К содержанию
РецензированоUZ2026

TYUTORLIKDA MOTIVATSIYA VA STRESSNI BOSHQARISH

Rametova A.

Современная наука и исследования · 2 · 225-242 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada tuytorlik faoliyatidagi motivatsiya va stressni boshqarish muammolari ko‘rib chiqilgan. Tuytorlar ta'lim jarayonining muhim qismlaridan biri sifatida talabalar bilan bevosita ishlashadi, shu bilan birga o‘zlari uchun yuqori darajadagi motivatsiyani saqlash va stressni boshqarish zarurati bilan duch kelishadi. Maqolada motivatsiya va stressning tuytorlik faoliyatiga ta'siri, shuningdek, samarali boshqarish usullari haqida so‘z yuritiladi. Motivatsiyani saqlash va stressni boshqarishning psixologik, pedagogik va amaliy yondashuvlari muhokama qilinadi. Shuningdek, stressni kamaytirish va motivatsiyani oshirish uchun tuytorlar uchun foydali usullar, texnikalar va mashqlar keltirilgan. Ushbu maqola tuytorlik faoliyatida muvaffaqiyatga erishish uchun muhim bo‘lgan psixologik ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan. Kalit so‘zlar: tyutorlik faoliyati, motivatsiya, stressni boshqarish, psixologik yondashuvlar, o‘quv motivatsiyasi. Hozirgi kunda ta'lim sohasida tuytorlik faoliyati juda muhim o‘rin tutadi. Tuytorlar, asosan, talabalarning ta'lim olish jarayonida ularga individual yordam ko‘rsatishadi. Ammo, tuytorlarning o‘zlariga ham motivatsiyani saqlash va stressni boshqarish masalalari mavjud. Ularning o‘quv jarayonida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun nafaqat o‘quv uslublari, balki ichki motivatsiya, psixologik holat ham muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada motivatsiya va stressni boshqarish masalalari, tuytorlarning samarali ishlashiga qanday ta'sir qilishi va bu jarayonni qanday boshqarish mumkinligi haqida to‘liq tahlil keltiriladi. Motivatsiya – bu harakatga keltiruvchi kuchdir. O‘quvchilarga o‘qituvchining (tuytorning) motivatsiyasi, ularning samarali va mukammal ishlashiga bevosita ta'sir qiladi. O‘qituvchi o‘zining motivatsion holatini qanday saqlashi va qanchalik muvaffaqiyatli bo‘lishi, talabalar uchun ham o‘rnak bo‘ladi. Tuytorning o‘quvchilarga bo‘lgan munosabati va motivatsiya uslublari, talabalar o‘qishga nisbatan qiziqishlarini oshirishi yoki kamaytirishi mumkin. Motivatsiya turli shakllarda bo‘ladi: tashqi va ichki. Tashqi motivatsiya o‘qituvchi tomonidan talabalarga berilgan rag‘batlar orqali yuzaga keladi, ichki motivatsiya esa talabalar o‘z ichki ehtiyojlariga asoslangan holda rivojlanadi. Tuytorlarning o‘zlaridagi ichki motivatsiya, ularning o‘quvchilarga bo‘lgan qiziqishini va o‘z vazifalarini qanday bajarayotganini ko‘rsatadi. Stress – bu organizmning tashqi va ichki omillarga nisbatan javobi bo‘lib, o‘qituvchilar uchun stressning asosiy sabablari ishning ortiqcha yuki, talabalar bilan bog‘liq muammolar va vaqtning etishmasligi bo‘lishi mumkin. Stressning tuytorlik faoliyatiga salbiy ta'siri keltiriladi: stress o‘qituvchilarning samaradorligini kamaytirishi, ular orasida charchoq va ishdan ko‘ngilsizlikni yuzaga keltirishi mumkin. Stressni boshqarishning o‘ziga xos psixologik yondashuvlari mavjud. Stressni engish uchun tuytorlar maxsus texnikalardan, masalan, meditatsiya, nafas olish mashqlari yoki ko‘ngilochar faoliyatlardan foydalanishlari mumkin. Shuningdek, tuytorlarning o‘zlariga g‘amxo‘rlik qilishlari va o‘z ishlarini to‘g‘ri rejalashtirishlari ham stressni kamaytiradi. Tuytorlar uchun stressni boshqarishning bir nechta samarali usullari mavjud: 325 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7 - Vaqtni boshqarish: Tuytorlar o‘z ishlarini yaxshi rejalashtirishlari, maqsadlar qo‘yishlari va ishni tartib bilan amalga oshirishlari kerak. - Nafas olish texnikalari: Stressni kamaytirish uchun chuqur nafas olish va meditatsiya yordamida organizmni tinchlantirish mumkin. - Pozitiv fikrlar: Salbiy fikrlarni qisqartirish va o‘zgartirish, o‘z-o‘zini qo‘llab- quvvatlash va motivatsiyani oshirish. - Jismoniy faoliyat: O‘qituvchilar o‘zlariga vaqt ajratib, sport bilan shug‘ullanishlari, ko‘proq jismoniy harakat qilishlari zarur. - Ijtimoiy tarmoqdan foydalanish: O‘qituvchilar o‘zlarini qo‘llab-quvvatlash uchun boshqa pedagoglar yoki murabbiylar bilan muloqot qilishlari mumkin. Motivatsiya oshirish uchun quyidagi yondashuvlarni tavsiya etish mumkin: - Hamkorlik va jamoa ishlari: Talabalar bilan guruh ishlari yoki birgalikda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish. - Yaxshi muloqot: O‘qituvchi va talabalar o‘rtasidagi ochiq va samimiy muloqot motivatsiyani oshiradi. - Maqsadlar qo‘yish: O‘qituvchi o‘z talabalariga aniq va o‘lchanadigan maqsadlar qo‘yishi, bu esa ularning faoliyatini yo‘naltiradi va ilhomlantiradi. - Baho va rag‘batlar: Talabalar muvaffaqiyatlarini rag‘batlantirish, ularni rag‘batlantirish uchun ijobiy baholar yoki mukofotlar berish. Tyutorlik faoliyatida stressni boshqarishning pedagogik asoslari o‘quv jarayonining samarali bo‘lishi uchun juda muhim ahamiyatga ega. Stress, ayniqsa o‘qituvchi yoki tuytor uchun, dars jarayonida o‘zini ko‘rsatishi mumkin, bu esa talabalarga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun tuytorlarning stressni boshqarishdagi pedagogik yondashuvlari o‘quvchilarning ta'lim jarayonidagi muvaffaqiyatini ta'minlashda muhim rol o‘yna

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada tuytorlik faoliyatidagi motivatsiya va stressni boshqarish muammolari ko‘rib chiqilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada tuytorlik faoliyatidagi motivatsiya va stressni boshqarish muammolari ko‘rib chiqilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
psixologik yondashuvlar, o‘quv motivatsiyasi., motivatsiya, tyutorlik faoliyati, stressni boshqarish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники