К содержанию
РецензированоUZ2026

ZAMONAVIY O‘ZBEK HIKOYALARIDA MIFOPOETIK TALQINLAR. (ANDIJON YOZUVCHISI ABDUMUTAL ABDULLAYEV IJODI MISOLIDA)

Dilobodxon Karimova Xalimovna

Interpretation and researches · 1 · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek hikoyalarida mifopoetik unsurlarning qo‘llanilishi va talqini o‘rganiladi. Hikoyalarda qadimiy mifologik tushunchalar, eposlar va qvalq rivoyatlarining zamonaviy konteksda aks ettirilishi tahlil qilinadi. O‘zbek adabiyotida milliy qadriyatlar, xalqona tafakkur va mifik timsollarning badiiy asarlardagi o‘rni ochib beriladi. Ayniqsa, muallifning mifik motivlarni baddiy ifoda orqali yangicha talqin qilgani tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: Zamonaviy o‘zbek hikoyalari, mifopoetika, mifik talqin, timsol, pari, suv parisi, uch, rivoyat, folklor, sarguzasht, Pariko‘l. Bizga ma’lumki XX asr o‘zbek hikoyalarining rivojlanishida xalq og‘zaki ijodi muhim ahamiyatga ega. A.Qahhor, G‘.G‘ulom, S.Ahmad o‘z hikoyalarini turli afsonalar, rivoyatlar, maqol-matallar, aforizmlar, iboralar shu bilan birga xalq qo‘shiqlari, yor-yor, o‘lan, qarg‘ishlar bilan boyitganlar. Hikoyalarda xalq hayoti aks etar ekan folklorizmlarsiz dialoglarni, ichki va tashqi monologlarni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Hikoyalar jonli va ta’sirchan bo‘lishi uchun nafaqat tanlangan mavzuning dolzarbligi, balki uning tili sodda va ravon bo‘lishi, shu bilan birga jonli va jozibador bo‘lishi ham muhimdir. Necha asrlar davomida tildan tilga o‘tib kelgan xalq og‘zaki ijodi namunalari esa badiiy asarning jonliligini, ta’sirchanligini ta’minlab beradi. A.Qahhorning “Bemor” hikoyasiga epigraf qilib olingan “Osmon uzoq-yer qattiq” maqoli butun boshli hikoyaning mag‘zini beradi, desak yanglishmaymiz. Hikoya qahramoni Sotiboldining taqdir zarbasi oldida chorasiz qolishi, imkonsizligi shu maqolda mujassam bo‘lgan. Xuddi shu an’analarga rioya qiligan holatda XXI asrda faol ijod qilgan Andijon farzandi Abdumutal Abdullayev ham davom ettirib o‘zining hikoyalarida folklordan keng foydalangan. Uning har bir hikoyasida turli maqol va matallarni, iboralarni uchratishimiz mumkin. Hikoya mazmunini, qahramonlar holatini o‘quvchiga yaqqol namoyon bo‘lishi uchun asrlar osha tildan-tilga o‘tib kelgan muallifi noaniq bo‘lgan folklorizmlardan faol foydalangan. Muallifning “To‘nka yorolmagan kuyov” hikoyasida ayni paytda xalqimiz tomonidan unutilib ketgan urf-odatlar haqida so‘z boradi. Zamonaviy o‘qimishli yigitlarning bilagida kuchi qolmagani tanqid ostiga olinadi. Shu bilan birga xalqimiz tomonidan unutilib ketayotgan “kelinni aravadan ko‘tarib olish” urf-odati ham eslab o‘tiladi. A.Abdullayevning har bir hikoyasida sodda o‘zbekning haqiqiy hayoti aks etadi. Ayniqsa, “O‘rmondagi odam” hikoyasi bizning tadqiqimiz uchun juda ahamiyatlidir. 71 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 12 (58) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Hikoya qahramonlari shar’iy er-hotin sharqshunos olim Nozimjon Nurali o‘g‘li va shifokor Dilobarlarning Arslonbob tog‘lariga sayohatga chiqishi bilan boshlanadi. Bir-birini o‘ta sevuvchi bu juftlik yolg‘iz qolganidan, o‘z baxtidan sarmast holatda qir-adirlarga chiqib vaqtlarini xush o‘tkazayotgan chog‘da o‘rmonda yashovchi ko‘rinishidan dag‘al ko‘ringan Arslon ismli erkakka duch kelishadi. Arslonning ayoli Gulsum bilan Dilobarni kulbada yolg‘iz qoldirib ikki kamgap hamroh ov qilish maqsadida yo‘lga tushishadi. Hikoyamizning asosiy qahramonlaridan bo‘lgan Arslon tabiatan “ichimdagini top” xilidan bo‘ladi. Bu holatga ko‘nikkan Nozimjon ham hamrohiga mos ravishda indamay ov qilishga kirishadi. Yo‘lda turli sarguzashtlarni boshdan kechirgan ikki hamroh adirdan ko‘tarilishi bilan ko‘m-ko‘k ko‘lga ko’zi tushadi. Qahramonimiz Nozimjon ko‘lni ko’rib sevinganidan sherigini ham ogohlantirmay ko’lda cho’milish niyatida suvga tushmoqchi bo’lganida, Arslon uning shashtini qaytaradi. Uning ta’qiqidan ranjigan Nozimjon indamay ichi to’la savollar bilan hamrohiga ergashadi. Ranjiganini sezgan Arslon ko’lning tarixi bilan bog’liq parilar haqidagi rivoyatni aytib beradi. Bu ko’lning nomi ham “Pariko’l” bo’lib bu ko’l atrofida xalq orasida quyidagicha afsonalar yurar edi. Uzoq zamonlarda xali odamlarning qadami yetmagan paytlarda osmonlardan parilar uchib tushib shu ko’lda cho’milisharkan. Ular cho’milgan paytda zim-ziyo tun ham yorishib ketarkan. Shu tariqa parilar sharofati bilan ko’l ham kengayib, giyohsiz adirlar maysa-giyohlar bilan qoplanadi. Oradan yillar o’tib endi parilar kunduzlari ham jannatmakon go’shaga tashrif buyurishga izn oilshadi. Ularning jozibayu-latofati payg’ambar Yusufga tenglashtiriladi. Alqiissa, bir cho’pon yigit qo’ylarini boqib yurib, sho’h-shodon kulgularning ortidan tepalikka ko’tariladi. Ko’tariladiyu gunohkor ko’zlari ko’kka parvoz qilayotgan so’nggi, eng kichik pariga tushadi. Falakning ishini qarangki, qanotli qiz ham butun vujudidan balog’at bo’yi ufurib turgan ko’rkam yigitga ko’zi tushadi. Shu zahoti uning qanotlari qayriladi, mushtday yuragida ishq o’ti yonadi. Bu paytda bulutlar ustiga chiqib olgan opalari jon-jahdi bilan qichqirishiga qaramasdan, ikki sevishgan qalb buni eshitmaydi. Oromini yo’qotgan yigit ham, havoda muallaq qanot qoqayotgan sanam sari yuguradi. Dod-far

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek hikoyalarida mifopoetik unsurlarning qo‘llanilishi va talqini o‘rganiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek hikoyalarida mifopoetik unsurlarning qo‘llanilishi va talqini o‘rganiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
zamonaviy zbek, xalq zaki, zaki ijodi, hayoti aks, tib kelgan, xalqimiz tomonidan, tomonidan unutilib
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники