К содержанию
РецензированоUZ2026

AYOL IJODKORLAR NASRIDA POETIK TILNING XUSUSIYATLARI ( J.Ergasheva va M.Axmedova asarlari misolida)

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Toshqulova Zebiniso Baxriddin qizi (in-academy.uz/index.php/si) · semantik tahlil (Termiz davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti) · Muhammad Yusuf (Termiz davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti)

Interpretation and researches · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada o‘zbek she’riyatining ijodkorlari ijodida uchraydigan tun va tong so‘zlarining qo‘llanilganligi, ularning semantik tahlili o‘rganildi. Davrlar mobaynida bu ikki leksemaning semasi qanday ramziy ma’nolarni anglatganligi, ijodkorlar she’riyatida ularning yashagan davri, muhiti, yo‘nalishi nuqtayi nazaridan turli xil ma’nolarni anglatganligi yoritildi. Inson ruhiy holatini ifodalashda, undagi hissiyotlarni, dardlarini, orzularini anglatishda foydalanilganligi bayon etildi. Kalit so‘zlar: Tun, tong, Xurshid Davron, ruhiy holat, dard, alam, orzu, davr, ramz, ijodkor, semantik tahlil, Muhammad Yusuf, Cho‘lpon, Fitrat. O‘zbek adabiyotida tun va tong juda ko‘p tasviriy o‘rinlarni egallaydi. Tun ko‘pincha sirli, tinch va o‘ziga xos ruhiy holatni ifodalaydi. Shuning bilan u inson ruhiyatidagi murakkabliklarni, his-tuyg‘ularni, orzularni va inson ichki kechinmalarini aks ettirishda, tasvirlashda ishlatiladi. Inson o‘zini anglab turgan tevarak atrofini tasvirlashda turli leksik birliklardan foydalanib kelgan, asrlar osha bu ikki tushuncha o‘zining semantik ma’nosini kengaytirib kelgan. Buni siz bilan quyidagi misollar asosida ko‘rib o‘tamiz. Alisher Navoiy asarlarida tun ko‘pincha hijron, oshiq, dard-alam, sevgi va his-tuyg‘ularni ifodalash uchun ishlatiladi. Shoir tunni romantik muhitni hosil qiluvchi unsur sifatida ko‘rsatadi, bu esa insonining ichki kechinmalarini kashf etishga va inson she’riyatga beixtiyor oshiq bo‘lishiga yordam beradi. Sovug‘ ohimdin yorug‘liq oz, vale ko‘p tiyralik, Qishda ul yanglig‘ki, tun bo‘lg‘ay uzun, kun qisqorib. [1:30] Abdurauf Fitrat va Cho‘lpon kabi milliy uyg‘onish davri adiblari tun haqida yozganlarida, ko‘pincha uyg‘otuvchi, ichki ruhiyatni ifodalash vositasi sifatida tasvirlaydilar. Ularning asarlarida tun ko‘plab sirlar, orzular va yashirin ma'nolar bilan to‘ldirilgan. Cho‘lpon asarlarida tong uyg‘onishga, g‘aflatda yotmaslikka davat vositasini ifodalagan. Tabiatning o‘tini yo‘q o‘tida, Sharaq-sharaq qaynab chiqqan buloqlar Har qorong‘i, qo‘rqinch tunning betida Shifo istab kelmasin der, qo‘noqlar. -Bu nega? Ayt menga. [2:95] 70 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Erkin Vohidov she’rlarida tunning tasvirlari quyidagi ma’nolarni yashirin va teran ifodalashga xizmat qilgan. Bular go‘zallik va sirlilik xususiyatlaridir. U tunni inson ruhining muammolarini, umid va bezovtaliklarni aks ettiruvchi muhit sifatida ishlatadi. Ol o‘zing koshonlarni, Menga qo‘y mayxonani, Barcha xushyorlik senga-yu, Barcha humorlik menga, Senga bo‘lsin nurli Kunduz, Menga qolsin qora tun, Barcha Gulshan senga bo‘lsin, Bor tikonzorlik menga. [3:51] Muhammad Yusuf she’rlarida tun ko‘proq haqiqatdan qochish, xayol surish va orzularni amalga oshirish vaqti sifatida ko‘rsatiladi. Muhammad yusuf tunning qorong‘iligini ko‘proq sevgilisining sochlariga, tim qora ko‘zlariga ham qiyoslaydi. U, odatda, kechalarni zamonaviy hayotning tashvishlaridan ozod bo‘lish va xayolga berilish davri sifatida davad qiladi. Tong esa orzular sari qadam qo‘yish, uyg‘oqlik, muhabbat, visol ramzi sifatida kelib, shoir hayoti va xayoli haqida bayon etadi. Iymanib yashama hayol pinjida Yoyil yayra jonim o‘rtanma g‘amda G‘iybatlarga chida tuxmatga chida Sen axir bittasan yorug‘ olamda Men esa oshig‘ing sening eng g‘arib Tundan so‘z qarz olib tongga tutguvchi Seni yoningda ham seni axtarib Seni yoningda ham seni kutguvchi [4:36] Abdulla Oripov she’riyatida tun insonning ichki kechinmalariga chuqur ta’sir ko‘rsatadigan bir muhit sifatida tasvirlanadi. U tunning yoritilishi va harakatlari orqali hayotning murakkabligi va sirlarini ochib berishga harakat qiladi. Seni ko‘ray dedim – tonglarim otdi, Orazing yorishib, tunni yo‘qotdi. Lekin qora soching yuzingga tushgach, Yana tun boshlandi, quyosh ham botdi. [5:47] Yangi o‘zbek hikoyachiligi va she’riyatida ham tun va tong majoziy ma’noda kelgan o‘rinlarini ko‘rishimiz mumkin. O‘zbek adabiyotida tun ko‘plab adiblar uchun uning ruhiy olamidagi noyob tajribalarni aks ettirish va ifodalash uchun juda qulay asbob bo‘lib xizmat qiladi. Xurshid Davron, O‘zbekistonning mashhur shoirlaridan biri bo‘lib, uning she'rlarida tun 71 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si va tong tasviri ko‘plab o‘rinlarni egallaydi. U, asosan, tun va tongni inson his-tuyg‘ulari bilan bog‘lab ifoda etadi. Ularning tasvirida tabiiy go‘zallik, ruhiy holatlar, o‘zgarishlar va orzular aks etadi. Xurshid Davronning tun tasvirlari ko‘pincha sirli va romantik bir muhit yaratadi. Tun qorong‘iligi, uning tinchligi va jozibadorligi shoirdan ko‘plab ilhomlantiradi. U tunni jondan ajralish, o‘zini yo‘qotish yoki shodlik va umid bilan to‘ldirilgan vaqt sifatida tasvirlaydi. Tong esa, odatda, yangi umidlar, yangi imkoniyatlar va hayotdagi o‘zgarishlarni simvoli sifatida ko‘rinadi. Tong kelishi bilan yangi kun, yangi hayot boshlanishi haqida g‘oyalar ko‘plab she’rlarda uchraydi. Xurshid Davron tongni o‘zining yangilanishi, birinchi quyosh nurlari

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada o‘zbek she’riyatining ijodkorlari ijodida uchraydigan tun va tong so‘zlarining qo‘llanilganligi, ularning semantik tahlili o‘rganildi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada o‘zbek she’riyatining ijodkorlari ijodida uchraydigan tun va tong so‘zlarining qo‘llanilganligi, ularning semantik tahlili o‘rganildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tun tong, she riyatida, xurshid davron, muhammad yusuf, cho lpon, she rlarida, nolarni anglatganligi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники