К содержанию
РецензированоUZ2017

MANFAATLAR TO‘QNASHUVINI TARTIBGA SOLISHGA DOIR MILLIY QONUNCHILIK TAHLILI

QONUNCHILIK TAHLILI · Aktamova Zulfizar Utkir qizi

Interpretation and researches · 1 · 213-224 · 2017

Аннотация

This dissertation analyzes the legal regulation of conflict of interest, its role in preventing corruption, and its connection with ethical culture. The legal framework of the conflict of interest institution is studied based on the laws of the Republic of Uzbekistan adopted in 2017 and 2024, as well as presidential decrees and resolutions. A comparative analysis of international experience is conducted using the legislation of Germany, the Czech Republic, Latvia, South Korea, Canada, and other countries. Existing gaps in the current regulatory framework are identified, and directions for improvement are substantiated. 60 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 12 (58) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Keywords: conflict of interest, corruption, ethical culture, legal framework, civil service, regulatory acts, international experience. Bugungi kunda davlat boshqaruvi tizimida halollik, shaffoflik va ishonchlilikni ta’minlash eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini oldindan aniqlash va ularni huquqiy tartibga solish orqali korrupsiyaning oldini olish imkoniyati yuqori bo‘ladi. Manfaatlar to‘qnashuvi – bu shaxsiy manfaatlar bilan xizmat vazifalarining to‘qnashuvi oqibatida qarorlarning xolis va adolatli qabul qilinishiga putur yetkazilishi mumkin bo‘lgan holatdir. Odatiy holda, manfaatlar to‘qnashuvini tartibga soluvchi qonunchilik, asosan, axloqiy madaniyatning yetishmasligini bartaraf etish maqsadida qabul qilinadi10. Biroq amaliyot shuni ko‘rsatadiki, bunday qonunchilik faqat ishonchsizlikka asoslangan madaniyat mavjud bo‘lgan sharoitda samaraliroq ishlaydi. Mackenzie ta’kidlaganidek, axloqiy siyosat sohasining o‘zi “ishonchsizlikka asoslangan madaniyat” bo‘lib, u davlat vakillari va kuchlilardan yanada oshkoralik va hisobdorlik talab qilinishidan kelib chiqadi11. Keyingi tahlillarimizdan ko‘rinib turibdiki, manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish darajasi va siyosiy institutlarga bo‘lgan ishonch o‘rtasida bevosita bog‘liqlik mavjud: agar mamlakatda siyosiy institutlarga nisbatan ishonch past bo‘lsa, manfaatlar to‘qnashuvini batafsil va qat’iy qoidalar bilan boshqarishga intilish kuchayadi. Shu bilan birga, qoidalar va standartlar sonining ortishi ularning buzilishi holatlarining ko‘payishiga olib keladi. Natijada, ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bunga axloqiy me’yorlarning pasayishi sifatida baho berishi mumkin. Ya’ni, ilgari qoidalarga muvofiq bo‘lgan xatti-harakatlarni axloqiy jihatdan noto‘g‘ri deb e’lon qilish orqali, axloqiy buzilishlar va jamoatchilik e’tirozlarining ko‘payishi kuzatiladi. Bu esa davlat mansabdorlari axloqiy jihatdan yomonlashmoqda, degan noto‘g‘ri taassurotni yuzaga keltiradi. Shu bilan birga, yuqori axloqiy standartlar, uzoq muddatda, davlat xizmatining umumiy axloqiy holatini yaxshilashga xizmat qiladi12. Shu sababli tanqidchilar fikricha, axloqiy qoidalar sonining ortishi va ularni kuchaytirishga qaratilgan harakatlar jamoatchilikning davlat va siyosiy institutlarga bo‘lgan ishonchini oshirishda har doim ham samarali bo‘lmaydi; aksincha, bunday yondashuv yanada ko‘proq kinikizm va ishonchsizlikka olib kelishi mumkin13. Ularning fikricha, axloqiy qoidalar va manfaatlar to‘qnashuvini tartibga soluvchi mexanizmlarga 10 Peters, A. & Handschin L., (eds.), (2012), Conflict of Interest in Global, Public and Private Governance, Cambridge, Cambridge University Press. 11Mackenzie, G.S., (2002), Scandal Proof, Do Ethics Laws Make Government better?, Brookings Institution, Washington D.C. 12Behnke, N., (2005), "Ethics as Apple Pie: The arms race of ethical standards in congressional and presidential campaigns", EGPA-Paper, "Ethics and Integrity of Governance: A transatlantic dialogue", Leuven , June 2005, 8. 13 Nieuwenburg, P., (2007), The Integrity Paradox, in: Public Integrity, 2007, Vol. 9, No.9, pp.213-224; also Anechiarico & Jacobs (1996), Mackenzie (2002), Stark (….), Saint-Martin & Thompson (….), Behnke (2005). 61 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 12 (58) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 doir muhokamalar hamda yangi talablar jamoatchilikning hukumatga bo‘lgan ishonchini oshirishga sezilarli hissa qo‘shmagan. Aksincha, bu jarayon ko‘plab axloqiy tergovlar va jamoatchilik munozaralarining kuchayishiga sabab bo‘lmoqda. Yangi axloqiy qonunchilik yoki qoidalar qanchalik samarali bo‘lmasin, ular davlat mansabdorlari axloqiy xatti- harakatlari haqida keng jamoatchilik e’tiborining kamayishiga hissa qo‘shmayapti14. O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish borasida tizimli islohotlarni amalga oshirmoqda. Xususan, manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solishga doir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Biroq, amaldagi qonunchilikda hali ham ayrim bo‘shliqlar, takomillashtirishga muhtoj jihatlar mavjud. Ushbu ilmiy ishning asosiy maqsadi – O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida manfaatlar to‘qnashuvini tartibga

Доказательный фрагмент

«This dissertation analyzes the legal regulation of conflict of interest, its role in preventing corruption, and its connection with ethical culture.»

Образец извлечения

Демо-превью

This dissertation analyzes the legal regulation of conflict of interest, its role in preventing corruption, and its connection with ethical culture. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
conflict of interest, corruption, ethical culture, legal framework
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники