К содержанию
РецензированоUZ2026

SUD HOKIMIYATI MUSTAQILLIGINING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI

Abduganiyeva Gulrux Mansur qizi

Interpretation and researches · 1 · 535-536 · 2026

Аннотация

Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati mustaqilligining nazariy-huquqiy asoslarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqolada sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy asoslari, xalqaro huquqiy normalar bilan uyg‘unligi va o‘zbek olimlari tomonidan ushbu masalaga yondashuvlar o‘rganiladi. Sud hokimiyatining mustaqilligi demokratik davlat qurishda muhim o‘rin tutishi va uning amaliy jihatlari muhokama qilinadi. Kalit so‘zlar: sud hokimiyati, mustaqillik, konstitutsiyaviy asoslar, demokratik davlat, huquqiy davlat, xalqaro huquq. Zamonaviy konstitutsiyaviy davlatlarda sud hokimiyati mustaqilligi hokimiyatlar taqsimlanish prinsipiga asoslanib, ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyatlari hokimiyatning uchta alohida tarmog‘ini o‘zida namoyon qiladi. Hokimiyatni suisteʼmol qilishning oldini olishga qaratilgan o‘zaro tiyib turish va muvozanatda saqlash tizimini hosil qiladi. Mustaqillik prinsipi – sud hokimiyati konstitutsiyaviy institut sifatida, aniq bir ish bo‘yicha qaror qabul qilayotgan sudyalar esa ijro, qonun chiqaruvchi hokimiyatlar va boshqa organlar tomonidan hech qanday tashqi taʼsirsiz o‘zlarining professional vazifalarini amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻlishlari lozimligini anglatadi. Faqat mustaqil sud hokimiyatigina xolis, qonunga asoslanib, inson huquqlari va shaxsning asosiy erkinliklarini himoya qilgan holda odil sudlovni amalga oshira oladi. Bu vazifa samarali hal qilinishi uchun jamoatchilik sud organlari o‘z funksiyalarini mustaqil va xolis amalga oshirish qobiliyatiga to‘liq ishonishi lozim. Qachonki, ishonch yo‘qolishni boshlasa, na sud hokimiyati institut sifatida, na alohida sudyalar bu muhim vazifani hal qila olishadi yoki ularning bu vazifani ado etayotganiga shubha bilan qarashadi. Sud hokimiyati davlat hokimiyatining muhim tarmog‘idan biridir. Sud hokimiyatining tashkil etilishi bevosita davlat boshqaruvi shakliga bog‘liq. Cheklangan monarxiya va respublika shaklidagi davlatlarda sud hokimiyati hokimiyatning alohida mustaqil tarmog‘i sifatida faoliyat olib boradi. O‘zbekiston davlat boshqaruvi Respublika shaklidagi davlatdir. O‘zbekiston Konstitutsiyasining 1-moddasida aniq ko‘rsatib qo‘yilgan. Konstitutsiyaning 11-moddasiga binoan O‘zbekistonda davlat hokimiyati qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga boʻlinadi. Bunda sud hokimiyati Konstitutsiyaning tegishli moddasiga ko‘ra "sud 32 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 12 (58) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi"1. Sud hokimiyati tarmog‘ining mustaqilligi, birinchidan, inson huquqlarini samarali himoya qilish uchun muhimdir. Shu bois, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 10- moddasida har bir inson o‘zining huquq va majburiyatlari bog‘liq bo‘lgan ishining mustaqil sud tomonidan ko‘rib chiqilishi huquqiga egaligi belgilab qo‘yilgan. Bu Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga qo‘shilgan har bir davlat zimmasiga sud hokimiyati mustaqilligini ta'minlash majburiyatini yuklaydi. Ikkinchidan, sud hokimiyatining qay darajada mustaqilligi har bir mamlakatda huquq ustuvorligining qay holatda ekanini ham ko‘rsatib beradi. Butunjahon odil sudlov dasturi xalqaro notijorat tashkiloti (The World Justice Project - WJP) har yili dunyo mamlakatlarida huquq ustuvorligi reytingini e'lon qilib boradi. Baholash mezonlaridan biri sud hokimiyati mustaqilligining holatiga bag‘ishlangan2. Tarixiy nuqtayi nazardan tahlil etsak, sud hokimiyatining mustaqilligi doktrinasi davlat hokimiyatining bo‘linishiga doir qarashlar negizida shakllangan. Miloddan avvalgi IV asrda yunon mutaffakiri Aristotel "Siyosat" nomli asarining IV kitobi XIV boʻlimida davlat hokimiyati umumiy yig‘in, ommaviy amaldorlar va sudlar singari uchta elementdan iborat ekanini ta'kidlagans. Ammo Aristotel davlat hokimiyatining alohida tarmoqlar tomonidan amalga oshirilishi va davlat hokimiyati tarmoqlari o‘rtasida tiyib turish va muvozanat saqlash bilan bog‘liq munosabatlarni nazarda tutmagan. Bu konsepsiya parlamentning yuzaga kelishi bilan qayta tiklangan. Ingliz olimi Jon Lokk (1632-1704) “Hokimiyat haqida ikki traktat" nomli asarida uchta davlat hokimiyati tarmoqlarini "qonun chiqaruvchi”, “ijro etuvchi", "federativ" deya atadi. Biroq Jon Lokk mazkur uchta davlat hokimiyati tarmoqlari oʻzaro teng deb hisoblamagan. Bundan tashqari, ularga mustaqil faoliyat olib boradigan tarmoqlar sifatida qaramagan. Aksincha, qonun chiqaruvchi hokimiyatni boshqa tarmoqlardan ustun deya e'tirof etgan. Ushbu nazariya fransuz faylasufi Baron de Monteskye (1689-1755) 1748-yilda nashr etilgan "Qonunlar ruhi" nomli shoh asarida qayta ishlandi. Baron de Monteskyening quyidagi qarashlari mustaqil sud hokimiyati g‘oyasining yuzaga chiqishiga turtki boʻlgan edi. "Sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi organlardan ajratilmagan taqdirda erkinlikning boʻlishi mumkin ema

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati mustaqilligining nazariy-huquqiy asoslarini tahlil qilishga bag‘ishlangan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati mustaqilligining nazariy-huquqiy asoslarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
sud hokimiyati, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, davlat hokimiyati, sud hokimiyatining, chiqaruvchi ijro, hokimiyati mustaqilligining
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники