К содержанию
РецензированоUZ2026

KATTAQO‘RG‘ON ADABIY MUHITIDA XOLIS IJODINING TUTGAN O‘RNI

Abdusoliyeva Shahnoza Qahramon qizi · Ilmiy rahbar: Rustamov Mirjalol

Interpretation and researches · 1 · 2026

Аннотация

Maqolada Kattaqo‘rg‘on adabiy muhitining shakllanishi va taraqqiyotida o‘ziga xos iz qoldirgan ijodkor — Xolis (Sharof Qobulov)ning badiiy merosi tahlil qilinadi. Shoir ijodidagi g‘oyaviy yo‘nalishlar, vatanparvarlik, muhabbat, do‘stlik va insoniylik motivlari, she’riy uslub xususiyatlari misollar asosida yoritiladi. Ayniqsa, “Kattaqo‘rg‘onim”, “Do‘stlar suhbati” va “Arzimas” she’rlarining tahlili Xolis poetikasini chuqur anglashga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: Kattaqo‘rg‘on adabiy muhiti, Xolis, g‘oyaviy-badiiy xususiyatlar, mahalliy adabiy maktab, milliy adabiyot. XX asr o‘zbek adabiyotining shakllanishida viloyatlarda vujudga kelgan adabiy maktablarning o‘rni katta bo‘lgan. Xususan, Kattaqo‘rg‘on adabiy muhiti o‘zining boy madaniy an’analari, ma’rifatparvarlik g‘oyalari va lirik she’riyati bilan ajralib turgan. Bu muhitda Xolis nomi bilan tanilgan Sharof Qobulovning ijodi alohida o‘ringa ega bo‘lib, bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Xolis — hayoti va ijodi Sharof Qobulov (Xolis) — XX asr o‘zbek she’riyatida aruzda ijod qilgan, xalqona ruhni zamonaviylik bilan uyg‘unlashtira olgan shoirlardan biridir. U asli binokorlik (quruvchilik) bilan shug‘ullangan bo‘lishiga qaramay, she’riyatda ham iz qoldirgan. Xalq shoirlari Erkin Vohidov va Sobir Abdulla unga yuksak baho bergan. Shoirning she’rlarida insoniylik, vatanparvarlik, muhabbat, ota-onaga hurmat va do‘stlik g‘oyalari asosiy o‘rinni egallaydi. Xolis ijodining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari. Xolis ijodi keng mavzularni qamrab oladi. Ishqiy lirikasi faqatgina yorga emas, balki ona, Vatan, do‘st va kasbga bo‘lgan muhabbatni ham tarannum etadi. Uning she’riyati sodda, ohangdor, xalqona va kuchli obrazlilikka ega. Shoir tashbeh, epifora, tazod, istiora kabi badiiy san’at vositalaridan mahorat bilan foydalangan. She’rlar tahlili 1. “Kattaqo‘rg‘onim” Bu she’rda shoir o‘z ona yurti Kattaqo‘rg‘onni yuksak badiiy til bilan madh etadi: “Zarafshon vodiysining zargarisan, 214 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 12 (58) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Sadaf sohillarining gavharisan.” Shoir Kattaqo‘rg‘onni qimmatbaho toshlarga qiyoslab, shaharni metaforalar orqali ideal vatan obraziga aylantiradi. “Kattaqo‘rg‘onim” so‘zining takrorlanishi esa epifora san’atidan dalolat beradi va poeziyaga ritm kiritadi. 2. “Do‘stlar suhbati” “Yaxshi do‘stlar suhbati ayshu farog‘atdan shirin, Navbahor gullar aro topgan halovatdan shirin.” Baytda do‘stlar bilan suhbatning qadri dunyoviy ne’matlardan baland qo‘yiladi. Shoir tazod san’atidan foydalangan holda moddiy va ma’naviy qadriyatlarni qarama- qarshi qo‘yadi, natijada chin do‘stlikning yuksakligini ta’kidlaydi. Ushbu she’r do‘stlik, samimiyat va insoniy munosabatlarni yuksak qadrlash ruhida yozilgan. Shoir turli tashqi go‘zalliklar va dunyoviy lazzatlar bilan solishtirib, chin yurakdan chiqqan do‘stona aloqalarni ulug‘laydi. Asarda ruhiy yaqinlik, ya’ni do‘stlik moddiy boyliklardan ustun qo‘yilgan — bu g‘oya o‘zbek adabiy an’analarining muhim yo‘nalishidir. 3. “Arzimas” “Kim Vatan qadrini bilmas, Nomi inson arzimas.” “Elga bersa qaysi farzand, Ona mehri matlabin Ul muhabbatsiz bashar, Qalbiga imon arzimas.” Bu she’rda shoir Vatan sevgisini imon va insonlik bilan bog‘laydi. She’r kuchli ijtimoiy ohangda yozilgan bo‘lib, xalqni Vatan qadriyatlariga sadoqatli bo‘lishga undaydi. Tashbeh, tazod va talmeh kabi vositalar keng qo‘llangan. Mazkur g‘azallarda muallifning yuksak badiiy mahorati, nozik tafakkuri va chuqur ruhiy kechinmalari yaqqol namoyon bo‘ladi. Ularda vatanga muhabbat, sadoqat, hijron, dunyo g‘amidan holi ilohiy muhabbat singari eltuvchi mavzular asosiy o‘rinni egallaydi. Shoir o‘zining obrazli tili, nozik tashbeh va mubolag‘alari orqali o‘quvchini hayratga soladi, uni fikr va tuyg‘u olamiga yetaklaydi. Har bir baytda chuqur ma’no, falsafiy qarash va go‘zallik uyg‘unlashgan bo‘lib, bu g‘azallar o‘zbek adabiyotining bebaho durdonalaridan biri sifatida qadrlanadi. Xulosa Xolis ijodi — Kattaqo‘rg‘on adabiy muhitining yorqin namunalaridan biridir. U an’anaviy uslubda, ammo zamonaviy g‘oyalarni ilgari surgan ijodkordir. Uning she’rlari orqali xalq qalbiga yaqin bo‘lgan insoniy qadriyatlar, ma’naviyat, vatanparvarlik va do‘stlik singari tushunchalar go‘zal poetik shaklda ifodalanadi. Xolis asarlarini o‘rganish bugungi yoshlar uchun ham ma’naviy maktab bo‘lib xizmat qilishi mumkin. 215 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 12 (58) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Bekmurodov I. Kattaqo‘rg‘onning qisqacha tarixi. – Samarqand: “Zarafshon” nashriyoti, 1993. – B 122 2. Kattaqo‘rg‘on: kecha va bugun. – Samarqand. “Zarafshon” nashriyoti, 1994. – B 96 3. Xolis Muhabbat navosi. – Toshkent: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1983. – B 72. 4. Xolis Oshiqlar qo‘shig‘i. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1975. – B 48. 5. Xolis Saylanma. –Toshkent: Mumtoz so‘z, 2008. – B 203. 216

Доказательный фрагмент

«Maqolada Kattaqo‘rg‘on adabiy muhitining shakllanishi va taraqqiyotida o‘ziga xos iz qoldirgan ijodkor — Xolis (Sharof Qobulov)ning badiiy merosi tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada Kattaqo‘rg‘on adabiy muhitining shakllanishi va taraqqiyotida o‘ziga xos iz qoldirgan ijodkor — Xolis (Sharof Qobulov)ning badiiy merosi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kattaqo adabiy, kattaqo onim, stlar suhbati, nashriyoti xolis, adabiy muhitining, sharof qobulov, vatanparvarlik muhabbat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники