К содержанию
РецензированоUZ2026

LUQMON BO’RIXONNING “TEMIR YO‘L” ROMANIDA IJTIMOIY-IQTISODIY MUAMMOLAR TASVIRINING O‘ZIGA XOSLIGI

Tursunboyeva Mubina · Ilmiy rahbar: Parpiyeva Mavjuda

Interpretation and researches · 1 · 2026

Аннотация

This article explores the philosophical and spiritual analysis of reality in contemporary Uzbek prose, examining the deep and dark layers of the hero's psyche, and the principle of deep reflection on the meaning and essence of human life, using the example of an analysis of the story "The Railway or the Trembling Mountain" by Luqman Borikhon, a well-known representative of Uzbek prose. Kalit so’zlar: nasr, epika, qissa janri, qissachilik, badiiy mushohada, voqelik, obraz, monolog, dialog, ruhiy tasvir, ruhiyat, qahramon ruhiyati, psixologizm, badiiy mahorat, ijodkor mahorati. Keywords: prose, epic, story genre, storytelling, artistic observation, reality, image, monologue, dialogue, mental image, psyche, hero's psyche, psychologism, artistic skill, creative skill. Badiiy adabiyot davr bilan chambarchas bog`liq. Har qanday epik asar borki, u qaysi mavzuda bo`lishidan qat`i nazar, o`zida davr nafasi, ruhiyati, jamiyat muammolarini aks ettiradi, bu roman janrining asosiy spetsifik xususiyati hisoblanadi. Mustaqillikning eng buyuk ne’mat ekanligi, unga erishish uchun, uni saqlash uchun qiyinchilik-u mashaqqatlarga sabr va bardosh bilan chidash, halol mehnat bilan chin dildan harakat qilish kerakligi “Temir yo`l yoxud titrayotgan tog” romanida mahorat bilan tasvirlanadi. Romanda temir yo`lchilarning mashaqqatli mehnati, fidokor va bunyodkorligi rang-barang obrazlar yordamida hikoya qilinib, temir yo`l qurilishi jarayonlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar badiiy yo`sinda ochib beriladi. Yuqorida ta`kidlangan jihatlar romanning dastlab yuzaga chiqadigan problematikasi hisoblansa, chekka bir qishloqning turfa xarakterdagi odamlariga temir yo`l qurilishining ta`siri roman botinidan anglashiladi. 135 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 12 (58) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Istiqlol adabiyotining asosiy xususiyatlaridan biri personajni faqat ijobiy, yoki mutlaq salbiy sifatida baholamay, uni alohida individ sifatida yaxshi-yomon jihatlarini aks ettirishdir. “Temir yo`l” romanida qahramonlarga mana shu pozitsiya orqali tavsif beriladi. Ammo baribir bosh qahramon sifatida Dilshodbek xarakterini muallif mutlaq ijobiy tasvirlaydi. Dilshodbek – mohir usta, barchaga birday yordam beruvchi mehribon inson, ko`ngil kishisi. Boshqa qahramonlar (masalan, Zargarov) uchun u ko`zgu vazifasini bajaradi. Zargarov Dilshodbekning tog`lik qiz Gulsaharga samimiy muhabbatini o`zining oilasi bilan, o`z hayoti bilan qiyoslaydi. Zargarov o`zida Dilshodbek singari muhabbat yo`qligi, uning rafiqasi Sora allaqachon uyining bir jihoziga aylanib ketganligini his qiladi. Undagi qalban yolg`izlik hislari, “ichki men”idagi g`alayonlar Nurboy baxshining Barchinoy tilidan aytilgan “yo`l qaratgan begim-a-a” monologi kuylanishi orqali yanada oydinlashadi. Qishloqning yetim bolasi Jadgarda u o`z bolaligini ko`radi. Yozuvchi o`zini butunlay ishga bag`ishlagan rahbar qismatini mana shu tarzda tasvirlaydi. Yozuvchi Zargarovning ismini ham Dovudbek deya tanlashi bejiz emas. Dovud alayhissalom payg`ambarlardan biri hisoblangan. Yaratgan tomonidan har qaysi payg`ambarga alohida qobiliyat ato etilgan bo`lib, Dovud alayhissalom temirchilikning asoschisi hisoblanadi. U temirdan har xil narsalar yasab kun ko`rgan. Roman qahramoni Dovudbek Zargarov ham temir yo`llar tarmog`ida ko`p yillardan buyon faoliyat yuritadi. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq mamlakatimizda qator ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlar ro`y berdi. Bu jarayon temir yo`llar tarmog`ini ham chetlab o`tmadi. 2000-yillarda respublikamizda temir yo`l tarmog`ini yanada takomillashtirish maqsadida olis hududlarni birlashtiruvchi temir yo`llar yotqizildi. Ahamiyatlisi shundaki, bu magistral yo`llarning asosiy qismi tog`-u biyobonlar bag`rida joylashgan bo`lib, matonatli ishchilar ana shu tog` bag`ridan temir yo`l liniyasini o`tkazdilar. Ushbu ulkan bunyodkorlik mamlakatimiz iqtisodi va sanoati uchun muhim bir tarixiy voqea bo`ldi. Bunda hormay-tolmay ishlagan temir yo`lchi- muhandislarning alohida xizmati bor. Yozuvchi mana shu tarixiy faktlarni badiiy talqinda aks ettiradi: Qalin poshnali charm poyabzallar temir yo`l ko`tarmasiga chuqur-chuqur botib ketadi. Shag`al-mayda tosh uyumlari ayanchli g`ijirlaydi. Botinkalar bo`g`zidagi teshikchalardan tosh-qum kukunlari kirib, oyoqlarni timdalaydi, zirqiratadi. Sarg`ish kaskalar tagidan sizayotgan qop-qora ter yuz- ko`zlarni achishtiradi, g`ashlantiradi 38. Ishchilar o`rtasidagi oqibat, insof milliy qadriyatlarimiz negizi sifatida yaponlarni ham lol qoldirishini asar qahramonlaridan Ikromiddin akaning do`stiga yordami orqali tasvirlaydi. Yapon mehmonlarning “Sizlarning ishlaringizdan odamlaringiz buyuk ekan” degan ta’kidi o`zbek millatiga berilgan baho sifatida yangraydi. 38 Бўрихон Луқмон. Темир йўл ёхуд титраётган тоғ. – Т.: O`ZBEKISTON, 2009. – Б.111. 136 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 12 (58) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Muallif shunchaki temir

Доказательный фрагмент

«This article explores the philosophical and spiritual analysis of reality in contemporary Uzbek prose, examining the deep and dark layers of the hero's psyche, and the principle of deep reflection on the meaning and e…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article explores the philosophical and spiritual analysis of reality in contemporary Uzbek prose, examining the deep and dark layers of the hero's psyche, and the principle of deep reflection on the meaning and e… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
prose, epic, story genre, storytelling, artistic observation, reality
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники