К содержанию
РецензированоUZ2026

“OTAMDAN QOLGAN DALALAR” ROMANIDA TARIXIY VA IJTIMOIY HAYOTNING SOTSIOLOGIK METOD ASOSIDA YORITILISHI

Suyumova Umrixon

Interpretation and researches · 1 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romanida tasvirlangan tarixiy va ijtimoiy muhit keng miqiyosda tahlil qilinadi. Asarda XX asrning ikkinchi yarmi O‘zbekiston qishlog‘idagi hayot, kolxoz tuzumining ta’siri, insonlar ongidagi o‘zgarishlar, ma’naviy va moddiy qadriyatlar,ruhiy zo‘riqishlar to‘qnashuvi badiiy yoritiladi. Maqola IMRAD tuzilishiga asoslangan holda, roman orqali tarixiy davr va ijtimoiy jarayonlarning qanday kechganligini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: tarixiy davr, kolxoz, sotsiologik metod, sovet hukumati, mustamlakachilik, ijtimoiy hayot, totalitar tuzum, qizil imperiya Annotation: This article provides a comprehensive analysis of the historical and social environment depicted in Togay Murad’s novel "Otamdan qolgan dalalar" ("The Fields Inherited from My Father"). The novel artistically portrays the life of an Uzbek village in the second half of the 20th century, the influence of the kolkhoz (collective farm) system, changes in people’s consciousness, conflicts between spiritual and material values, and psychological tensions. Based on the IMRAD structure, this article examines how historical periods and social processes are reflected through the novel. Keywords: historical period, kolkhoz, sociological method, Soviet government, colonialism, social life, totalitarian regime, Red Empire. 1. KIRISH (INTRODUCTION) Adabiyot xalq ma’naviyatining ko‘zgusidir. Har bir davr adabiyoti o‘z zamonasining ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy,madaniy hayotini o‘zida aks ettiradi. XX asrning ikkinchi yarmi o‘zbek adabiyotida, xususan nasrda, qishloq hayoti, dehqonlarning og‘ir hayotiy kurashlari, shaxs va jamiyat o‘rtasidagi ayovsiz ziddiyatlar keng yoritilgan. Tog‘ay Murod – o‘z ijodida xalq ruhiyatini,orzu umidlarini chuqur aks ettira olgan yozuvchilardan biridir. Uning “Otamdan qolgan dalalar” romani orqali o‘zbek qishloq hayotining o‘tmishi, ijtimoiy muammolari, meros va zamonaviylik o‘rtasidagi ziddiyatlar batafsil tasvirlanadi. Ushbu maqolaning maqsadi – asarda tarixiy va ijtimoiy muhit qay tarzda yoritilganini tahlil qilish. 122 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 12 (58) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 2. USLUBIYOT (METHODS) Maqolani yozishda adabiy-tahliliy, tarixiy-komparativ va kontekstual usullardan va sotsiologik metoddan foydalanildi. Asarda qahramonlar obrazlari, ularning jamiyatga bo‘lgan munosabati, ijtimoiy va ma’naviy qadriyatlar, syujet rivoji va muallif uslubi keng tahlil qilindi. Shuningdek, zamonaviy adabiy tanqid nuqtayi nazaridan roman voqealari baholandi va kerakli xulosalar chiqarildi. 3. NATIJALAR (RESULTS) Asarda yoritilgan tarixiy va ijtimoiy muhit quyidagicha ko‘rsatiladi: 1. Sovet davridagi kolxoz tuzumining xalq hayotiga ta’siri chuqur ochib berilgan. Dehqonlarning o‘z yeri ustidan egalik huquqini yo‘qotishi, majburiy mehnat, hisobot uchun bajariladigan ishlar, haqiqatdan yiroq statistika,oilasidan ham ko‘ra dala va paxtaga bog‘lanib qolishi – bularning barchasi haqiqiy ijtimoiy muammolar sifatida ko‘zga tashlanadi. 2. Asarda ikki avlod – ota va farzand o‘rtasidagi ijtimoiy holat ko‘rsatiladi. Otaning dala bilan bog‘liq qadriyatlari,ulug‘vorligi o‘g‘ilning esa zamonaviylikka intilishi jamiyatdagi o‘zgarishlarni ifodalaydi.Ular orqli o‘zbek xalqining 130 yil mustamlakachilik ostida kechgan hayoti badiiiy mahorat bilan o‘quvchiga yetkazilgan. 3. Dala obrazi – bu nafaqat yer, balki tarix, milliylik, o‘zlikni anglash va hayot ma’nosining badiiy timsolidir. Otaning o‘z dalasini asrab qolishga bo‘lgan intilishi orqali inson va yer orasidagi ajralmas bog‘liqlik aks ettiriladi.Asar qahramonlari ona zaminni,zilol suvni yaratganning tuhfasi deya suyib ardoqlagan, uni bolasiday mehr berib ezozlaydi 4. Asardagi qahramonlar (ota, o‘g‘il, qishloq aholisi, kolxoz rahbarlari,sovet hukumati vakillari) – turli ijtimoiy qatlam vakillari bo‘lib, ular orqali davrning murakkab ijtimoiy tarkibi, ko‘rsatiladi.Yozuvchi qalamga olgan har bir voqea,obraz orqasida millat taqdiri oddiy xalq qiyofasi jonlanadi. 5. Muallif til uslubi, badiiy vositalar, simvol va ramzlar orqali ijtimoiy muhitni jonli, ta’sirchan tarzda yoritadi.Bunday ramziy obrazlardan biri Dehqonqul. U totlitar tuzum, qizil imperiya siyosati tarbiyalab yetishtirgan ’’mehnat kishisi‘‘timsoli, mustabid hokimyat chirkin mafkurasining tirik qurboni. 4. MUHOKAMA (DISCUSSION) Tog‘ay Murod o‘z asarida ijtimoiy muhitni bo‘rttirmasdan, real voqelikni ko‘rsatishga harakat qiladi. Asarda kolxozlashtirish tizimi ostida ezilgan insonlarning ruhiy kechinmalari, ularning jamiyatga bo‘lgan ishonchi, qadriyat va an’analar uchun kurashi katta badiiy mahorat bilan ochib berilgan. Qahramonlarning ichki iztirobi, ularning o‘ziga va jamiyatga bo‘lgan munosabati orqali adib davr ijtimoiy holatini yorqin namoyon qiladi. 123 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 12 (58) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Bunga misol Dehqonqulning “paxta ishi” sababli qamal

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romanida tasvirlangan tarixiy va ijtimoiy muhit keng miqiyosda tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romanida tasvirlangan tarixiy va ijtimoiy muhit keng miqiyosda tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
historical period, kolkhoz, sociological method, Soviet government
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники