab mahalliy ahamiyatga ega avtomobil yo’llari qurildi. Hozirgi vaqtda mintaqaning Beshkent, Yangi- Nishon va Tolimarjon shaharlari mazkur hududda joylashgan. Mustaqillik yillarida Toshg’uzor –Boysun- Qumqo’rg’on temir yo’lining qurilishi va ushbu yo’l negizida ko’plab yangi transport infratuzilmasi tarmoqlarining tarkib topayotganligi , Dehqonobod va shunga o’xshash shaharchalarning har tomonlama rivojlanishiga keng imkoniyatlar yaratadi. Shu bilan birga bu yo’l o’tmishda foydalanilmay kelayotgan Hisor tog’ining mineral-xom ashyo resurslarini o’zlashtirish va yangi ishlab chiqarish obyektlarini tashkil etilishida muhim o’rin tutadi. Transport yo’llari o’zaro tutashib, yangi shaharchalarning vujudga kelishiga , shuningdek , ijtimoiy infratuzilma sifatida shaharlarning kengayishiga zamin hozirlaydi. Binobarin , shaharlar rivojlanishini tartibga solishda transport kommunikatsiyalaridan keng foydalanish talab etiladi. Qashqadaryo viloyatida hozirgi https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-72 340 Часть–1_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 transport tizimida avtomobil yo’llari yetarli darajada shakllangan bo’lib, galdagi vazifa mavjud yo’llarni zamonaviy talablar asosida takomillashtirish va yo’lbo’yi ijtimoiy infratuzilma shaxobchalarini yanada rivojlantirish hisoblanadi. Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, viloyatning asosiy shaharlari temir yo’l tarmoqlari bilan yaxshi ta’minlangan. Temir yo’llar hudud tabiiy resurs salohiyatidan samarali foydalanishda , yirik sanoat obyektlarining qurilishida, aholining yangi ish o’rinlari bilan ta’minlashda, pirovardida shaharlarning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotida , yangi o’sish qutb va markazlarining shakllanishida muhim o’rin tutadi. Shu sababli kelajakda viloyat temir yo’llarini elektrlashtirish va yangi temir yo’l transport vositalarini amaliyotga tadbiq qilib borish , yo’l bo’yi iqtisodiyoti va infratuzilmani rivojlantirish maqsadga muvofiq. Shu bilan birga Qashqadaryo doirasida ayrim ichki ahamiyatga ega temir yo’llarni qurish ham viloyat ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Qashqadaryo viloyati miqyosida Ayritom- Chiroqchi – Yakkabog’ temir yo’l liniyasi qurilishini taklif qilish mumkin.Yani bunda birinchi navbatda Chiroqchi va unga yaqin yangi shaharchalar temir yo’l infratuzilmasi bilan ta’minlanadi, Chiroqchi dashtining neft-gaz va boshqa tabiiy mineral resurslaridan yanada intensiv foydalanish imkoniyatlari oshadi. Shuningdek, mintaqaning Kitob, Shahrisabz, Yakkabog’, Qamashi shaharlarini respublikaning shimoli-sharqiy viloyatlari bilan bog’lovchi hozirgi yo’lga nisbatan masofa 120-150 km.ga qisqaradi va tashilayotgan mahsulotlar tannarxining pasayishiga sezilarli ta’sir etadi. Bu holat ayniqsa Kitob- Shahrisabz boti

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the importance of transport routes in the development of urban settlements in the Kashkadarya region.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the importance of transport routes in the development of urban settlements in the Kashkadarya region. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kashkadarya region, transport, urbanization, Shahrisabz, xom-ashyo., hududiy rivojlanish, urbanizatsiya, infratuzilma, Qashqadaryo viloyati, mineral resurs
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники